Nurul yaqin.
Muhammad Xuzariy
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
ibn Qays, Uboda ibn Somid, Yazid ibn Salaba, Abbos ibn Uboda,
Aqaba ibn Omir, Qutba
ibn Omir, Abul Haysan ibn Tayhon, Uvayim ibn Soidalar edi. Ular Makkadan uch chaqirim
naridagi Aqoba degan jilg‘a bo‘yida
rasululloh bidan uchrashib, Islom diniga kirdilar.
Makka fath etilgan kuni ayollar qanday bay’at berishgan bo‘lsa, xuddi shunday
qasamyod etishdi. Bu jihod farz etilishidan avvalgi qasamyod bo‘lib, mazmuni
quyidagicha edi: "Ollohga hech narsani sherik keltirmaslik, o‘grilik
qilmaslik, zinodan
saqlanish, bolalarni o‘ldirmaslik, birovga tuhmat va bo‘hton yog‘dirmaslik, payg'ambar
alayhis-salom buyurgan yaxshi ishlardan bo‘yin tovlamaslik. Mana shu narsalarga amal
qilganlar jannatga kiradi, bo‘yin tovlaganlarning taqdiri Ollohning ixtiyorida:
istasa
kechiradi, istasa azob beradi". Bu birinchi Aqoba bay’ati edi.
Payg'ambar alayhis-salom ularga Qur’on va diniy ahkomlarni o‘rgatish uchun Mus’ab
ibn Umayir bilan Xadichaning xolavachchasi Abdulloh ibn Ummu Maktumni jo‘natdilar.
Mus’ab qasamyod qilganlardan Abu Umoma As’ad ibn Zuroraning uyiga tushib, Xazraj va
Avs qabilasidagilarni islom diniga da’vat eta boshladi. Kunlarning birida Avs qabilasining
boshlig‘i Sa’d ibn Muaoz qarindoshi Usayid ibn Xuzayirga: "Bizning
odamlarimizni ahmoq
deb hisoblaydigan bu ikki kelgindi bilan bir gaplashib qo‘ymaysanmi?" dedi. Usayid
nayzasini olib ikki muhojirga ro‘baro‘ bo‘ldi-da: "Nega sizlar bizning odamlarimizni
ahmoq qilib yuribsizlar? Agar shaxsiy adovatinglar bo‘lsa, orani ochdi qilib olinglar,
boshqa talabinglar bo‘lsa, uni ochiq aytinglar", dedi. Mus’ab unga javoban: "Oldin mana
bunday o‘tirib gaplarimizni eshitib ko‘r, xohlasang
islom dinini qabul qilasan,
xohlamasang zorimiz boru zo‘rimiz yo‘q", dedi va Qur’on oyatlarini o‘qiy boshladi.
Ollohning irodasi bilan Usayidning kulfi-dili ochilib, islom dinini qabul qildi. U qaytib
borganda oqsoqoli nimalar qilganini so‘radi. "Xudo haqqi, ular yomon odamlar emas
ekan", dedi Usayid. Sa’d darg‘azab bo‘lib, kelgindilar bilan gaplashib qo‘ygani o‘zi bordi.
Mus’ab uni xuddi Usayiddek xushmuomalalik bilan
kutib oldi, muddaosini yotig‘i bilan
tushuntirdi. Qur’on o‘qib berdi. Sa’d ham insofga kelib, musulmon bo‘ldi va Abdu Ashhal
jamoasiga borib: "Men sizlar uchun kimman?" dedi. "Sen bizning boshlig‘imiz va
oqsoqolimizning o‘g‘lisan", deyishdi. "Unday bo‘lsa, bugundan e’tiboran
imon keltirib,
islom diniga kirmaguninglarcha sizlar bilan gaplashish menga harom", dedi Sa’d. Abdu
Ashhal jamoasining odamlari oqsoqollariga ergashib yoppasiga musulmon bo‘ldilar.
Yasribda islom dini keng tarqala boshladi. Odamlar behuda bahs-munozara qilish
o‘rniga endi ko‘proq islom dini ta’limotlari haqida gaplashadigan bo‘lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: