71
Keltirilgan misolda (14-jadval) ishlab chiqarish strukturasi
o‘zgardi va uning ta’sirida A va S mahsulotlar ulushi ortdi, B mahsulot
esa kamaydi, natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmi qiymat ifodasida
7,6 ming so‘mga ortdi. Bu korxona faoliyatining yanada obyektiv
bahosi, chunki mehnat sig‘imi bo‘yicha uchala mahsulot ham bir xil.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun turli usul-
lardan foydalaniladi. Misol uchun, mutlaq kattalik o‘rniga o‘rtacha yoki
nisbiy kattaliklarni qo‘llab, qator hollarda ko‘rsatkichlarning taqqos-
lanuvchanligiga erishish mumkin. Korxonalarning ishlab chiqarish
bazasini hisobga olmasdan mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda
summasi va boshqa mutlaq ko‘rsatkichlarni qiyoslash mumkin emas,
lekin mutlaq kattaliklar o‘rniga nisbiy, misol uchun, bir ishchi
tomonidan ishlab chiqarigan mahsulot, aktivlarning ming so‘miga to‘g‘ri
keladigan foyda summasi va shu kabilar. Ushbu holda bunday taqqos-
lash butunlay to‘g‘ri sanaladi.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’min-
lash uchun tuzatish koeffitsiyentlari ham keng qo‘llaniladi. Xususan,
ko‘rsatkichlarning metodik nomutanosibligiga nisbatan e’tiborli bo‘lish
lozim. U nafaqat taqqoslash natijalarini, balki umuman voqelik ma’no-
sini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun, fond qaytimi asosiy
vositalarning jami summasi bo‘yicha, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan
asosiy vositalar bo‘yicha yoki faqat ularning aktiv qismi bo‘yicha
hisoblanishi mumkin. Shuning uchun, xulosalar to‘g‘riligini ta’minlash
uchun ularni hisoblash metodikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar bir xilligiga
erishish lozim.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda ularning taqqoslanuvchanlik bo‘yi-
cha tabiiy-iqlim sharoitarini ta’minlash juda muhim. Xususan, bu qish-
loq xo‘jaligi uchun juda dolzarb masala sanaladi. Korxonalarning turli
tabiiy-iqtisodiy zonalarda bo‘lishi mahsulot yetishtirishga, vaqtinchalik
va doimiy xarajatlar darajasiga, mahsulotlar mehnat sig‘imi va bosh-
qalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu omil bo‘yicha ko‘rsatkichlarning
taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun iqlimiy va hududiy xususiyatlar
bilan shartlangan ko‘rsatkichlarning o‘sish ulushi ajratiladi, keyin esa
ularning ta’siri bartaraf etiladi.
Ayrim ko‘rsatkichlarning mavsumiy tavsifiga e’tibor qaratish
zarur. Misol uchun, tovar zaxiralari mavsumgacha jamlanadi, qishki
davr uchun ozuqa zaxiralari yaratiladi, korxonaning ishchan faolligi
davrida kapital aylanuvchanlik koeffitsiyenti o‘sadi. Ayrim hollarda
72
ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi korxonaning hisob
siyosatidagi o‘zgarishlari bilan ham kelib chiqishi mumkin. Xususan,
amaldagi me’yoriy hujjatlar bir ma’noga ega ko‘rsatkichlarni turli
usullar bilan shakllantirish mumkinligiga yo‘l qo‘yadi. Misol uchun,
asosiy vositalarga eskirish hamda nomoddiy aktivlarga amortizatsiya
hisoblashni turli metod va usullarining mavjudligi; iste’mol qilingan
ishlab chiqarish zaxiralarini baholash metodini o‘zgartirish (NIFO,
FIFO, LIFO) va boshqalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, ko‘rsatkichlarni taqqoslanuvchan shaklga
keltirishning asosiy usullari qiymat, hajm, sifat va struktura omillarning
ta’sirini ularni yagona bazisga keltirish yo‘li bilan xolislantirish, shu-
ningdek, foydalanish o‘rtacha va nisbiy kattalik, tuzatish koeffitsiyent-
lari, qayta baholash metodlaridan foydalanish va shu kabilar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: