№
Ferment
Kasallik
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
Aspartataminotransferaza
Alaninaminotransferaza
Amilaza
Seruloplazmin
Kreatinfosfokinaza
γ-Glutamiltranspeptidaza
Laktatdegidrogenaza
Lipaza
Kislotali fosfataza
Ishqoriy fosfataza
Miokard infarkti
Virusli gepatit
O`tkir pankreatit
Gepatolentikulyar
degeneratsiya
(Vilson
kasalligi)
Infarkt miokardi va mushaklarning og`rishi
Jigarning turli xil xastalikjlari
Miokardi infarkti
O`tkir pankreatit
Prostata bezi kasalliklari
Suyak va jigarning turli xil kasalliklari.
Funktsional
bo`lmagan
plazma
fermentlarining
qondagi
vazifasi
aniqlanmagan. Yuqori kontsentratsiyada plazmada paydo bo`lishi to`qima
strukturasini tezlik bilan parchalanayotganlini bildiradi va ularni qondagi
miqdorini aniqlash patologik jarayon qaysi organda kechayotganligi haqida
muhim diagnostik ma‟lumotlarni beradi. Bunday fermentlar tashqi sekretsiya
bezlari (pankreatik lipaza va amilaza; ishqoriy fosfataza o`t orqali; kislotali
fosfataza prostata bezlari) orqali oddiy diffuziya yo`li bilan ajratiladi.
Ma‟lumki, barcha irsiy kasalliklar DNK dagi o`zgarishlar natijasida kelib
chiqadi. Genetik kasalliklarga tashxis qo`yish rekombinant DNK texnologiyasi
yutuqlari asosida ancha rivojlandi. DNK fragmentlarini gibridlash yo`li bilan
irsiy o`zgarishlarni prenatal skrining usuli ishlab chiqildi; shu maqsadda
restriktaza fermentlari orqali amnion suyuqligidagi homila hujayrasidan ajratib
olingan DNK kartasi tuziladi.
86
Uchinchisi enzimoterapiya – fermentlar va ularning modulyatorlari
(aktivator va ingibitorlari)ni dori preparatlari sifatida qo`llash. Masalan,pepsin,
tripsin, ximotripsin va ularning aralashmalari (abomin, ximopsin) ovqat hazm
qilish kasalliklarini davolashda, shuningdek proteolitik fermentlarni kiritish
bilan chandiqlarni so`rilishini tezlatish, fermentlar yetishmasligi bilan bog`liq
nasliy kasalliklarni tashqaridan ferment preparatlari kiritib davolash va
boshqalar. Proteinazalar bilan bir qatorda boshqa fermentlar, jumladan RNK
aza, DNKaza, gialuronidaza, kollagenaza, elastazalar proteinazalar bilan
birgalikda yoki alohida kuygan joylarni, yaralarni, shamollash o`choqlarini
davolash, shish va gematomalarni yo`qotishda qo`llanilmoqda:
Nukleaza – ba‟zi bir virusli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Masalan,
virusli kon‟yuktivitni davolashda tarkibida DNK aza bo`lgan ko`z tomchilari
muvaffaqiyatli qo`llanuilmoqda: ferment virus DNK sini parchalash yo`li bilan
kasallikni davolaydi.
Asparaginaza – leykozning ayrim shakllarini davolashda qo`llaniladi.
Aspartat kislotasining amidi bo`lgan asparagin leykotsitlarda oqsil sintezi uchun
zarur hisoblanadi. Ammo u hujayraning o`zida sintezlanmasdan, plazmadan
kirishi kerak. Bemor qoniga kiritilgan asparaginaza asparaginni ammiak va
asparagin kislotagacha parchalaydi, buning natijasida leykoz hujayralaridagi
oqsil biosintezi to`xtatiladi va hujayralar halok bo`ladi.
Lidaza, ronidaza va boshqa preparatlar biriktiruvchi to`qimani
mustahkamlovchi modda – gialuron kislotasini parchalanishini katalizlaydi. Bu
fermentlar boshqa dorilar bilan birgalikda qo`llanilib, ularning so`rilishini
tezlashtiradi
va
og`riqni
kamaytiradi.
Shuningdek
gialuronidaza
gematomalarning so`rilishida, plevra va qorin ekssudatlarida, chandiqlarda
qo`llaniladi.
Terapiyada ma‟lum bir ferment faolligini oshirish uchun kofaktorlardan
foydalaniladi. Davolash maqsadida, masalan, yurak kasalliklari, nerv tizimining
87
buzilishi va boshqa holatlarda kokarboksilaza ishlatiladi; FMN teri kasalliklari
keratit, kon‟yuktivit, nevrasteniya kabilarda qo`llaniladi.
Tibbiyot amaliyotida fermentlarning ingibitorlari – spetsifik preparat
sifatida foydalaniladi. Proteinazalarning tabiiy ingibitorlari o`tkir pankreatit,
artrit va allergik kasalliklarni davolashda keng o`rin olgan. Masalan,
pankreatitda – oshqozon osti bezi kasalligida tripsinogenni tripsinga
o`tkazuvchi proteinazani faolligini to`xtatish uchun ularning ingibitorlari –
trasilol, kontrikal ishlatiladi. Ferment ingibitorlarini kasalliklarida qo`llash
enzimoterapiyaning yangi sohalaridan biri hisoblanadi.
Enzimologiya ma‟lum bir maqsadga yo`naltirilgan dori preparatlarini
yaratishda qulay imkoniyat beradi. Masalan, sulfanilamidli birikmalar kokkli
infektsiyalarda ijobiy ta‟sir ko`rsatadi. Buning asosida esa raqobatli
ingibirlanish yotadi, chunki ular kokkli mikroorganizmlar hayot faoliyati uchun
zarur bo`lgan substrat analoglari hisoblanadi. Nikotin kislotasi sil batsillalarini
rivojlanishi uchun zarur, uning struktura analogi – izonikotin kislotaning
gidrazidi (ftivazid) silni davolashda yaxhsi samara beradi.
Shuningdek fermentlar yurak qon-tomir kasalliklarini davolash, qonni
suyultirishda ham qo`llaniladi. Immobilizatsiyalangan streptokinaza preparati
ishlab chiqilgan bo`lib, miokard infarktini davolashga tavsiya etilgan. Kinin
sistemasining kallikrein-fermentlari esa qon bosimini ko`tarilishida davolash
chorasi sifatida ishlatiladi.
So`ngi vaqtlarda onkologik klinikada bakteriya tabiatli fermentlarning dori
vositasi sifatida qo`llanilishi alohida o`rin tutmoqda.
Yuqorida bayon etilgan misollar fementlarni tibbiyot amaliyotida qo`llash
maqsadida o`rganish katta kelajakka ega ekanligini ko`rsatadi.
Tibbiyot enzimologiyasini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatlar kasallikni
oldini olish va davolash hamda yuqori spetsifiklikka ega bo`lgan dori
vositalarini yaratishda katta ahamiyatga ega.
88
Do'stlaringiz bilan baham: |