Ingeneriyasi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/154
Sana31.12.2021
Hajmi1,78 Mb.
#198853
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154
Bog'liq
fermentlar-inzhenerijasi

Poliferment sistemalar. Har bir hujayra o`ziga xos fermentlar to`plamiga 
ega.  Ba`zi  fermentlar  deyarli  hamma  hujayralarda,  boshqalari  esa  faqat  ayrim 


 
81 
hujayralardagina  uchraydi.  Hujayradagi  har  bir  ferment  funksiyasi  alohida 
bo`lmasdan boshqa fermentlar funktsiyasi bilan uzviy bog`langan. Ko`p shaklli 
fermentlardan poliferment sistemalar yoki konveyerlar shakllanadi.  
Hujayradagi  poliferment  sistemalar  funktsiyasi  ularga  bo`lgan  zaruriyatga 
va  tashkil  topish  xususiyatlariga  bog`liq.  Poliferment  sistemalarning  tashkil 
etilishini  shartli  ravishda  quyidagi  turlarga  ajratish  mumkin:  1)  funktsional,  2) 
strukturali – funktsional ,    3) aralash.  
Funktsional  tuzilishdagi  poliferment  sistema  fermentlari  bir  butun  bo`lib, 
birinchi  fermentdan  ikkinchisiga  o`tishda  metabolitlar  yordamida  ma`lum  bir 
vazifani  bajaradi.  Jumladan,  funktsional  tashkil  topgan  poliferment 
sistemalaridagi  birinchi  fermentga  substrat  reaktsiyasi  mahsuloti  undan  keyin 
kelayotgan  fermentga  vazifasini  o`taydi,  keyingi  reaktsiyalar  shu  ko`rinishda 
davom etadi. 
Funktsional  tashkil  topgan  poliferment  sistemalariga  glyukozaning 
parchalanishida qatnashadigan glikoliz fermentlari yig`indisi misol bo`la oladi. 
Glikolizda  har  bir  reaktsiya  alohida  ferment  bilan  katalizlanadi.  Fermentlar 
ketma-ketligi  ta‟sirida  hosil  bo`layotgan  metabolitlar  bog`lovchi  bo`g`in 
sifatida  xizmat  qiladi.  Zanjirdagi  fermentlar  tizimida  glyukozadan  boshlab 
oxirgi substratgacha har biri oldingi ferment katalizlaydigan reaktsiya mahsuloti 
keyingi ferment uchun substrat hisoblanadi.  
Strukturali  funktsional  tuzilishda  ferment  –  fermentli  o`zaro  ta`sir 
yordamida  ma`lum  seriyali  struktura  sxemalarini  hosil  bo`ladi.  Natijada  
molekula  darajasidan  yuqori  bo`lgan  polifermentli  kompleks  strukturalari 
shakllanadi.  Bunga  bir  nechta  fermentlardan  tashkil  topgan  pirouzum 
kislotasining  oksidlanishida  ishtirok  etuvchi  piruvatdegidrogenaza  poliferment 
kompleksi hamda  struktura  jihatidan  o`zaro  bog`langan  7  ta  fermentdan  iborat 
yog` kislotasi sintezida qatnashuvchi sintetazasi  misol bo`la oladi. Poliferment 
sistemalari  bir  butun  mustahkam  sistema  bo`lib,  alohida  fermentlarga  katta 


 
82 
qiyinchilik  bilan  parchalanadi.  Shu  jihatdan  ular  funktsional  tuzilgan 
poliferment sistemalaridan farq qiladi.  
Struktura  –  funktsional  tuzilishdagi  poliferment  komplekslaridan  tashqari 
yana  boshqa  variantlari  ham  bo`lishi  mumkin.  Masalan,  fermentlar  biologik 
membranada  birikib,  zanjirsimon  tizilma  ko`rinishini  oladi.  Masalan, 
mitoxondriyalarda  energiya  hosil  bo`lishida  elektron  va  protonlarning 
tashilishida  ishtirok  etuvchi  nafas  olish  zanjiri  fermentlari  mana  shunday 
tuzilishga ega.  
Struktura  –  funktsional  tuzilish  turi  asosan  biologik  funktsiyasi  yuqori 
darajada  bajarilishi  lozim  bo`lgan  ferment  sistemalariga  tegishli.  Bu  kabi 
sistemalardagi fermentlarni bir-biridan ajratish ular faoliyatini yo`qolishiga olib 
keladi. 
Aralash poliferment sistemalar tuzilishi yuqorida keltirilgan ikkala turdagi 
tuzilishning birgalikda qatnashishidan iborat, ya`ni poliferment sistemaning bir 
qismi struktura tuzilishiga, boshqa qismi esa funktsional tuzilishga ega. Bunday 
tuzilishga Krebs halqasining poliferment sistemasi misol bo`la oladi, unda ba`zi 
fermentlar  struktura  kompleksida  birlashgan  (2-oksoglutaratdegidrogenazali 
kompleks),  boshqalari  esa  bir-biri  bilan  bog`lovchi  metabolitlar  yordamida 
funktsional jihatdan birlashgan.  

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish