Tuproqlarning mineral o‗g‗itlar ta‘sirida ifloslanishi
Atrof-muhit bir-biri bilan chambarchas bog‗langan tabiiy hamda
antropogen obyekt va hodisalar majmuyidan iborat bo‗lib, uning asosiy
kategoriyalari jumlasiga antropogenez, texnogenez, texnogen ekotizim,
geosfera, biogeosfera, biogeosenoz kabilarni kiritish mumkin. Qishloq xo‗jalik
korxonalari, dala, yem-xashak va sabzavot ekinlarini almashlab ekish, tok, tut va
daraxtzorlar antropogen asosli agronomik ekotizim hisoblanadi, inson ularga
melioratsiya, o‗g‗itlash, agrotexnikaviy tadbirlar, nav va boshqalar bilan ta‘sir
ko‗rsatadi.
Ma‘lumki, mineral o‗g‗itlar kimyoviy moddalar jumlasiga kirib, ma‘lum
darajada gigroskopik xususiyatiga ega. Shu bois ular maxsus nam
o‗tkazmaydigan kraft yoki polietilen xaltalarda saqlanishi va tashilishi lozim.
Lekin ko‗p hollarda mineral o‗g‗itlar ochiq (to‗qma) usulda moslashtirilmagan
avtoulov va traktor tirkamalarida tashilmoqda, ko‗p miqdorda mineral o‗g‗itlar
isrof bo‗lmoqda.
168
Hisob-kitoblarga ko‗ra, tabiiy fosfatlarni qazib olish jarayonida 25–30%
xomashyo yer ostida qolib ketadi. Fosforit rudasini birlamchi va ikkilamchi
boyitish (yuvish, maydalash, flotatsiya qilish) jarayonida qazib olingan
xomashyoning 30% ga yaqini isrof bo‗ladi. Tabiiy fosfatlardan superfosfat,
fosfat kislota va konsentrlangan o‗g‗itlar olish jarayonida yana 5–6% fosfor
yo‗qoladi. Tayyor o‗g‗itlarni tashish, saqlash va tuproqqa kiritishdagi isrofgar-
chilik taxminan 10–15% ni tashkil qiladi.
Temir yo‗l stansiyalarida o‗g‗itlar nobutgarchiligi o‗rtacha 0,13–3,6% ga
teng bo‗lib, bu kattalik o‗g‗itlar qoplab tashilganda 1,0–2,6% ni, to‗kma usulda
esa 1,98–3,6% ni tashkil etadi.
O‗g‗itlarning isrof bo‗lishi ularni saqlash usuli bilan uzviy bog‗liqdir.
Maxsus o‗g‗it omborlarida bu kattalik 2,55% ni tashkil etsa, ochiq-sochiq
holatda saqlanganda 11,1% gacha yetadi.
O‗g‗itlar vagondan to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushirilsa, nobutgarchilik «vagon-
avtoulov-ombor» zanjiridagiga nisbatan 2–2,5 marta kamayadi.
Yuklash, tashish va tushirish jarayonlarida o‗g‗itlarni segregatsiyasi oshadi,
paykalga bir tekis taqsimlanmaydi va samaradorligi pasayadi.
O‗g‗it sochish moslamalarini to‗g‗ri sozlash o‗g‗itlar isrofgarchiligini
kamaytirishda muhim o‗rin tutadi. O‗g‗it sochishdagi notekislik 20–25%dan
oshganda ko‗chat qalinligidagi bir tekislik buziladi, bug‗doy hosilining pishib
yetilishi 3–6 kunga kechikadi, shoxlanishi sust kechadi, donning bo‗liqligi
pasayadi.
Almashlab ekishni tashkil etish va to‗g‗ri joriy qilish o‗g‗itlar isrof-
garchiligini oldini olishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bunda paykallarni
ekin bilan band bo‗lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nishonlangan ionlar (15N)
bilan o‗tkazilgan tadqiqotlar asosida tuproqdan gaz holatda mosuvo bo‗ladigan
azotning 10% ga yaqini ekin ekilmagan va o‗g‗it yuza kiritilgan paykallarga
to‗g‗ri kelishi, ekinlar bilan band bo‗lgan maydonlarda bu ko‗rsatkich 0,5% ni
tashkil qilishi aniqlangan.
169
Turli qishloq xo‗jalik ekinlari tuproqdan oziq moddalarni yuvilishiga
turlicha ta‘sir ko‗rsatadi. Bu masalada asosiy ekin turlarini quyidagi tartibda
joylashtirish mumkin: sabzavotlar> ildiz mevalar> o‗t o‗simliklari (17-jadval).
17- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |