Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

shizogoniya  deb  ataladi.  Shizogoniya  jinssiz  ko’payishda  yadro  bir  necha 
bo’laklarga  (ba’zan  32  va  undan  ko’pga)  parchalanadi  va  har  bir  yadro 
bo’lakchasi   o’z  atrofiga  ma’lum  miqdorda sitoplazmani olib,  pardaga o’ralib, 
yosh individlarga aylanadi. 
 
Shizogoniya  yo’li  bilan  jinssiz  ko’payish  bir  hujayralilar  orasida 
sarkodalilar  va  sporalilarda  uchraydi.  Bu  usulda  jinssiz  ko’payish  qisqa  vaqt 
davomida individlarning sonini haddan tashqari tez ortib borishini ta’minlaydi. 
 
Bir hujayralilarda jinsiy ko’payish usuli ham turli ko’rinishlarda bo’ladi. 
Eng qadimiy  jinsiy  ko’payish usuli gametalarni hosil bo’lishi va ularni  o’zaro 
qo’shilishi  (kopulyasiyasi)  bilan  amalga  oshadi.  Kopulyasiyada  qatnashuvchi 
urg’ochi  va  erkak  gametalarning  katta-kichikliligi,  tuzilishi  va  tabiatiga  qarab 
izogam, anizogam va oogam kopulyasiyalar farq qilinadi. 
 
Katta-kichikligi  bir  xil  bo’lgan  gametalarning  qo’shilishi  izogam 
kopulyasiya deyiladi. Masalan, xivchinlilardan politoma turida jinsiy qo’payish 
bir-biriga  teng  bo’lgan  gametalarninig  hosil  bo’lishi  va  qo’shilishi  bilan  sodir 
bo’ladi.  Ayrim  bir  hujayralilarda,  masalan  sporalilarning  qon  sporalilar 
turkumidagi  turlar  jinsiy  ko’payishda  bir-biriga  teng  bo’lmagan,  har  xil  katta-
kichiklikdagi  gametalarning  hosil  bo’lishi  va  qo’shilishi  bilan  amalga  oshadi. 
Qo’shilishda qatnashuvchi gametalarning biri yirikroq va kam harakat bo’lib, u 
makrogameta  (urg’ochi  gameta)  deyilsa,  boshqa  biri  kichikroq  va 
harakatchandir.  U  mikrogameta  (erkaklik  gametasi)  deyiladi.  Bunday 
gametalarning qo’shilishi anizogamiya kopulyasiya deyiladi. 
 
Nihoyat  bir  hujayralilarning  jinsiy  qo’payishida  oogamiya  kopulyasiya 
ham  mavjud  bo’lib,  xivchinlilarning  koloniya  (to’p)  bo’lib  hayot  kechiruvchi 
volvokssimonlar  oilasida  uchraydi.  Volvoksning  ba’zi  koloniyalarida  tuxum 
hujayrasi, ba’zi koloniyalarida esa urug’don bo’lib, unda spermatazoidlar hosil 
bo’ladi  yoki  ayrim  turlarida  bitta  koloniyaning  o’zida  ham  tuxum  va  ham 
spermatozoidlari  yetishadi.  Bunday  jinsiy  hujayralarning  o’zaro  qo’shilishi 
oogamiya  kopulyasiya  deyiladi.  Umuman  olganda  gametalar  qanday  usulida 
qo’shilishidan  qat’iy  nazar  oqibatda  zigota  hosil  bo’ladi.  Zigotadan  esa  yangi 
yosh  individ  rivojlanadi.  Bir  hujayrali  hayvonlar  orasida  ayrim  guruhlar 
(infuzoriyalar) jinsiy ko’payishni kon’yugasiya usuli bilan amalga oshiradi.  
 
Bir  hujayrali  hayvonlarning  biologik  xususiyatlaridan  biri  ularning 
sistaga (qalin po’stga) o’ralish qobiliyatidir. 


 
Hayvon  uchun  noqulay  sharoit  yuzaga  kelganda,  ya’ni  suv  havzasining 
qurib  qolishi,  muhit  temperaturasining  keskin  pasayishi,  kimyoviy  zaharli 
mahsulotlar  va  hakozolar  ta’sirida  sistaga  o’ralib,  tinch  davrga  o’tib  oladi. 
Buning  uchun  hayvon  yumaloqlanadi,  harakatlanish  organellalarini  yig’ib, 
tanani  tashqi  yuzasiga  sitoplazma  hisobidan  suyuqlik  ajratadi.  Bu  suyuqlik 
yuzaga chiqishi bilanoq qotib, po’st hosil qiladi. Qalin po’stga o’ralgan hayvon 
atrof  muhitning  noqulay  sharoitlariga  chidamli  bo’ladi  va  ma’lum  davr 
davomida o’zining tiriklik qobilyatini saqlab qoladi. 
 
Ko’pgina  bir  hujayralilar  sista  holatida  passiv  ravishda  suv  va  shamol 
yordamida,  xilma-xil  o’simlik  va  hayvonlar  bilan  hamda  tuproq  bilan  o’zoq 
masofalarga  tarqalishi  mumkin.  Sistaga  o’ralgan  hayvon  qo’lay  sharoitga 
tushishi bilanoq po’stini tashlab, yana aktiv hayot kechirishga o’tadi.  
 
Bir hujayrali hayvonlarning sistaga o’ralish qobiliyatining mavjudligi shu 
hayvonlar  uchun  juda  katta  biologik  ahamiyatga  ega,  chunki  yuzaga  kelgan 
noqulay  sharoitlar  ta’sirida  qirilib  ketmasligi  uchun  sista  ularni  tiriklik 
qobiliyatini  saqlab  qoladi  va  turni  tur  sifatida  mavjud  bo’lib  qolishi  imkonini 
beradi.  Bu  jarayon  bir  hujayrali  hayvonlar  evolyusiyasida  shakllangan  muhim 
belgi  hisoblanadi.  Shuni  aytish  kerakki,  ba’zi  bir  hujayrali  hayvonlarning 
sistaga  o’ralishi  ularning  ko’payishi  va  hayot  sikli  bilan  bog’liqdir.  Masalan, 
odam  ichagida  yashovchi  ayrim  amyobalarning  (ichburug’  amyobasi,  ichak 
amyobasi)  tashqi  muhitga  chiqishi  oldidan  sistaga  o’ralishini  ko’rsatib  o’tish 
mumkin. 
 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish