doim ham toʻgʻri kelavermaydi. Ota-bobolar oʻz farzandlarining faoliyatidan doim
44
ham qoniqavermagan. Oʻz navbatida, yangicha qarashlar, yangicha xarakter bilan
unib-oʻsgan yoshlarning ham ota-bobolari bilan murosasi kelishmagan. Buyuk
Britaniyaning tarixiy-etnografik muzeyida saqlanayotgan, bundan olti ming yil
muqaddam yozilgan yodgorlikda aytilishicha, “Hozirgi yoshlar ota-bobolaridek
emas, ular axloqsiz, hayot qadrini bilmaydilar”
50
Biz yuqorda bolaning otaga
boʻlgan salbiy munosabatlari misolida davr fojeasining guvohi boʻldik. Endi esa
otalarning farzandlariga boʻlgan munosabatlari va otalarning farzandlari ustidan
chiqargan hukmlari toʻgʻrisida soʻz yuritamiz. Har bir millat adabiyotida bu
munosabat ularning oʻz mentaliteti va milliy dunyoqarashidan kelib chiqqan holda
namoyon boʻladi.
Badiy adabiyotda oʻz farzandiga mehr ulashadigan, uning baxtu-kamolini
istaydigan, farzadiga xatto sovuq shamolni ham ravo koʻrmaydigan namunali
otalar bilan bir qatorda, farzandini oʻz qoʻli bilan oʻldirgan salbiy otalar obrazi ham
oʻz ifodasini topadi. Nima uchun ota oʻz pushti kamaridan boʻlgan farzandini
oʻldiradi? Nahotki, farzandini yaxshi koʻrmaydigan, uning oʻlimini xohlaydigan
otalar ham boʻlsa? Ular qanday qilib farzandining kushandasiga aylandilar, ularni
nima majbur qildi? Bu savollarga quyidagi badiiy asarlar tahlili misolida javob
topishga harakat qilib koʻramiz.
Farzandkushlikning eng qadimgi namunalari antik davr adabiyotida,
Yevripitning “Medeya” tragediyasida uchraydi. Yasonning turmush oʻrtogʻI
Medeya uning Glavkaga uylanboqchi boʻlganini unga qilingan qattiq xaqorat deb
biladi. Yasonni qattiq sevishiga qaramay undagi intiqom olish tuygʻusi yasonni
tovbasiga tayantirish maqsadidan qaytara olmaydi. Medeya Glavka va uning
otasini oʻldirib ham koʻngli joyiga tushmaydi. Uning maqsadi Yasonni yana ham
kuchliroq iztirob chekishga majbur qilish edi. U bu maqsadda oʻzining ikki oʻgʻlini
ham oʻz qoʻllari bilan oʻldiradi. Medeyada rashk va intiqom alangasi farzandlariga
boʻlgan muhabbatidan ham kuchliroq edi.
50
“Туркистон” газетаси. 2004 йил 19 январь.
45
Bu asarda, asosan, rashk va qasosning qanday fojealarga olib kelishi, bu
tuygʻular va ota onalarning xatolari sabab begunoh norasidalarning ham nobud
boʻlishiga urgʻu beriladi.
Farzandkush obrazining Sharq adabiyotidagi ilk namunasi Firdavsiyning
“Shohnoma” dostonida uchraydi. Unda Eron va Turon zaminlari oʻrtasida qattiq
urush ketadi. Janglarning birida qahramonliklari bilan tanilgan Rustamxon va
Uning oʻgʻli Suhrob oʻrtasida jang boʻlib oʻtadi. Bir-birlari bilan ota-bola
ekanliklarini bilmagan ikki pahlavon ayovsiz kurash olib boradilar. Va nihoyat,
Rustamxon ayyorlik ishlatib Suhrobni magʻlub etadi. Suhrob esa oʻlimidan oldin
otasi u uchun qasos olishini aytadi. Suhrobning gaplaridan Rustamxon uning otasi
ekanligini anglaydi. Afsuski, kech boʻlgan edi. Oʻgʻlini oʻz qoʻllari bilan oʻldirgan
Rustamxon qattiq iztirob chekadi.
Endi esa farzandkush obrazlari asos qilib olingan, ota va bola munosabatlari
asosiy oʻringa chiqarilgan asarlar tahliliga toʻxtalamiz. Ularning bu holatga tushiib
qolishlariga sababchi boʻlgan omillarni tahlil qilamiz.
Farzandkush obrazining yorqin namunasi jahon adabiyoti namunalaridan
fransuz yozuvchisi Prosper Merimening “Matteo Falkone” hikoyasida aks etadi.
Hikoyadagi voqea Korsika orolida boʻlib oʻtadi. Hikoya qahramoni Matteo Falkone
kuchli, qudratli va magʻrur inson edi. Asarda u haqiqiy korsikalik, kuchli
xarakterga ega nomusli inson deb ta’riflanadi. Uning oʻgʻli Fortunato esa oilasining
yagona umidi hisoblanadi. Matteo xotini bilan mollaridan xabar olish uchun
makiga ketgan kunlarning birida endigina oʻn yoshga kirgan oʻgʻli politsiya
tomonidan yaralanib, ta’qib qilinayotgan jinoyatchini uyidagi somon ichiga
yashiradi. Undan politsiyachilar jinoyatchini soʻraganlarida, bola xotirjamlik bilan
koʻrmaganligini aytadi. Fortunato qoʻrqmasdan dadil javob berganligi uchun unga
avval ishonishadi, lekin ayyor politsiyachi undan gap olmoqchi boʻlib, tilla soatini
koʻrsatadi. Agar jinoyatchini qayerdaligini aytsa, unga oʻsha soatni bermoqchi
boʻladi. Bola rozi boʻlib, qochoq yashiringan joyni koʻrsatadi. Shu voqea ustiga
kelgan Matteo Falkone oʻgʻlining qilgan ishidan xabar topadi. Va qattiq jahli jiqadi.
46
Ayniqsa, mahbusning “bu uy xoinlar uyi” degan gapi Matteoga qattiq ta’sir qiladi.
Politsiyachilar mahbusni olib ketganlaridan soʻng, oʻgʻlining bitta soat uchun
sotqinlik qilganini bilgan ota Fortunatoning kechirim soʻrashiga ham qaramay
ovloq joyda otib oʻldiradi.
Matteoning Korsikadagi obroʻli kishi ekanligi, undan hatto hukumat
odamlari ham hadiksirashini Fortunato bilan Politsiyachining suhbatidan bilib olish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: