Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Tuzilishi. Bir hujayrali hayvonlarning kattaligi o’rtacha 50-100 mikronga 
teng.  Bu  hayvonlar  orasida  juda  mayda  (2-5  mikron  )  turlari  bilan  birga, 
o’lchami  3-5  mm,  hatto  2-5  sm  keladiganlari  ham  bordir.  Gavda  shakli  ham 
turli-tuman,  ya’ni  yumaloq,  ovalsimon,  duksimon,  ipsimon,  yulduzsimon  va 
boshqa shakllarda bo’ladi.  
 
Bir  hujayralilarning  tanasi  ikki  asosiy  qismdan,  ya’ni  sitoplazma  va 
yadrodan  iborat.  Sitoplazma  tashqi  tomondan  nozik  elastik  parda  -  pellikula 
(membrana) bilan o’ralgan. Bu pardaning qalinligi o’rtacha 75 A

(angestrem) 
ga teng. Parda uch qavatdan tashkil topgan bo’lib, ikki chetdagilari oqsillardan, 
o’rtadagisi esa lipid (yog’simon moddalar) dan iborat.  
 
Sitoplazma  o’z  navbatida  ikki  qavatdan,  ya’ni  parda  ostida  joylashgan 
ancha  quyuq,  tiniq  ektoplazmadan  va  donador,  ancha  suyuq  endoplazmadan 
iborat.  Sitoplazmada  xilma  -  xil  organoidlar,  jumladan  metaxondriylar, 
endoplazmatik to’r, ribosomalar, Goldji apparati, lizasomalar, hujayra  markazi 
va boshqalar bo’ladi. Sitoplazmada  shuningdek, bir hujayrali hayvonlar uchun 
xos  bo’lgan  ixtisoslashgan  turli  shakldagi  maxsus  organoidlar,  jumladan 
tayanch va qisqaruvchi tolachalar, ovqat hazm qiluvchi vakuolalar, qisqaruvchi 
va ajratish vakuollari bo’ladi. Yuqorida qayd qilingan organoidlar bir hujayrali 
hayvon  hayotida  ma’lum  bir  vazifani  bajaradi.  Masalan,  mitoxondriylar 


energiya bilan ta’minlaydi, endoplazmatik to’r yog’ tomchilarini hosil qilish va 
tanadan  zaharli  birikmalarni  tashqariga  chiqarishni  amalga  oshiradi;  Goldji 
apparati  esa  lizosomalarni  hosil  bo’lishida,  organik  birikmalarni  to’plash  va 
hujayradan tashqariga chiqarish vazifasini utaydi. 
 
Qisqaruvchi vakuol bitta yoki ikkita bo’lib, moddalar almashinuvida hosil 
bo’lgan  ortiqcha  birikmalarni  suv  bilan  birga  qo’shib,  tashqariga  chiqarib, 
hujayra ichida osmotik bosimni tartibga solib turadi. 
 
Bir  hujayrali  hayvonlarda  yadro  bitta,  ikkita,  ayrim  hollarda  esa  ko’p, 
ba’zan  yuztagacha  bo’ladi.  U  struktur  va  biokimyoviy  jihatdan  ko’p  hujayrali 
organizmlarning  hujayra  yadrosiga  o’xshash;  lekin  yadro  suyuqligi 
(karioplazma)  miqdori,  shakli,  katta-kichikligi,  yadrochalarning  soni  va 
joylashishi bilan farqlanadi. Yadro ikki qavat nozik pardadan iborat membrana 
(kariolemma)  bilan  o’ralgan.  Membranada  sitoplazma  bilan  aloqalar  bog’lash 
uchun juda ko’p sonda teshikchalar bo’ladi. 
 
Yadro  hayvonning  barcha  hayotiy  funksiyalarida  faol  ishtirok  etuvchi 
muhim qismlardan biri hisoblanadi. 
 
Bir  hujayralilarning  maxsus  organoidlari  qatoriga  harakatlanish 
organellalari  ham  kiradi.  Bu  harakatlanish  organellalarini  uch  xili  farqlanadi, 
ya’ni  yolg’on  oyoqlar  (psevdopodiylar),  xivchinlar  va  kiprikchalar. 
Harakatlanish  organellalari  protoplazmatik  o’simtalar  hisoblanib,  murakkab 
tuzilishga egadir. 
 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish