www.ziyouz.com kutubxonasi
37
ISRO VA ME’ROJ
Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga hijrat qilishlaridan oldin Olloh u kishini Isro va
Me’roj martabasiga erishtirdi. Rasulullohning Makkadagi Masjidi Haromdan
Baytulmuqaddasga bir kechada borib kelishlari Isro deb, shu kuni kechasi osmonga
chiqib, ruhiy olam bilan tanishib qaytganlari esa Me’roj deb ataladi. Ahli sunnatlar —
e’tiqod va amallarida payg'ambarning sunnatiga va sahobalarning yo‘liga ergashuvchilar
ham to‘rt choharyor — Abu Bakr, Umar, Usmon, Alini qonuniy xalifa deb e’tirof etganlar
— sarvari olam Me’rojga jisman chiqib tushganlar deb hisoblashadi. Oisha roziyalloxu
anhu rasulullohning Ollohni ko‘rganliklarini inkor etadi. U: "Kimki payg‘ambar xudo bilan
ko‘rishgan desa, gunohkor, bo‘htonchi bo‘ladi", deydi.
Isro voqeasi Qur’ondagi Isro surasiniig 1-oyatida bunday bayon etilgan: "Bandasiga
o‘z qudratining nishonalarini namoyon etish uchun uni bir kechada Masjidi haromdan
tevarak-atrofi barokatli Masjidi Aqsoga olib borgan Olloh pokdir. U hamma narsani
ko‘rib, bilib turguvchi zotdir". Me’roj voqeasi "Sahihul Buxoriy" va "Sahihul Muslim"
kitoblarida haqqoniy bayon etilgan. Qozi Iyoz ham o‘zining "Shifo" asarida bu haqda
alohida to‘xtalib o‘tgan. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinishicha, rasululloh Me’roj
voqeasini shunday bayon etganlar: "Menga eshakdan kattaroq, xachirdan kichikroq
qadami ildam bir duldul keltirildi. Uni minib Baytullohga bordim. Duldulni
payg‘ambarlarning ulovlari turadigan joyga bog‘lab, masjidda ikki rakaat nomoz o‘qib
chiqdim. Jabroil menga bir idishda may bilan ikkinchi idishda sut keltirdi. Men sutni
tanladim. "Tabiiy narsani topding", dedi Jabroil. Shundan keyin osmonga ko‘tarildik.
Jabroil osmonning ochilishini talab qildi. Shu payt: "Kimsan?" degan ovoz eshitildi.
Jabroil o‘zini tanitdi. "Yoningda kim bor?" deb so‘radi boyagi ovoz. "Muhammad bor",
dedi Jabroil. "Unga payg‘ambarlik keldimi?" dedi ovoz. "Ha", dedi Jabroil. Shundan
keyingina osmonning qopqalari ochildi. U yerda men Odam alayhis-salomni ko‘rdim. U
zoti muborak menga peshvoz chiqib, yaxshilik tiladilar. Undan keyin ikkinchi osmonga
ko‘tarildik. Bu yerda ham avvalgi savol-javoblar takrorlanib ko‘kning darvozalari ochildi.
Bu yerda Yahyo bilan Isoni uchratdim. Ular ham menga peshvoz chiqib, yaxshiliklar
tilashdi. Uchinchi osmonga ham shu tahlid chiqdik va bu ma’voda jam’i go‘zallikning
yarmi ato etilgan Yusufni ko‘rdim. U ham menga peshvoz chiqib, yaxshilik tiladi.
To‘rtinchi osmonda Olloh taolo Maryam surasining 58-oyatida: "Idrisni yuqori darajaga
ko‘tardik", deya e’tirof etgan Idris bilan yuz ko‘rishdik. Beshinchi osmonda Horun bilan,
oltinchi osmonda Muso bilan uchrashdim. Ular ham menga peshvoz chiqib, yaxshilik tilab
qolishdi. Yettinchi osmonda Baytulma’murga suyanib o‘tirgan Ibrohimni ko‘rdim.
Baytulma’murga har kuni etmish ming farishta kirib chiqar, bir marta tashrif
buyurganlariga qaytib kelish navbati tegmas ekan. Keyin Sidratulmuntiho daraxtini
ko‘rgani bordik. Uning yaproqlari filning qulog‘idek, mevalari qovoqdek kelar ekan.
Robbimning amriga binoan bu daraxt o‘zgarib, tovlanib turardi. Uning ta’rif-tavsifiga
barcha maxluqlar qatori odam ham ojiz. Olloh taolo menga ba’zi ishlarni vahiy qilib, bir
kecha-kunduzda ellik marta namoz o‘qishni buyurdi. Men Musoning yoniga kelganimda
u: "Robbing ummatingga nimalarni farz qildi?" deb so‘radi. Men ellik marta namoz
o‘qishni buyurganini aytdim. "Izingga qaytib, robbingdan ibodatni yengillatishini o‘tin,
ummatingning bunga toqati yetmaydi. Sendan avval men bani Isroilni sinab
ko‘rganman", dedi. Men darrov izimga qaytib: "Ey robbim, ummatimga yengillik ber",
deb yolbordim. U namozning besh mahalini qisqartirdi. Musoning yoniga kelib voqeani
bayon etdim. U yuqoriga chiqib, yana yengillik so‘rashni maslahat berdi. Shu zayil
robbim bilan Musoning o‘rtasida zir qatnadim. Toki parvardigorim: "Ey Muhammad, bir
kecha-kunduzda besh mahal namozni farz qildim. Har bir namozga o‘n mahalning, besh
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |