Fermentlarning amaliyotda qo`llanilishi. Enzimologiyaning jadal
rivojlanishi kimyoviy reaktsiyalarni katta tezlik bilan o`tishini ta`minlaydigan
omilni amalda kengroq qo`llanilishiga olib kelmoqda. Sanoatda fermentlar
biologik xom ashyoni ishlashda (non yopish, vino, pivo pishirish, pishloq
tayyorlashda, choy, tamaki, teri va mo`ynaga ishlov berishda, kulinariyada)
keng qo`llaniladi. Keyingi yillarda kimyo – texnologiyada organik moddalarni
o`zgartirish
(oksidlanish,
qaytarilish,
degidratatsiya,
kondensatsiya,
dekarboksillanish), reaktsiyalarini boshqarishda ham qo`llanila boshlandi.
Fermentlardan
sanoatda
foydalanish
tez
rivojlanayotgan
biotexnologiyaning markaziy qismi bo`lib, sanoat enzimologiyasi nomini oldi.
Hozirgi vaqtda sanoatda rivojlanish (moddalarni sintez qilish, tozalash, ularni
84
kimyoviy modifikatsiya qilish) birinchi navbatda fermentlarni qattiq organik
yoki noorganik polimer tashuvchilarga kovalent bog`lar orqali ulanib,
tayyorlangan shakllari – immobilizatsiyalangan fermentlarning qo`llanilishiga
bog`liq. Ularlarni asosida bir qator aminokislotalar, klechatkadan kraxmal, turli
farmakologik preparatlar, masalan prednizalon, juda shirin qandsiz modda
aspartam va boshqalar olingan. Fermentlarni qattiq asosga bog`lab, harakatsiz
qilish ferment turg`unligini oshiradi, o`ziga xosligini ta`minlaydi, qo`llanilishini
osonlashtiradi va preparatlardan qayta-qayta foydalanish imkoniyatini
tug`diradi.
Tibbiyotda fermentlar bir qator kasalliklarni, ayniqsa ayrim fermentlarning
nasliy yetishmasligidan kelib chiqqan bemorlarni davolashda qo`llanilmoqda.
Masalan, qonda sut shakari laktozadan hosil bo`ladigan galaktoza miqdorining
ortiqcha bo`lishi – galaktozemiya monosaxaridning o`zlashtirilishini
katalizlaydigan β-galaktozidaza fermentining yetishmasligidan kelib chiqadi;
ruhiy faoliyatning buzilishi bilan kuzatiladigan fenilketonuriya esa aminokislota
– fenilalaninni oksidlab, tirozinga o`tkazuvchi tirozinaza fermentining faolligi
yetishmovchiligiga bog`liq va boshqalar. Bu yo`nalish enzimopatologiya deb
atalib, irsiy kasalliklarni davolash choralarini aniqlashda o`z o`rnini topdi.
Ikkinchisi qonda, siydikda, to`qima preparatlarida fermentlar miqdorini
aniqlash orqali bemorga tashxis qo`yish va uni davolashda katta ahamiyat kasb
etmoqda. Masalan: LDG va aminotransferazalar izofermentlarining qondagi
miqdorini belgilash orqali yurak va jigar kasalliklarini bir-biridan ajratish,
kasallik kechishini kuzatish – bu enzimodiagnostika yo`nalishiga asos bo`ldi.
Ayrim fermentlar, profermentlar me‟yorda odamning qonida doimiy
ravishda aylanib yuradi va ma‟lum bir fiziologik vazifani bajaradi. Bularga
plazmaning funktsional fermentlariga lipoproteidlipaza, psevdoxolinesteraza,
shuningdek qon ivish sistemasining komponentlari kiradi.
85
Quyida enzimodiagnostikada qo`llaniladigan qon zardobining asosiy
fermentlari keltirilgan:
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |