www.ziyouz.com кутубхонаси
61
ْﻦِﻣ ٍﺪَﺣَأ ْﻦِﻣ ﺎَﻤُﻬَﻜَﺴْﻣَأ ْنِإ ﺎَﺘَﻟاَز ْﻦِﺌَﻟَو ﻻوُﺰَﺗ ْنَأ َضْرﻷاَو ِتاَوﺎَﻤﱠﺴﻟا ُﻚِﺴْﻤُﻳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ
ِﻩِﺪْﻌَﺑ
"Albatta, Alloh osmonlar va yerni qulab tushishdan ushlab asrab turur. Aniqki, agar ular
qulasalar, U zotdan so‘ng (ya’ni Allohdan o‘zga) biron kimsa ularni tutib tura olmas" (Fotir
surasi, 41).
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Muhr arsh ustuniga osig‘liqdir. Qachonki.
bandalar Alloh chegaralagan hududdan chiqib, haromni halol deya boshlasalar, Alloh u muhrni
arshdan yerga indirib, qalblarni ichidagi sirlari bilan birga muhrlab tashlaydi" (Ibn Adiy va Ibn Hibbon
rivoyati).
Mujohid shunday hadisni keltiradi: "Qalb ochiq kaftga o‘xshaydi. Xuddi barmoqlar bitta-bittadan
bukilganda kaft yopilgani kabi qalb ham har gunoh sodir etilganida yopilib boradi. Hatto oxirida butkul
bekilib qoladi. Mana shu qalbning muhrlanishidir" (Bayhaqiy rivoyati).
Hasan Basriy aytadi: "Banda va Alloh o‘rtasida gunohlardan iborat ma’lum chegara bor. Agar
banda shu chegaraga yetsa, Alloh uning qalbini muhrlab qo‘yadi. Keyin u yaxshilikka muvaffaq bo‘la
olmaydi".
Gunohlarning qoralanishi va tavba qiluvchilarning maqtalishi xususida xabar va asarlar ko‘p.
Agar voiz o‘zini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vorisi deb hisoblasa, uning mav’izalari
mana shunday xabarlarga to‘la bo‘lishi lozim. "Albatta, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oltinu
kumushni emas, ilm va hikmatni meros qoldirdi. Har bir olim o‘z darajasida bu merosga vorisdir"
(Buxoriy rivoyati).
Gunohlarni tark etishga undashning ikkinchi yo‘li payg‘ambarlar va o‘tmishdagi solih kishilar
haqida, gunohlari tufayli ularning boshiga tushgan musibatlar xususida hikoya qilishdir. Qalblarini
titratib, ularda chuqur iz qoldiruvchi bu hikoyalarning xalq uchun manfaati katta. Masalan Odam
alayhissalom haqidagi hikoyaga quloq tutaylik.
"Odam alayhissalom Alloh man’ etgan o‘simlik mevasidan yeb qo‘ydi. Shunda badanlarini yopib
turgan jannat ziynatlari uni tark etib, uchib ketdi. Odam alayhissalomning avrati ochilib qoldi. Gavhar
bilan bezalgan toj uning boshidan ko‘tarilishga hayo qildi. Jibril alayhissalom kelib, Odam Atoning
boshidan tojni oldi. Shu payt arshi a’lodan nido keldi: "Ikkalangiz (Odam ato va Havo momo) ham
huzurimdan (erga) tushing. Kimki Menga isyon qilsa, Menga qo‘shni bo‘lolmaydi". Roviy davom etib, -
dedi: "Mana eng avvalgi gunoh! Mana uning oqibati — bizni habibimizga qo‘shnichilikdan ayirgan, e
voh!"
Muso alayhissalom qissasida keladi: "Muso alayhissalom Xizr alayhissalomdan so‘radi:
— Qaysi ishing tufayli Alloh taolo senga g‘ayb ilmini bildirdi?
— Alloh taoloni deb gunohlarii tark etganim uchun, - dedi Xizr alayhissalom".
Rivoyat qilinadi: "Shamol Sulaymon alayhissalomni boradigan manzillariga eltib qo‘yardi. Bir gal
uchib borar ekanlar, nogohon egniga yangi ko‘ylak kiygizilganini payqab qoldilar va dillaridan, ajabo,
nahot, bu ishni shamol qilgan bo‘lsaya, degan gumon o‘tdi va shu zahoti yerga "tap" etib tushdilar.
Shunda Sulaymon alayhissalom:
— E, nima qilyapsan, men senga buni buyurmadimku? - dedilar shamoldan norozi bo‘lib.
— Allohga itoat qilsanggina, senga itoat qilaman, - dedi unga shamol".
Rivoyat qilinadi: "Yoqub alayhissalomga Alloh taolodan vahiy bo‘ldi:
— Sening va o‘g‘ling Yusufning orasiga nima sababdan ayriliq solganimni bilasanmi?
— Yo‘q, bilmayman? — dedi Yoqub alayhissalom.
— Ayriliqqa Yusufning og‘a-inilariga aytgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |