Birhujayrali hayvonlarni tabiatdan yig’ish va laboratoriyada ko’paytirish
usullari
Bir hujayrali hayvonlarning anchagina turlari chuchuk suv havzalarida
erkin hayot kechiradi, lekin bu havzalarning hammasidan ham kerakli
materialni olib bo’lmaydi. Erkin yashovchi bir hujayralilarning ko’pgina keng
tarqalgan turlarini (yalang’och va chig’anoqli amyobalar, ayrim xivchinlilar va
infuzoriyalarning har xil turlarini) oqmas suv havzalarida, ayniqsa, kichik
ko’llar, hovuzlar, yoki sekin oquvchi ariqlarda hamda ko’lmak va
sholipoyalarda topish mumkin. Ayniqsa, o’simlik chirindisiga boy bo’lgan
ko’lmak yoki hovuz suvlarida amyobalar, chig’anoqli amyobalar va
infuzoriyalar ko’p bo’ladi. Suv o’tlariga boy bo’lgan, yorug’lik tushib turuvchi
va kislorodga nisbatan to’yingan hovuz suvlarida evglenasimonlar va
fitomonadalarni (gonium, evdorina, pandorina,volvokslar) hamda oddiy
amyobalarni ko’plab topish mumkin. Nisbatan yirikroq bo’lgan suv
havzalarining ma’lum bir qismiga ko’proq soya tushib turadigan joyida o’ziga
xos mikrofauna shakllanishi mumkin. Bunday joyning suvida va uning tubida
chig’anoqli amyobalardan arsella va difflyugiyalarni topish mumkin.
Bir hujayrali hayvonlarning chuchuk suvlarda yashovchi guruh turlarini
laboratoriya sharoitida ko’paytirish va ulardan amaliyot darslarida foydalanish
uchun eng avvalo ushbu bir hujayralilarni tabiatdan yig’ib kelish lozim. Buning
uchun 3-4 ta baland silindr shaklidagi shisha banka yoki murabbodan bo’shagan
va tozalab yuvilgan oddiy shisha bankalar qopqog’i bilan tayyorlanishi kerak.
Bunday turdagi bankalardan faqat tabiiy suv havzasidan dastlabki material olib
kelish uchun foydalaniladi.
Oqmas tabiiy suv havzasiga borgach, undan qulayroq sayoz joyni tanlab,
o’sha joyning tubiga yaqin joydan yarim banka suv va unga suv tubidagi
chiriyotgan barglar, o’simlik qismlari hamda suv tubi loyqasi ham solinadi.
Havzaning boshqa bir joyidan ham yuqoridagi usulda ikkinchi bankaga suv
olinib, ichiga havzada o’sadigan suv o’tlari ham solinadi. Uchinchi bankaga suv
havzasining sayoz joyidan suv va suv tubi loyqasi olinadi. Uchala bankalarga
ham namunalar olingandan so’ng, ularni yorug’likka (quyoshga) qaratib,
ko’zdan kechirish lozim. Bankalardagi suvda dafniya, siklop va suv
hasharotlarining lichinkalari bo’lsa, bunday namunalar to’kib tashlanadi, chunki
bunday hayvonlarning asosiy oziqasi bir hujayrali hayvonlar hisoblanadi.
Shunga binoan suv havzasining boshqa, nisbatan qulayroq joylaridan qayta
yangi namunalar olinadi.
Bir hujayrali hayvonlarning namunalarini suvi yaqinda qurib qolgan
havzalardan ham olish mumkin. Buning uchun havzaning tubidan bir qism loy,
chiriyotgan barglar va chirindi olinib, bankaga solib, ustiga toza ariq yoki
yomg’ir suvi quyiladi. Ushbu ishni qilishdan oldin shu narsani e’tiborga olish
lozimki, suvi qurib qolgan havzada bir hujayralilarning deyarli barchasi sista
holatiga o’tgan bo’ladi. Ushbu sistalar esa qulay sharoitga o’tkazilganda,
sistadan ajralib, faol hayotini yana davom ettirishi mumkin.
Tabiatdagi suv havzalaridan olib kelingan namunalar, laboratoriyada
kichikroq shisha idishlarga (kimyoviy stakanlarga) bo’linadi. Namunalar
quyilgan har bir idishga yana suv tubi loyqasi, chiriyotgan barg, chirindi va suv
o’simliklari ham solinadi. Shundan keyin idishlarni usti shisha plastinkasi bilan
yopiladi va deraza oldiga yoki deraza oldiga qo’yilgan stol ustiga joylashtiriladi.
Namunalarga quyosh nuri tik tushmasligi lozim, aks holda idish ichidagi suv
haddan tashqari isib ketib, mikroorganizmlarni halok qilishi mumkin.
Bir hujayrali hayvonlarni aksariyati +8
0
-+10
0
issiqda ham bemalol
yashashi mumkin, lekin ushbu haroratda ular ko’paymaydi. Ularning shiddat
bilan ko’payishi optimal (+14
0
-+20
0
S) haroratda boradi.
Tabiatdan olib kelingan va labaratoriyada shisha stakanlarga bo’linib,
deraza oldiga qo’yilgan namunalarni 3-4 kun davomida qo’l lupalari yordamida
ko’rib, bir hujayralilarning borligiga ishonch hosil qilish lozim. Agarda
idishdagi
namunalarda
bir
hujayralilarning
dushmanlari
(yirtqichlari)
hisoblanmish siklop, dafniya yoki to’garak chuvalchanglardan og’izaylang’ichli
(kolovratka) ko’p bo’lsa, bunday namuna to’kib tashlanadi. Ayrim hollarda
tomizg’ich (pipetka) bilan namunadan 1-2 sm
3
hajmda suv soat oynachasiga
o’tkazilib, binokulyar (MBS-1) mikroskopda ko’riladi. Agar namunada bir
hujayrali hayvonlar kam yoki juda siyrak bo’lsa, bunday namunali idishga 5-6
tomchi qaynatilmagan sut tomiziladi. Sutni har hafta bir marta yoki oyiga 3-4
marta tomizish tavsiya etiladi. Sut o’rniga 2-3 g kraxmal (kartoshka uni) sepilsa
ham bo’ladi. Bundan tashqari sut yoki kraxmal o’rniga suli, guruch, bug’doy
yoki tariq qaynatmasi ishlatilsa ham yaxshi natija beradi. Qaynatmani
tayyorlash uchun yuqorida aytilgan donlarning birontasidan 50 g o’lchab olinib,
bir litr suvda 15-30 minut qaynatiladi va sovutilib, shishaga solib, og’zi
mahkamlanadi. Ushbu qaynatmadan har 15 kunda bir marta 5-10 sm
3
hajmda
idishdagi namunaga qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |