vatanim menga kerakmas, dedi Andriy boshini silkib va terakdek qaddini rostlab, -
Bunday boʻlsa, agar gap shu boʻlsa, bundan buyon mening hech kimim yoʻq!” (264)
Andriy goʻzallik oldida ojiz qoladi. Kazaklarga xos boʻlmagan tarzda otasidan,
yaqinlaridan, ayniqsa, vatanidan voz kechadi. Andriyni dushmanga asir tushgan
deb oʻylab yurgan Taras Bulba xizmatkori Yankeldan uni dushman tarafga oʻtib
ketganligini, u otasidan, akasi va yaqinlaridan voz kechganligini, ularga qarshi
urushmoqchi ekanligini eshitgach, avvaliga, ishonmaydi. Chunki kazaklarda
bunday holat boʻlmagan edi. Keyin Andriyning qizlarga suyagi yoʻqligini, kechasi
bir ayol bilan koʻrganini eslab, uning gaplariga ishonadi. Shundan keyin Bulba
Andriyga oʻgʻil sifatida emas, dushman sifatida qaray boshlaydi. Janglarning birida
dushman askarlariga bosh boʻlib jangga kirgan Andriyni koʻrgan Bulba
yonidagilarga uni oʻzi yashirinib turgan joyga boshlab kelishlarini aytadi. Andriy
kazaklarni quvlab kelganda qarshisida Taras bulba paydo boʻladi:
57
Гогол Н.В. “Тарас Булба”, - Т.: Ёш гвардия, 1976. (Keyingi misollar shu nashrdan olinib sahifasi
ko’rsatiladi)
53
-
Qalaysan oʻgʻlim, Lyaxlaring joningga oro kirdimi? – Andriydan sado
chiqmadi.
-
Shunday
ham
xiyonat
boʻladimi!
Diningni
sotding-a!
Oʻz
qardoshlaringni sotding-a! Qani, otadan tush!
Yosh boladay boʻysunib otdan tushdi, otasi oldiga kelib jim turdi.
-
Qimir etmasdan jim tur! Seni dunyoga keltirgan ham oʻzim edim, endi
oʻldiruvchi ham oʻzim boʻlay! – dedi Taras. (293)
Andriy qanday ish qilib qoʻyganini, vataniga va diniga xoinlik qilishning
qanchalar ogʻir gunoh ekanligini butun umrini dini va vatanining himoyasiga
bagʻishlagan otasi – Taras Bulbaning qarshisida anglab yetdi. U otasini yaxshi
bilardi. Bu ishi uchun otasidan oʻlim jazosini olishni ham bilib turardi, ammo u
qarshilik ham koʻrsatmaydi, qochib ham ketmaydi. Lekin ohirgi aytgan soʻzi
malikasining nomi boʻladi. Taras yelkasidagi miltiqni olib oʻgʻlini otib oʻldiradi.
Ota oʻz qoʻli bilan zurriyotini yoʻq qiladi. Oʻgʻlini oʻldirgandan keyingi Taras
Bulbaning soʻzlariga e’tibor qaratamiz: “ – Kazaklikka qayeri kam edi? Qaddi
baland, qoshlari qalam, yuzida kiborlik, qoʻli jangda mahkam edi! Esiz yigit-a!
Yaramas itdek xor boʻlib oʻldi! – dedi Taras”. (293) Yuqorida biz Taras Andriyni
oʻgʻil emas, dushman hisoblay boshlaganligini aytgan edik. Uning “Esiz yigit-a!”
degan soʻzlari gapimizni isbotlaydi. Taras oʻgʻli uchun achinmaydi. U bir mard
kazakning oʻlimiga achinadi, xolos.
Tarasning burchi, asarda koʻp takrorlanganidek, vatanini, dinini himoya
qilish edi. U bu yoʻlda oʻgʻillarini ham mudhish bir qimorda dovga tikkan edi.
Taras bu bilan ham toʻxtamaydi. U oʻz farzandini oʻldirishday mudxish va ayanchli
bu voqea unga hech bir ta’sir qilmaydi – darhol otlanib, yana qirgʻinbarot ichiga
kirib ketaveradi. Fikrimizning yakunida Katta Sovet qomusidagi “Gogol”
maqolasida yozilgan ushbu soʻzlarni keltirib oʻtmoqchiman: “Taras Bulba obrazida
xalqning qahramon oʻgʻillariga xos boʻlgan eng yaxshi hislatlar – ularning vatanga,
birodarlariga sodiqligi, mardlik, vatan dushmanlariga nafrati, cheksiz jasurligi va
joʻmardligi aks etgan. Taras mazlumlarning daxshatli qasoskori, haq ish uchun
kurashning dono va tajribali rahbari sifatida koʻrsatiladi. U oʻgʻli Andriyning eng
54
ogʻir jinoyati – vatanga xiyonati uchun sira ham ikkilanmasdan qatl etadi. Bu yerda
ham uning uchun umumiy ish, vatan oldidagi burch tuygʻusi shaxsiy hissiyotlar,
qondoshlikdan yuqori qoʻyiladi”.
58
Farzandlarning vatanga, oʻz oilasiga nisbatan qilgan xoinliklari oʻzbek
adabiyotida ham turli koʻrinishlarda oʻz ifodasini topgan. Yuqoridagi biz koʻrgan
“Taras Bulba” qissasidagi gʻoya, ya’ni xoin farzand va u bilan vatanparvar otaning
oʻzaro toʻqnashuvi oʻzbek adabiyoti namunalaridan Said Ahmadning “Ufq”
trilogiyasida ham aks etadi. “ufq” trilogiyasining uchinchi, ya’ni “Hijron kunlarida”
qismida vatani, oilasi uchun frontga ketib, qirgʻinbarot janglarning birida
qahramonlik koʻrsatib, bir oyogʻidan ayrilgan Ikromjon va uning urushdan qochib,
vatan xoiniga aylangan oʻgʻli Tursunboy obrazlarining taqdiri yuqori oʻringa
chiqadi.
Tursinboy yoshligidan erka oʻsganligi uchun frontdagi qiyinchiliklarga dosh
berolmay qochoqqa aylanadi va qishlogʻiga yaqin joydagi toʻqayzorda yashay
boshlaydi. Jannat xola esa oʻgʻlini koʻrib qolib, unga ovqatlar olib kelib turadi.
Tursunboy toʻqayda yashayverib yovvoyilashib ketadi. U onasi oʻlganini bilib ham
toʻqaydan chiqmaydi. U onasidan ayrilib qolgani uchun emas, endi unga ovqat olib
keladigan odam yoʻqligi uchun oʻkinadi. Kunlarning birida Ikromjon toʻqayzorda
aylanib yurganida oʻgʻlini koʻrib qoladi. Ikromjonning oʻgʻlini koʻrib uni jon
holatda quchoqlab, yuz koʻzlaridan oʻpishidan uning oʻzbeklarga xos otalik
mehrini koʻramiz: “Tursun, Tursunboy, bolam! – dedi jonholatda Ikromjon.
Do'stlaringiz bilan baham: |