O‘zbekistonda prezidentlik institutining shakllanishi, hokimiyatlar
bo‘linishi prinsipi. Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida
Prezident lavozimi ta’sis etilgan. Mamlakatimizda Prezident lavozimi Oliy Kengash
tomonidan 1990 yilning 24 martida “O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis
etish va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan joriy etildi.
Qonuniga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimi demokratiya jarayonlarini
yanada rivojlantirish, siyosiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni,
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, O‘zbekiston
Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini
takomillashtirish maqsadida ta’sis etildi hamda uning konstitutsiyaviy maqomi
O‘zbekiston Respublikasining boshlig‘i etib belgilandi.
Qonunda fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va
qonunlarga rioya etilishiga kafil bo‘lish, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va
hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir
qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish, mamlakat
ichkarisida va xalqaro tashkilotlarda respublika nomidan ish ko‘rish, Oliy
Kengashga har yili respublikadagi holat hamda ichki va xalqaro hayotning eng
muhim masalalari yuzasidan haqida ma’ruzalar taqdim etish, ayrim shaxslarni
lavozimga tayinlash va ozod qilish bo‘yicha vakolatlar, respublika oliy hokimiyat
va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlash, hukumatning qarorlari
va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish, qonunlarni imzolash, faxriy unvonlar
berish, faxriy yorliqlar bilan mukofotlash, respublika fuqaroligiga va siyosiy
boshpana berishga oid masalalarni hal etish, sudlar tomonidan hukm qilingan
shaxslarni afv etish va boshqalar Prezident vakolatlari sifatida qayd etildi.
1992
yil
8
dekabrda
qabul
qilingan
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining XIX bobi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti haqida
bo’lib, 89-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir
va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda
hamkorligini ta’minlaydi”, - deb yozib qo’yilgan.
1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston
Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish
hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un
tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan
qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan
Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston
Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda
Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va
O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi. Mazkur qonun
mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasiga asoslanishini
mustahkamlab qo‘ydi. Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda
keng qamrovli islohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda
prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Shu asosda, 1991-yil 29-dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi.
Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va «Erk»
Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi
qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom
Karimov nomzodini, 12,3% esa Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.
1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-
yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil
9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda
O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan
referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil
23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga
saylandi. 2011-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, Prezidentning vakolati 7 yildan 5 yilga
qaytarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil
dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. 2015-
yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba
qildi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Shu
munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari o‘tkazildi.
2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi»gi qonunga muvofiq, muqobillik va sog‘lom raqobat
asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61% ovoz bilan Bosh vazir Shavkat
Mirziyoyev prezident etib saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |