Microsoft Word nurul yaqin ziyouz com doc



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/270
Sana30.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#197178
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   270
Bog'liq
Muhammad Xuzariy. Nurul-yaqin

IKKINCHI AQOBA BAY’ATI 
 
Birinchi Aqoba bay’atidan keyin ikki yil o‘tgach, haj ibodatiga yasribliklardan juda ko‘p 
odam keldi. Ularning orasida mushriklari ham bor edi. Rasululloh yasribliklarning 
vakillari bilan ko‘rishib, kechasi Aqobada uchrashishga kelishdilar; va’dalashilgan paytda 
uxlayotganlarni uyg‘otmaslikni, vaqtida yetib kelmaganlarni kutmaslikni tayinladilar, 
chunki bu ishlar qurayshlardan pinhon olib borilar, agar ular sezib qolishsa, halal 
berishga, g‘alva chiqarishga urinishlari turgan gap edi. 
Ansorlar haj ibodatini tugatgach, yarim kechasi o‘z oralaridagi mushriklardan 
yashirincha va’dalashilgan joyga kelishdi. Ular yetmish uch kishi bo‘lib, oltmish ikkitasi 
Xazraj, o‘n biri Avs qabilasidan edi. Bularning orasida ikki ayol kishi — Najjor 
jamoasidan Ka’bning qizi Nusayba, Salama jamoasidan Amrning qizi Asmo ham bor edi. 
Rasululloh ansorlar bilan aytilgan vaqtda shartlashilgan joyda uchrashdilar. U kishi bilan 
hali musulmon bo‘lmagan amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib birga keldi. U rasululloh 
bilan yasribliklar o‘rtasidagi ahdu paymonni mustahkamlash uchun qarindosh-urug‘lari 


Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
payg‘ambar alayhis-salomni himoya qilajaklarini, g‘animlari u kishiga biron shikast 
etkazishga yo‘l qo‘ymasliklarini, bu yo‘lda har qanday qiyinchilikka tayyor ekanliklarini 
bildirib qo‘ygani kelgan edi. "Agar sizlar payg‘ambarga bergan va’danglarda turib 
dushmanlardan himoya qilolsanglar, yurtingizga borsin, agar bu ishning uddasidan 
chiqolmasanglar o‘z urug‘-aymog‘i bilan yashayvergani tuzuk", dedi Abbos. Ansorlarning 
boshlig‘i Baro ibn Ma’rur hammaning nomidan: "Xudo haqqi, va’damizga vafo qilamiz, 
rasululloh uchun jonimiz fido", deya va’da berdi. Yasribliklar rasulullohdan: "Robbing 
uchun, o‘zing uchun qo‘yadigan qanday shartlaring bor?" deb so‘rashdi. "Robbim uchun 
qo‘yadigan shartim shuki, sherik keltirmay yolg‘iz Ollohga ibodat qilasizlar, — dedilar 
payg‘ambar alayhis-salom. — O’zim uchun qo‘yadigan shartim shuki, sizlar tomonga 
borganimda meni xuddi o‘z ayolingiz va bolalaringizdek himoya qilasizlar". Abul Haysan 
ibn Tayhon o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, biz yahudiylar bilan shartnomalarimizni buzib 
sen tomonga o‘tamiz. Qo‘ling baland kelib g‘alabaga erishsang darrov bizni tashlab, 
Makkadagi qavm-qarindoshing yeniga ketib qolmaysanmi?" deb so‘radi. "Qonga qon, 
jonga jon", dedilar rasululloh kulimsirab. Shundan keyin qasamyod boshlandi. Bu tarixan 
ikkinchi Aqoba bay’ati deb ataladi. 
Odamlar payg‘ambar alayhis-salomning talablariga binoan bir-birlab qasamyod 
qilishdi. Bu sharafli ishni birinchi bo‘lib As’ad ibn Zurora ado etdi. Shundan so‘ng o‘n ikki 
kishi — Xazraj qabilasidan to‘qqiz, Avs qabilasidan uch kishi — ularga boshliq etib 
saylandi. Bular Abul Haysan ibn Tayhon, As’ad ibn Zurora, Usayid ibn Xuzayir, Baro ibn 
Ma’rur, Rofi’ ibn Molik, Sa’d ibn Abi Xaysama, Sa’d ibn Robi’, ibn Uboda, Abdulloh ibn 
Ravoha, Abdulloh ibn Amr, Uboda ibn Somit, Munzir ibn Amr edilar. Rasululloh ularga: 
"Isoning yordamchilari unga kafil bo‘lishgandek sizlar ham o‘z qavminglarga, men ham 
qavmimga kafilman", dedilar. Mushriklar bu bay’atdan xabar topib, yasribliklar tushgan 
joyga kelib: "Muhammadni Makkaddan olib ketmoqchimisizlar? U bilan shartnoma tuzib, 
biz bilan urushmoqchimisizlar?" deyishdi. Yasribliklar bu gapni rad etishdi. Bay’atdan 
bexabar mushriklar ham kechasi hech qanday hodisa yuz bermaganini tasdiqlashdi. 
Mushriklar ko‘zlagan maqsadiga erisholmay noiloj iziga qaytishga majbur bo‘lishdi. 
 
 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish