5-mavzu: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar



Download 445,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana31.12.2021
Hajmi445,91 Kb.
#202531
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
2 5411469797219110273

Saylov tizimi. O‘zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo 

etilishida  xalqaro  huquq  andozalari  va  talablariga,  ilg‘or  chet  el  tajribasiga  mos 

saylov qonunchiligi yaratilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Dastlab saylov tizimini 

yo‘lga qo‘yish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida» 

va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida» (1991-yil 18-noyabr) 

qonun  qabul  qilindi.  XX  asr  90-yillarining  boshida  saylovlar,  saylov  o‘tkazish 

tartiblari  to‘g‘risida  bir  qator  qonunlar  qabul  qilindi.  Jumladan,  «O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman 

va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar saylov huquqlarining 

kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.  

Saylovlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etiladi, komissiya 

1998-yildan e’tiboran mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat boshlagan bo‘lsa, 

2014-yildan esa doimiy organ sifatida tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasi va 

uning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va 

mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi va qonunlarda 18 yoshga to‘lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega 

ekanligi,  O‘zbekiston  Prezidenti  saylovi,  Oliy  Majlis  saylovi,  xalq  deputatlari 

viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlari  saylovi  umumiy,  teng,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi mustahkamlab 

qo‘yilgan. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo‘lmagan 

fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to‘lganlar Oliy Majlisga, 21 

yoshga  to‘lganlar  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  deputat  etib  saylanish 

huquqiga ega. 

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident 

saylovi,  Oliy  Majlisning  Qonunchilik  palatasiga  hamda  Qoraqalpogʻiston 

Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati 

vakillik  organlariga  saylov  tegishlicha  ularning  konstitutsiyaviy  vakolat  muddati 

tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-oʻn kunligining 1-yakshanbasida oʻtkaziladi.  




Download 445,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish