Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Ayrim tuproqlar tarkibidagi qo‗rg‗oshin miqdori



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Ayrim tuproqlar tarkibidagi qo‗rg‗oshin miqdori 
 
Fosforli  o‗g‗itlar  o‗z  tarkibidagi  turli  miqdorda  rux  tutadi.  Avstraliyada 
tayyorlanadigan  fosforli  o‗g‗itlardagi  rux  miqdori  182–300  mg/kg  ga  yetadi 
(Tuproqdagi rux miqdori 100–300 mg/kg dan oshsa, o‗simliklarga zarar qiladi). 
Avtomobil  yo‗llari,  aeroportlar  va  yirik  metallurgiya  korxonalariga  yaqin 
maydonlarda og‗ir metallarning miqdori keskin oshadi. 
Ma‘lumki,  har  bir  oziq  elementi  o‗simlik  tanasida,  ma‘lum  funksiyani 
bajaradi  va  tabiiyki  ularning  tanqisligi  yoki  me‘yoridan  ko‗pligi  o‗simlikning 
tashqi belgilarida namoyon bo‗ladi. Lekin shu bilan bir qatorda oziq moddalar 
o‗simliklarga  bilvosita  yo‗l  bilan  ham  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Tadqiqotlarning 
M amlakat
O‘rtacha
miqdori,  mg/ kg
Olingan
namunalar  soni
M anba
Shvetsiya
D aniya
Kanada (Ontariya)
Kanada (M anitobi)
Buyuk Britaniya
15,9
16,3
15,8
17
39
361
44
296
16
500
Anderson,  1977
Tyell et all,  1978
Frank et all,  1976
M ill s et all,  1975
Wilkins,  1978


179 
 
natijalariga  ko‗ra  o‗g‗it  tarkibidagi  azot  o‗simliklardagi  zamburug‗ 
kasalliklarning 
kuchayishiga 
yordam 
beradi. 
Masalan, 
R.funiculisum 
zamburug‗ining faolligi azotli o‗g‗itlar ta‘sirida kuchayadi. Ammiakli selitra vilt 
kasalligining  jadalligiga  boshqa  azotli  o‗g‗itlarga  nisbatan  ko‗proq  yordam 
beradi. Shuningdek, ammoniy sulfat Fusarium, Ophiobolus, Vertisillium kabi bir 
qator kasallik tug‗diruvchilarning faolligini susaytirishi ham tadqiqotlar asosida 
isbotlangan. 
O‗simliklarning  oziq  elementlari  bilan  ta‘minlanganligi  va  ularga  zarar 
yetkazadigan  hasharotlar  soni  o‗rtasida  ham  muayyan  bog‗liqlik  mavjud. 
O‗simliklar  kaliy  bilan  yaxshi  ta‘minlanmagan  sharoitlarda  ularga  hasharotlar 
katta zarar yetkazadi. 
Tuproq hosil bo‗lishi va unumdorligida mikroorganizmlarning roli katta. 1g 
sog‗lom  va  unumdor  tuproq  tarkibida  3  mlrd.  ga  yaqin  mikroorganizm  bo‗lib, 
ular  plazmasining  massasi  yarim  metrli  tuproq  qatlamida  8–12  m/ga  ni  tashkil 
etadi.  Ular  ekinlarning  vegetatsiya  davrida  18–27  marta  urchiydi.  1  ga 
maydonda  5–6  mln.  dona  yomg‗ir  chuvalchangi  uchraydi.  Tuproqdagi  tirik 
organizmlar turli-tuman vazifalarni bajaradi: ona jins va organik moddalarni o‗z 
tanalaridan o‗tkazadi, tuproqni yumshatadi va donadorlashtiradi, atmosferadagi 
molekular  azotni  fiksatsiyalaydi,  fiziologik  faol  moddalarni  sintezlaydi.  Lekin 
tuproqlarni noto‗g‗ri ishlash, ayniqsa, kimyoviy  moddalar (mineral o‗g‗itlar va 
pestitsidlar)ni  haddan  tashqari  ko‗p  maqsadda  ishlatish  oqibatida  tuproqdagi 
mikroorganizmlar  soni  keyingi  50  yil  ichida  3  marta  kamayib,  1  g  tuproqda 
o‗rtacha 0,7–1,0 mlrd. donani tashkil etmoqda. 
Tuproq unumdorligining pasayib ketishiga sababchi bo‗ladigan omillardan 
yana biri uning kimyoviy vositalari bilan ifloslanishidir. Ifloslanishning bir turi 
sanoat  ishlab  chiqarish korxonalari, kon qazib olish, transport, atom  reaktorlari 
ishlashi, qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishida kimyoviy vositalardan foydalanish 
va boshqalar orqali sodir bo‗lishligi mumkin. 


180 
 
Prof.  Z.M.Akromov  (1989)ning  ma‘lumotlariga  ko‗ra  O‗zbekistonda 
faoliyat  ko‗rsatayotgan  sanoat  korxonalari  yiliga  2  mln.  tonnadan  ortiq  zaharli 
moddalar  chiqarar  ekan.  Ular  shamollar  ta‘sirida  harakat  qilib  ma‘lum 
masofalarda  tuproqqa  cho‗kib  ifloslantiradi.  Samarqand  kimyo  kombinati 
atroflari  10 km  radiusi shamollar  yo‗nalishi  bo‗yicha  tuproq namunalari  olinib 
tahlil qilinganida tuproq tarkibida nazoratga nisbatan ftor, marganes elementlari 
5–10 karra ko‗p saqlanishligi aniqlandi. 
Atmosfera  havosi,  suv,  tuproqni  ifloslantiradigan  manbalardan  sanoat 
korxonalari bilan birga transport va boshqalarni ham ko‗rsatish mumkin. Havoni 
eng ko‗p ifloslantiradigan moddalardan biri oltingugurt (II) oksidi hisoblanadi. 
Oltingugurt  azot  kislotalarini  hosil  qiladi.  Kislotali  yomg‗irlar  daraxtlarni 
kasallantirib  ularning  qurishiga,  tuproqqa  tushib,  tuproq  mikroorganizmlariga 
salbiy  ta‘sir  qiladi,  tuproqda  gumus  hosil  bo‗lish  jarayonini  susaytirib 
strukturasining  buzilib  ketishiga  olib  keladi,  o‗simliklarni  azot  elementi  bilan 
yetarli  darajada  ta‘minlab  turishga,  ekinlar  hosildorligining  kamayib  ketishiga 
sababchi bo‗ladi. 
Kislotali  yomg‗irlar  daryo  va  ko‗l  suvlarining  ham  kislotali  muhitini 
oshirib,  ulardagi baliq  va suvda  yashovchi  hayvonlar,  o‗simliklarning  o‗limiga 
sababchi bo‗ladi. Kislotali yomg‗irlar temir-beton yemirilishini tezlatadi. Sanoat 
korxonalari  havoni  ifloslantirishdan tashqari, suyuq va qattiq  chiqindilarni ham 
chiqaradi.  Chiqindi  suvlarning  ichida  ancha  miqdorda  zararli  moddalar  ham 
bo‗ladi. 
Uning  tarkibidagi 
zararli 
moddalardan 
biri 
simob 
asbobsozlik, 
metallurgiya,  farmatsevtika  kabi  sanoat  tarmoqlarida  ishlatiladi.  Uning  suvga 
tushgan qismi mayda suv o‗tlari va jonivorlardan boshlab, ular bilan oziqlangan 
yirik  baliqlarga  o‗tgan  sari  ularning  miqdori  oshib  boradi.  Tarkibidagi  simob 
ko‗p  bo‗lgan  baliqlarni  iste‘mol  qilish  insonning  asab  tomirlarini,  harakat 
a‘zolarini kasallantiradi, ko‗rish qobiliyatini pasaytiradi. 


181 
 
Qishloq  xo‗jaligini  kimyolashtirish  boshlangan  birinchi  yillar  (1960-
yillardan  keyin)  ekinlar  hosildorligiga,  ularning  himoyasiga  sezilarli  darajada 
o‗z samarasini berdi. Biroq uzoq yillar davomida g‗o‗za dalalarida belgilangan 
qoidalarga  rioya  qilmagan  holda  har  gektariga  ta‘sir  qiluvchi  modda  hisobiga 
300–350  kg  azotli,  200–250  kg  fosforli,  100–150  kg  kaliyli  mineral  o‗g‗itlar, 
ekinni  himoya  qilish  va  boshqa  maqsadlar  uchun  gektariga  70–100  kg  dan  50 
dan oshiq turdagi pestitsidlar ham ishlatildi. 
O‗tgan asr o‗rtalarida g‗o‗za ekinlariga solinadigan azotli o‗g‗itlarning 60–
70 foizi o‗simlik tomonidan o‗zlashtirilar edi. Keyingi yillarda bu koeffitsiyent 
azot uchun 35–40, fosfor uchun 15–20 foizga tushib qolgan. 
Akademik  M.V.Muxammadjonov  (1987)  ma‘lumotlariga  ko‗ra  dalalarga 
kiritilgan azotli o‗g‗itlarning 8–15 foizi, fosfororganik pestisidlarning 2,5 foizi, 
defoliantlarning 4,8 foizi yer yuza suvlari, sizot va quduq suvlariga yuvilib ketar 
ekan. 
  Tuproq  tarkibida  saqlanib  qolgan  pestitsidlar  hatto  mineral  o‗g‗itlarning 
ham  qoldiq  shakllari  tuproqda  gumus  hosil  bo‗lishida  ishtirok  etuvchi 
mikroorganizmlar 
faoliyatini 
susaytirib, 
hatto 
halokatga 
olib 
keladi 
(A.I.Chunderova, 1974, A.Sh.Galstyan 1978, I.K.Xambirov 1979, L.M.Borisova 
1981, N.S.Avdonin 1982). Kimyoviy vositalardan jadal suratlarda foydalanilgan 
g‗o‗za dalalari va taqqoslash uchun ular ishlatilmagan dalalarda o‗tkazgan tadqi-
qotlarimiz  shuni  ko‗rsatadiki,  tuproqda  qoldiq  holdagi  nitrat  azoti  nazoratga 
nisbatan  4–5  karra,  pestitsidlardan  DDT,  DDE,  GXSG  larning  miqdori  10–15 
karra  ko‗p  saqlanishi  aniqlandi.  Olingan  ma‘lumotlarni  ko‗rsatishicha 
tuproqning  «nafas  olish»  jadalligi  nazoratga  nisbatan  13,3  foiz,  degidrogenaz 
fermenti  faolligi  4,7  karra,  ureaza  2,0,  fosfotaza  esa  2,3  karra  pasayganligi, 
natijada  gumus  miqdori  nazoratga  nisbatan  14,1  foiz  kam  saqlanishi  ma‘lum 
bo‗ldi. 
Ifloslanishlar  ichida  ayniqsa  nitratlar  bilan  ifloslanish  juda  xavfli  bo‗lib, 
quduqlar,  sizot  va  yer  yuza  suv  havzalari,  o‗simlik  mahsulotlari,  chorva  yem-


182 
 
xashaklarni  ifloslaydi.  Ayniqsa  o‗simlik  mahsulotlarini  shu  darajada 
ifloslaydiki, bunday oziqlar hayvon va odamlar uchun o‗ta zararlidir. 
Inson  va  hayvonlar  o‗simlik  mahsulotlarini  iste‘mol  qilganlarida,  nitratlar 
nitritlarga  aylanib,  metgemoglobanemiya  (organizmda  kislorod  tanqisligi) 
kasalligini keltirib chiqaradi. 
Nitrat azotning ozuqalar tarkibida ruxsat etilgan chegarasi (PDK) o‗simlik 
mahsuloti quruq massa hisobiga 0,25 foizdan oshmasligi shart. 
Mutaxassislar  ma‘lumotiga  ko‗ra,  o‗simliklardan  ismaloq  (shpinat) 
tarkibida  eng  ko‗p  miqdorda  nitratlar  saqlanar  ekan.  Nitratlardan  tashqari 
o‗simliklar tarkibida kul elementlaridan 3 foizdan ko‗p kaliy saqlagan mahsulot 
iste‘mol qilinsa ham hayvon va odam organizmiga jiddiy zarar yetkazadi. 
Keyingi  yillarda  o‗simliklar  ozuqa  moddalari  saqlashida,  mineral 
o‗g‗itlardan  foydalanishda  ularning  atrof-muhitga  ehtimoliy  zararli  oqibatlari, 
biosfera ifloslanishining  oldini  olish  maqsadida  ko‗pgina ilmiy  tadqiqot ishlari 
olib  borilmoqda.  Tadqiqotlar  ko‗rsatishicha  azotli  mineral  o‗g‗itlar  yuqori 
me‘yorlarda (300–350 kg/ga) ishlatilganda 80 foiz, optimal me‘yorda (180–200 
kg/ga) esa, 50 foiz azot befoyda yo‗qotilar ekan. Shu qo‗shimchalar, jumladan, 
nitrifikatsiya  va  ureaza  faolligi  ingibitorlari,  mochevinani  kapsulalashtirish, 
o‗g‗it  yuzasini  sintetik  plyonka  bilan  qoplash  kabi  o‗simlik  vegetasiyasi 
jarayonida azot yo‗qolishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar qo‗llanilmoqda. 
Aynan shu davrlarda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishda ekinlarni himoya 
qilish  va  boshqa  maqsadlarda  foydalanilgan  pestisidlarning  inson,  hayvonlar 
organizmiga keltirgan zararli oqibatlarni sanab chiqish qiyin. 
Keyingi  yillarda  O‗zbekistonda  ko‗pgina  zararli  pestisidalarni  ishlatish 
ta‘qiqlandi.  Foydalanilgan  pestitsidlarning  ham  assortimenti  to‗xtovsiz 
takomillashib  bormoqda.  Issiqqonli  hayvonlar  va  inson  uchun  minimal  toksik 
zararli  yoki  umuman  zararsiz,  yuqori  darajada  o‗ziga  xos  ta‘sirchan,  atrof-
muhitda  tez  parchalanib  ketadigan  mustahkam  bo‗lmagan  birikmalar  ishlab 
chiqilmoqda. 


183 
 
Har  qaysi  pestitsid  ishlatish  muhiti,  havo  va  suvda  ishlatish  qoidalari, 
muddatlari,  ruhsat  etilgan  konsentratsiya  chegarasi  (PDK),  ozuqa  mahsulotlari, 
yem-xashaklar  tarkibida  uning  miqdor  darajasi  belgilangan.  Pestisidlar  bilan 
ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat‘iy rioya qilish belgilangan. 
Tuproqning  kimyoviy  vositalar  bilan  ifloslanishi  va  uning  tuproq 
xossalariga  salbiy  ta‘sir  yetkazishining  oldini  olish  hamda  unga  qarshi  kurash 
maqsadlarida  quyidagi  tadbirlarni  tavsiya  etish  mumkin:  Sanoat  korxonalarida 
kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish va maxsus filtrlardan 
foydalanish; yoqilg‗ilarning chiqindisiz ishlaydigan turlaridan foydalanib, tashqi 
muhitga  kul  yoki  qurumlarning  chiqib  ketishiga  yo‗l  qo‗ymaslik;  qishloq 
xo‗jaligida mineral o‗g‗itlardan foydalanishni ilmiy asosda tashkil qilish, ozuqa 
elementlarning  tuproq  tarkibida  mavjud  harakatchan  shakllari  miqdorini 
o‗rganish  asosida  har  xil  tuproq  tiriga  O‗zPI  tomonidan  tavsiya  etilgan 
me‘yorlarda  berish;  ekinlar  hosilini  kasallik  va  zararkunandalardan  himoya 
qilish  va  boshqa  maqsadlarda  pestitsidlar  ishlatishda  atrof-muhitga  zararsiz  va 
kam  zarar  yetkazadigan  shakllaridan  foydalanish  bu  borada  biologik  usullarni 
keng joriy qilish. 
Tabiiy  muhitning  kimyoviy  vositalar  bilan  ifloslanishning  oldini  olish 
uchun  sanoat  chiqindilari  tarkibi,  qishloq  xo‗jaligida  ishlatiladigan  kimyoviy 
vositalar miqdori va tarkibini qattiq nazorat ostiga olib atrof-muhit ifloslanishi, 
sabzavot,  poliz  ekinlari  tarkibiga  singdirilishiga  yo‗l  qo‗ymaslik;  ko‗rsatilgan 
tavsiyalarga qat‘iy rioya qilinsa, inson va hayvonot olami uchun atrof-muhit va 
tuproq ekologiyasining musaffo bo‗lishiga imkoniyat yaratiladi. 
 


184 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish