Toju taxtga jazmanliging shunchalik zoʻrmi?
Senga asli ogʻir jazo bermoq kerakdi.
Ne qilayki, oʻz pushtimdan kelgan farzandsan.
Ota mehri ushlab turar jazoning dastin.
42
Lekin Abdulatif otasini tushunmaydi. Taxtni qoʻlga kiritish uchun otasining
dushmanlari bilan til biriktirib Ulugʻbekka qarshi isyon koʻtaradi. Ota va oʻgʻil
oʻrtasida qattiq jang boʻlib oʻtadi.
Abdulatif kela solib hamla qilganda
Sulton oʻqni unga qarab moʻljalladi-yu,
Ammo yana bir zum oʻylab oʻqin uzmadi.
“Shum zurriyod” deb oʻqin sanchdi tuproqqa.
Sal qolgandi halokatga. Ilgʻorlar arang
Yovni toʻsib, shahriyorni chiqardi jangdan.
43
Ulugʻbek oʻgʻli isyonchiga aylanib, unga qilich koʻtarib kelsa ham oʻgʻlini
oʻldirishga qoʻli bormaydi. Abdulatifda esa otasiga boʻlgan nafrat, mansabga
boʻlgan oʻchlik shu darajada ediki, otasining jonini olish payidan boʻladi. Farzand
unga borini, mehrini bergan, barcha qilmishlarini kechirib kelgan, oʻzini dunyoga
keltirgan otasini oʻldirishdan tap tortmaydi. Ota esa yoshlikdagi shoʻxliklari, keyin
esa ogʻir qilmishlari bilan bezor qilgan, hozir esa davlatiga, otasiga isyon koʻtargan
oʻgʻilni oʻldirishga oʻylanadi. Abdulatif jangda gʻalaba qozona olmagandan soʻng,
Samarqandni qamal qilib, otasidan taxtni oʻz ixtiyori bilan topshirishni, buning
evaziga shartlarini qabul qilishni aytadi. Ulugʻbek ilojsiz rozi boʻladi. Oʻzi esa
safarga ketishni, unga toʻsqinlik qilmasliklarini soʻraydi. Ulugʻbekning shartlarini
Ollohning nomi bilan qabul qilgan Abdulatif “sobiq sulton va sobiq ota”sining
ortidan suiqasd uyushtiradi. Xizmatchisi Abbosga otasini oʻldirish uchun oʻz
xanjarini beradi.
42
Мақсуд Шайхзода. “Мирзо Улуғбек”, - Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъати нашриёти, 1972-
йил.272 б.
43
Ўша манба.
40
Bu hukmni shafqat qilmay ijro etgaysan,
Men ularning orqasidan chopar yuborib,
Bir vaj bilan pastqam joyda toʻxtattiraman.
Sen hukmni bemurosa amalga oshir.
Joʻnab borgin! Mana senga xanjari shoshiy.
44
Taxtni egallaganiga qanoat qilmagan Abdulatif otasidan biryoʻla qutulishni
istaydi. Chunki u taxtdan ayrilib qolishim mumkin degan havotirga tusha
boshlagan edi. Abbos Abdulatifning buyrugʻini bajarib, u bergan xanjar bilan
Ulugʻbekning koʻksiga xanjar uradi Ulugʻbekni oʻldirgan bu xanjarda padarkush
Abdulatifning ismi yozilgan edi. Padarkush Abdulatif esa taxtni olti oygina
boshqara olgani va ayanchli oʻlim topgani haqida tarix guvohlik beradi.
Yuqorida biz ikki xil padarkush obrazlarining guvohi boʻldik. Shekispir va
M. Shayxzoda bir davrda ijod qilmagan boʻlsalar-da, ularning asarlari, “Qirol Lir”
va “Mirzo Ulugʻbek” tragediyalarida bir-biriga yaqin davr voqealari aks etgan.
Ikkala asarda ham mamlakat tanazzuli aks etgan boʻlib, bunga asosiy sabab qilib,
odamlarning shon-shuhrat va manfaatparastlikka berilib ketayotganligi, oilaviy
munosabatlarning yemirilishi koʻrsatiladi. Padarkush obrazlaridan biri Edmund
otasiga nisbatan bunday riyokorlik va xoinlik qilishiga uning nikohsiz tugʻilganligi
sabab qilib koʻrsatilsa, Abdulatifning otasini oʻlimga tab tortmay hukm qilishiga
uning xudbinligi, taxtparstligi va, ayniqsa atrofidagi odamlarning ta’siri sabab
boʻlganini koʻrishimiz mumkin.
Yana shunga oʻxshash gʻoya va motiv aks etgan padarkush obrazlari oʻzbek
adabiyotidagi Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” tarixiy romanidagi Salim,
Muhammad Alining “Tangri qudugʻi” romanidagi Habashsulton va Elbarslon
obrazlarida ham yorqin ifodasini topadi. Undagi noqobil farzandlar ham jazosini
oladi.
Yuqoridagi tahlilimizdan shu xulosa keladiki, “Mamlakatni inqirozga olib
keladigan dahshatli kuch bu oʻzaro ichki kurashdir. Ayniqsa, bola otaga, aka
44
Ўша манба.
41
ukaga, jiyan amakiga qurol koʻtarsa, buni Alloh ham, bandasi ham
kechirmaydi, bunday kimsalar yer yuzida yashashga nomunosibdirlar”.
45
Padarkush obrazi haqida gap ketganda, avvalo, bizning xayolimizga jadid
adabiyoti namoyondalaridan Mahmudxoʻja Behbudiyning “Padarkush” dramasi
keladi. Bu asarda ota va bola ortasidagi noxush munosabat tasviri orqali oqibati
daxshatli fojea bilan tuggallangan muhim ijtimoiy-siyosiy muammo koʻtarilgan.
“
Asarda jaholat va nodonlik, oʻqimagan oʻgʻil Toshmurodning buzuq yoʻllarga
kirib, oʻz otasining oʻlimiga sababchi boʻlganligini hikoya qilish orqali
dramaturg Mahmudxoʻja Behbudiy Turkiston oʻlkasining inqirozga yuz
tutayotganligini badiiy obrazlar misolida koʻrsatib beradi”
46
. Asarda
Toshmurodning yomon odamlarga qoʻshilib, buzuq yoʻllarga kirib ketganligiga
otasining oʻz farzandining taqdiriga, uning tarbiyasiga loqayd boʻlganligi boyning
domla bilan suhbatida aks etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |