Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Umurtqasiz hayvonlarni ochish va o’rganish usullari



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Umurtqasiz hayvonlarni ochish va o’rganish usullari 
 
Umurtqasiz  hayvonlar  anatomiyasini  o’rganish  ichini  ochish  orqali 
bajariladi. Ushbu turdagi ishlar nisbatan yirik va gavda bo’shlig’iga ega bo’lgan 
hayvonlarda,  jumladan  chuvalchanglarda  (nematodalar,  ko’ptukli  va  kamtukli 
halqalilar, 
zuluklar), 
yumshoqtanlilar, 
qisqichbaqasimonlar, 
o’rgimchaksimonlar,    ko’poyoqlilar,  hasharotlar  kabilar  bilan  olib  borilishi 
ancha  qulay,  lekin  ancha  murakkab  ish  hisoblanadi.  Bunday    ishni  amalga 
oshirishdan  asosiy  maqsad  hayvonlar  teri-muskul  xaltasi  ichidagi  yoki  teri 
qoplag’ichi  ostidagi  organ  va  sistemalarining  turi,  joylashishi,  ularning 
morfologik  hamda  anatomik  tuzilishi  bo’yicha  ma’lumotlarga  ega  bo’lishdan 
iboratdir. 
 
Talabalar hayvonlarni ichini ochishga kirishishidan oldin talab etiladigan 
barcha  qoida  va  usullarni  bilish  hamda  ishni  bajarish  uchun  kerak  bo’lgan 
zaruriy  jihoz  va  asboblar,  jumladan,  turli  katta-kichiklikdagi    jarrohlik  va 
anatomik  pichoq  (skalpel)lar,  qisqich  (pinset)lar,  turli  uchli  va  kattalikdagi 
qaychilar, qo’l va stol lupalari, Petri idishlari, parafinli idishlar (vannochkalar), 
preporaval  (to’g’rilagich)  va  entomologik  ignalar,  suvli  idishlar,  tomizgichlar, 
paxta, filtr qog’ozi, buyum va qoplag’ich shishalar kabilar tayyorlab qo’yilgan 
bo’lishi lozim. 
Talaba  aytilgan  asbob  va  jihozlarning  qaysi  biridan  qachon  va  qanday 
qilib  foydalanish  qoidalaridan  xabardor  bo’lishi  kerak.  Ichi  ochilishi  kerak 
bo’lgan  hayvon  tirik  holda  tabiatdan  yoki  laboratoriyada  saqlanadiganlaridan 
olinadi  va  u  efir,  spirt  yoki  xloroformda  jonsizlantiriladi  hamda  parafinli  
idishga  (vannochkaga)  qorin  tomoni  bilan  yotqizilib,  ignalar  bilan  qadaladi. 
Igna  qiya  holda  qadalishiga  e’tibor  berish  kerak.  Agarda  igna  tik  qadalsa, 
hayvonni  ochishda  u  xalaqit  berishi  mumkin.  Umurtqasiz  hayvonlarni 
aksariyatida (halqali chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksimonlar, 
ko’poyoqlilar,  hasharotlar)  nerv  sistemasi  qorin  tomonida  joylashganligi 
hisobga    olinadigan  bo’lsa,  qorin  tomondan  ochilsa,  nerv  sistemasi 
shikastlanishi mumkin. 
Yuqorida aytganimizdek, yangidan o’ldirilgan hayvonning ichki organlari 
ochilib  o’rganilsa,  undagi  organ  va  to’qimalar  hali  qotmagan  bo’ladi.  Bu  esa 
ularni ko’rish va  o’rganishni ancha osonlashtiradi. Bordiyu ochish uchun tirik 
obekt  (hayvon)  bo’lmasa,  uning  o’rniga  4-5%  li  formalin  yoki  70
0
  li  spirtda 
fiksatsiyalangan materialdan (hayvondan) foydalanish mumkin.  
Hayvonni parafinli idishga qorin tomoni bilan yotqizib, qadagandan so’ng 
o’tkir  uchli  mayda  qaychi  bilan  gavda  qoplag’ichi  (terisi)  gavdaning  orqa 
uchidan oldingi uchiga qarab bo’ylama kesim bilan ochiladi. Ba’zan o’ldirilgan 
hayvon  (qisqichbaqa,  ko’poyoq,  hasharot  kabilar)  qo’lda  ushlab  kesish  ancha 


qulay  bo’ladi.  Kesilgan  teri  yon  tomonlarga  qisqich  bilan  ohista  tortilib  igna 
bilan  qadaladi.  Ochilgan  hayvon  ustidan  toza  suv  solinib,  vaqti-vaqti  bilan 
tozalanib  turiladi,  chunki  toza  suvli  muhitda  ichki  organlarni  o’rganish  ancha 
qulay bo’ladi. Agarda suv ifloslanib qolsa, uni to’kib, yangidan tozasi solinadi. 
Ichi ochilgan hayvon qo’l lupasi (10
x
,20
x
) bilan kuzatilib, ichki organ va 
sistemalari    o’rganiladi.  Agar  qo’l  lupasi  bilan  ushbu  ishni  davom  ettirish 
imkoniyati bo’lmasa, o’rganishni stol lupasi yoki binokulyar mikroskopda olib 
borish mumkin. 
 
Umurtqasizlar  zoologiyasining  laboratoriya  va  amaliy  mashg’ulotlarida 
o’rganiladigan hayvonni shakli, tashqi organlarining tanadagi joylashishi hamda 
ichki  organ  va  sistemalarining  tuzilishi  maxsus  tutilgan  daftarga  (rasm  daftari 
tutilishi  kerak)  chizilib,  yozuvlar  bilan  ifodalab  boriladi.  Daftarga  chizilgan 
hayvonning tuzilish rasmi, undagi organ va qismlarining gavdaga nisbati to’g’ri 
aks  ettirilishi  kerak.  Rasm  zoologik  jihatdan  texnik  ish  ekanligini  aks  ettirishi 
kerak.  Rasmni  juda  chiroyli  va  badiiylashtirishga  urinmaslik  kerak.  Bunday 
ishni  talabga  javob bermasligini  talabalar e’tiboriga oldindan  yetkazib qo’yish 
lozim.  O’rganilgan  hayvonning  tuzilishi,  gavda  qismlari,  shakli,  ichki 
organlarining tuzilishi, joylashgan joyi va hakozolar to’la bajarilgandan keyin, 
ushbu qism va organlar hamda sistemalar raqam va yozuvlar bilan ifodalanishi 
kerak. 
 
Bir hujayrali hayvonlar kichik olami evolyusion jarayonning ma’lum bir 
nuqtasigacha  rivojlanib  kelgan  guruhi  sifatida  zoologiya  faniga  dastlabki 
ma’lumotlar  XVII  asrning  70  -  chi  yillarida,  mikroskop  kashf  qilingandan 
keyingina ma’lum bo’ldi.  
 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish