O‘zbekistonda parlament tizimi, ijroiya va sud hokimiyatidagi islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki
kunlardayoq O‘zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun hozirgi zamon
jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni
shakllantirish zarurati yuzaga keldi. Demokratik tamoyillar va O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasining uchinchi tamoyili – davlat hokimiyatining uch
tarmoqqa bo‘linishi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch
hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, ayni vaqtda bir-biri bilan
chambarchas bog‘liqdir. Prezident har uchala hokimiyat faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi mustaqil organ hisoblanadi. Parlamentarizmning rivojlanishi
bosqichma-bosqich amalga oshirib borildi. O‘zbek parlamentarizmi tarixiga nazar
solsak, 1990–1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan
atalib, 150 deputatdan iborat edi. 1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan
250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy
saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan,
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan, «Milliy
tiklanish» partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi.
2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori
palata) iborat tarzda ish boshladi. Bu 2002- yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum
va shu asosda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi.
Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 150
deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylanadi.
Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar elyurtda obro‘-e’tibor qozongan
kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.
Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil
etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr
Prezident
(davlat boshlig'i)
Oliy Majlis
(qonun chiqaruvchi
hokimiyat)
Vazirlar Mahkamasi
(ijroiya hokimiyati)
Sud
(sud hokimiyati)
– 1991–1994-yillar, ikkinchi davr – 1995–2004-yillar, uchinchi davr – 2005-yildan
hozirgi paytgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |