Tuproqning tozaligini ko‗rsatuvchi gigiyenik va sanitariya
ko‗rsatkichlari (Sh. Otaboyev, 2007)
Тuproq
0,25 m
2
tuproqda
pashshalar-
ning lichinkasi
1 kg
tuproqdagi
galmintlar
miqdori
K olititr
Anaeroblar
titri
Sanita-
riya
raqami
Тoza
0
0
1 va undan
yuqori
0,1 va undan
yuqori
0,8– 1,0
K am
ifloslangan
10 gacha
1,0– 0,01
va yuqori
1,0– 0,001
va yuqori
0,85– 0,98
I floslangan
10- 25
11 dan
100 gacha
0,01– 0,001
0,001
0,0001
0,70– 0,80
O‘ta
ifloslangan
25
100
0,001 va
undan past
0,0001 va
undan past
0,7 va
undan
past
186
Tuproqning noorganik moddalari, asosan kristalli silisiylik tuproqlardan
yoki kvarsdan iborat bo‗lib, ular 60–80% tashkil qiladi. Tuproqning mineral
qismi, asosan alumosilikatdan iborat bo‗lib, ular dala shpati, xlorid, shaffof
minerallar va boshqalardan tashkil topgan. Tuproqning asosiy tarkibiy qismi ona
jinsga (poroda) juda bog‗liq, qolganlarini insonning o‗zi faoliyati bilan
o‗zgartirib yubormoqda.
Tuproq tarkibida alumosilikatlardan va silisiy tuproqlaridan tashqari,
Mendeleyev
davriy
sistemasidagi
hamma
elementlar
uchraydi.
Mikroelementlarning juda ko‗pchiligi insonning, hayvonlarning qonida,
fermentlar, garmonlar tarkibida, suyakda, jigarda, taloq, buyrak va boshqa
to‗qimalarda uchraydi. O‗simliklarni mahsulotlarida, to‗qimalarida, barglarida
organik moddalar bilan birikmalar holida uchraydi va tarkib topadi. Ular: temir,
ftor, yod, mis, rux, selen, qo‗rg‗oshin, margans, osh tuzi, molibden, bor, stronsiy
va boshqalar. Dunyoviy modda almashinish sharoitida tirik jonlar tarkibidagi
makro va mikroelementlar oxir pirovardida tuproqqa, tuproqdan yana qayta
organ va sistemalarga o‗tadi. Bu jarayonda quyoshning nuri, harorati, namlik va
boshqa biologik, biokimyo, kimyoviy, fizikaviy omillar katta ahamiyat kasb
etadi.
Tuproq iqlim ta‘sirida, insoniyatning antropogen faoliyati ta‘sirida juda
qiyin ahvolga tushib qoldi, u tobora shiddatli ravishda ifloslanmoqda,
zararlanmoqda, eroziyaga uchramoqda. Tuproq insoniyatning ma‘naviy
qashshoqligidan ezilmokda va ma‘lum darajada insondan qasdini olmoqda,
ya‘ni hosildorligi kamaymoqda, sho‗rlanmoqda, ko‗chmoqda va hokazolar.
Agar biosfera elementlarini o‗zaro bir-birlariga bog‗langanliklarini, bir-
birlariga o‗zaro ta‘sir ko‗rsatib turishlarini ko‗z o‗ngimizga keltirib, biroz
bo‗lsada o‗ylab ko‗rsak, inson o‗zining ehtiyojini qondirish maqsadida
o‗ylamasdan qilayotgan ishlari oxir pirovardida uning o‗ziga zarba berishi aniq.
Chunki, tuproqni vaxshiylarcha ifloslantirish o‗z-o‗zidan zanjirli reaksiyalarni
boshlab yuboradi, ya‘ni bu ifloslanish o‗simlik va hayvonot, mikroblar
187
dunyosiga salbiy ta‘sirini ko‗rsatadi, u atmosferani, suv havzalarini
ifloslantiruvchi ikkinchi asosiy obyektga aylanib qoladi, oxir oqibatda bunday
zanjirli reaksiyadan, agar bu ifloslanishlarning oldi olinmasa, insonning o‗zi
azobga qoladi.
Tuproq biosferada kechayotgan modda almashinish jarayonlarida eng aktiv
qatnashayotgan bu jarayonning, o‗zini ichiga olgan qismidir. Bu jarayon
oqibatida suvdagi, o‗simliklar, havo tarkibidagi elementlar bevosita bir
obyektdan ikkinchisiga o‗taveradi, o‗z ta‘sirini ko‗rsataveradi. Insonning
antropogen faoliyati natijasida biosfera qiyin ahvolga tushib qoldi. Sababi, butun
dunyodagi aholining demografik o‗sishi, uni ovqatga bo‗lgan ehtiyojini
qondirish maqsadida texnika rivojidan foydalanish tuproqning oziq-ovqat
mahsulotlari yetishtirib berish imkoniyati borgan sari pasayib borishiga olib
bormoqda tuproqning eroziyasi, sho‗rlanib borish, gumus moddasining kamayib
ketishi agrotexnika yutuqlaridan oqilona foydalanmaslik shunday salbiy
oqibatlarga olib keldi.
Bulardan tashqari, tuproqning ifloslanishi turli kasalliklarning aholi
o‗rtasida tarqalish mexanizmida katta rol o‗ynamoqda.
Tuproqning, gigiyenik va ekologik nuqtayi nazaridan qaraganda, o‗ziga xos
tomonlari bor. Ya‘ni, tabiatning boshqa obyektlariga qaraganda (suv, havo) kam
harakatli, shu sababli unga o‗zini-o‗zi tabiiy tozalash jarayoni ularga qaraganda
ancha kuchsiz. Insonning antropogen faoliyati oqibatida tuproqning tanasiga
tashlanayotgan axlat va turli chiqindilar ayniqsa, tashqi muhit ta‘siriga
chidamlilari yig‗ilib boraveradi. Zararli omillar uning qariga shimilib pastki
chuqur qavatlargacha yetib boradi, yer osti suvlarini, ayniqsa, quduq suvlarini
ifloslantirib, kasalliklar tarqatishiga imkon tug‗iladi. Iflos, zararli omillar
yig‗ilib, bir-birlarini kuchini oshirishga, boshqa moddalarni, zaharligi kuchliroq
bo‗lgan moddalarni sintezlanishi imkoniyati tug‗iladi (24-jadval).
24- jadval
188
Do'stlaringiz bilan baham: |