uchun mardlarcha halok boʻlgan deb yurardi. Afsuski, oʻgʻli vatan oldidagi
burchini tashlab jonini saqlash uchun xor boʻlib, qochib yurganini koʻrgan ota
undan qattiq nafratlana boshlaydi. Uning tilab olgan yolgʻizgina oʻgʻli toʻrt oydan
beri yolgʻiz toʻqayda yashayverib, odam sifatidan bir jirkanch yirtqich qiyofasiga
kirib qolgan edi. U oʻgʻilidan koʻp narsalarni kutagan edi, u boshqalar qatori
Саид Аҳмад. “Уфқ” трилогия. – T.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1976. 465-б.
55
oʻgʻlidan faxrlanishni, keksayganda unga suyanishni istardi. Lekin Tursunboy
vataniga, oʻz ota-onasiga xoinlik qildi. Buni Ikromjon hech qachon kechira
olmasdi. U oʻgʻlini alamidan urib ham xumoridan chiqmaydi. Ikromjonning
Tursunboyga qarata aytgan quyidagi gaplari hozirgi kunda ham vatanini, oilasini
sotib yurgan noqobil va manfur ysohlarga ham ta’luqlidir: “Onaga vafo qilmagan
bola, kimga vafo qiladi! Yurt ishiga yaramagan bola, qay ishga yaraydi! Ikromjon
unga qarab qahr gʻazab bilan qichqiradi: - Xoin! Qochoq! Nomard! Hezalak! Iflos!
It! Tur oʻrningdan!”
60
Ikromjon oʻgʻlini qishloqqa olib bormoqchi boʻladi. Uning
jazosini yurt berishini xohlaydi. Ammo jonidan boshqa narsani oʻylamaydigan
Tursunboy otasini qoʻlidan chiqib, qochib ketadi. Ikromjon jahl bilan unga qarata
oʻq otadi. Lekin oʻq tegmaydi. Ikromjon oʻgʻlining jazosini berish, uni oʻldirish
uchun nomus kuchidan oʻq uzadi. Shu joyda Sayid Ahmad oʻzbek otalariga xos
xarakterni ikki dona soʻz bilan ochib beradi: “Xayriyat, tegmabdi…” Bu ikki
soʻzdan Ikromjonning jahl ustida oʻldirmoqchi boʻlganini, lekin oʻldirishni
xohlamaganini bilib olish mumkin. Ammo Ikromjonning bu harakatini
farzandkushlik harakati deyishimiz mumkin. Buning ustiga, u Tursunboyni
koʻnglida oʻldirib boʻlgandi. Qabri esa qalbining tubida doʻppayib turardi.
Koʻrinib turganidek, jahon adabiyotida ham oʻzbek adabiyotida ham oʻz
farzandini oʻldirgan farzandkush obrazlari, ularning ichki kechinmalari ham bir-
biridan zamon va makon, maqsad va omillar yuzasidan farq qiladi. Jahon
adabiyotida biror maqsad yoki farzandining xatosi uchun ongli ravishda ota
farzandini oʻldirgan boʻlsa, oʻzbek adabiyotida atayin farzandining joniga qasd
qilish hollari deyarli uchramaydi. Adabiyotdagi bu holat mentalitet va milliylikka
borib taqaladi. Oʻzbek adabiyoti islom dini negizida shakllanganligi uchun oilaviy
munosabatlar muqaddas hisoblanadi.Ota kechirimli va farzandining xatolarida
oʻzini koʻproq aybdor deb hisoblaydi.
60
Саид Аҳмад. “Уфқ” трилогия. – T.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1976. 466-б.