Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Sug‗oriladigan sharoitlarda o‗g‗it ishlatish muammolari



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Sug‗oriladigan sharoitlarda o‗g‗it ishlatish muammolari 
 
Sug‗oriladigan  dehqonchilik  sharoitida  tuproqdan  ko‗p  miqdorda  oziq 
moddalar  isrof  bo‗ladi.  Sug‗orish  tarmoqlarining  nomukammalligi  oqibatida 
oqava  suvlarning  aksariyati  daryo  va  boshqa  suv  havzalariga  tashlanadi.  Ular 
bilan birga o‗g‗itlar tarkibidagi oziq moddalarning bir qismi tuproqdan mosuvo 
bo‗ladi. 
O‘g‘itlar/
Yillar
1980-
1990
1991
1992
1993 1994
1995
1996 1997
Jami hosil uchun
berilgan,  kg/ ga
147
110
70
59
25
24
23
22
Shundan mineral
o‘g‘itlar
100
78
43
29
11
12
13
14
Org.o‘g‘itlar
47
32
27
24
14
12
10
8
Jami:chiqib
ketgan
138
123
135
139
130
116
118
126
Shundan:hosil
bo‘lan
113
90
110
106
90
74
72
76
Begona o‘tlar
bilan
25
33
25
33
40
42
44
46
Тenglik +  +
-9
-13
-65
-86
-105
-92
-95
-104


171 
 
Turli o‗g‗itlar tarkibidan yuviladigan oziq moddalar miqdori bir xil emas. 
Kuzatishlar  asosida  superfosfat  tarkibidagi  fosforning  amalda  yuvilmasligi 
aniqlangan bo‗lsa, eng ko‗p oziq moddalar ammiakli selitradan (20 mg/l NO
3
 va 
0,2  mg/l  NH
+
4
)  yuvilishi  isbotlangan.  Bu  ko‗rsatkich  ammoniy  sulfat  va 
mochevinada  mos  ravishda  NO

3
  -  3,5  va  10  mg/l;  NH
+
4
  -1,6  va  2,7  mg/l  ni 
tashkil qiladi. 
1  ga  maydondan  o‗rtacha  0,8–1,0  kg/ga  (yengil  mexanikaviy  tarkibli 
tuproqlarda bir muncha ko‗proq) fosfor yuvilishi e‘tirof etilgan. 
Azotli  o‗g‗itlar  tarkibidagi  nitrat  shakldagi  azot  sug‗orma  suvlar  ta‘sirida 
oson  yuviladi  va  atrof-muhitni  ifloslantiradi.  Nitratlarning  yuvilishi  erta  bahor 
va  kech  kuzda  sezilarli  darajada  kuchayadi.  Quruq  iqlimli  sharoitlarda 
sug‗orishdan  keyin  nitratlar  tuproq  kapillarlari  bo‗ylab  yuqori  ko‗tariladi.Shu 
bois  dehqonchilikda  azotli  o‗g‗itlarni  kiritish  muddatlari  hamda  katta  amaliy 
(ammiak  shakldagi  azotning  nitrifikatsiya  jadalligini  bilish)  ahamiyatga  ega. 
Azot nitratli o‗g‗itlar boshqa turdagi azotli o‗g‗itlarga nisbatan ko‗proq yuviladi. 
Suyuq holatdagi azotli o‗g‗itlar tuproqning yuza qatlamlariga kiritilganda, 
ko‗p miqdorda azot yo‗qoladi. Qumoq tuproqlarda suvli ammiak (NH
4
OH) 10–
12  sm,  suyultirilgan  ammiak  (NH
3
)  16  sm,  chuqurlikka  kiritilganda,  azotning 
isrof  bo‗lishi  kuzatilmaydi.  Og‗ir-mexanikaviy  tarkibli  tuproqlarda  bu 
ko‗rsatkich 7–8 va 12–14 sm ni tashkil etishi lozim. 
Fosforli o‗g‗itlar qiyin eriydigan shaklda bo‗lgani, kaliy tuproq singdirish 
kompleksi  tomonidan  almashinib  singdirilganligi  sababli  o‗simliklarning  ildiz 
tizimi tarqalgan qatlamdan juda kam yuviladi. 
Fosfor va kaliyning tuproqda fiksatsiyalanishi juda tez (1–2 kecha-kunduz 
ichida)  sodir  bo‗ladi.  Fosforning  ko‗p  qismi  (60–70%)  qiyin  o‗zlashtiriladigan 
shaklga  o‗tadi.  Bu  jarayon  birinchi  navbatda  o‗g‗itning  fizikaviy  holatiga 
bog‗liq  bo‗lib,  odatda  kukunsimon  holatdagi  fosforli  o‗g‗itlar  donador 
o‗g‗itlarga nisbatan tuproq bilan ko‗proq muloqatda bo‗ladi va tabiiyki, tezroq 
qiyin o‗zlashtiriladigan shaklga o‗tadi. 


172 
 
Fosforli  va  kaliyli  o‗g‗itlar  ekishgacha  tuproqning  yuza  qatlamlariga 
kiritilsa yoki qo‗shimcha oziqlantirish sifatida qo‗llanilsa, ularning asosiy qismi 
o‗simliklar  tomonidan  o‗zlashtirilmaydi.  Shu  bois  fosforli  va  kaliyli  o‗g‗itlar 
yillik me‘yorining 50–60% i kuzgi shudgor ostiga kiritiladi. 
Tuproqning  mexanikaviy  tarkibi,  suv  rejimi  va  o‗g‗it  me‘yoriga  bog‗liq 
ravishda  1  ga  maydondan  o‗rtacha  1–30  kg  azot,  0,4–60  kg  kaliy,  4–60  kg 
oltingugurt, 3–90 kg magniy va kam miqdorda fosfor yuviladi. 
O‗g‗itlarni  noo‗rin  ishlatish  va  sug‗orishni  noto‗g‗ri  amalga  oshirish 
oqibatida  ko‗p  miqdordagi  nitratlar  sizot  suvlariga  qo‗shiladi  yoki  yuvilib  suv 
havzalariga kelib tushadi, buning natijasida ekologiyani buzadi. Lekin o‗g‗itlarni 
ilmiy,  ilg‗or  agrotexnikaviy  tadbirlar  asosida  qo‗llash  atrof-muhitga  zarar 
yetkazmasdan ekinlardan mo‗l va sifatli hosil yetishtirish imkonini beradi. 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish