Bilimingizni sinab ko‗ring
1. Atmosfera deganda nima tushuniladi?
2. Atmosferadagi gazlarning tarkibini tushuntirib bering.
3. Atmosfera havosining ifloslanish sabablarini aytib bering.
4. Atmosferada qanday radioaktiv moddalar bor?
5. Iflos havoning hayvon va insonlarga salbiy ta’sirini tushuntirib bering.
6. Atmosferaning ifloslanishini bartaraf qilish yo‘llarini tushuntiring.
7. Transport va qishloq xo‘jaligidan chiqadigan zaharli gazlarni
tushuntirib bering.
156
VII BOB
TUPROQNING EKOLOGIK MUAMMOLARI
Tuproq qoplami yerning mustaqil qobig‗i (pedosfera) bo‗lib, biosferaning
energiya balansida muhim rol o‗ynaydi. V.V.Dokuchayev tuproqlarni yerning
ustki qobig‗ini hosil qiluvchi alohida tabiiy jismlar deb ta‘riflaydi. Tuproqlar
tog‗ jinslaridan fizik-geografik muhit bilan organizmlarning ta‘siri ostida paydo
bo‗lgan. Tuproqning asosiy xususiyati o‗simliklar organik moddalar hosil
qilishini, ya‘ni uning unumdorligini ta‘minlash uchun sharoit yaratishdan iborat.
Tuproqning ana shu unumdorligi tufayli o‗simliklar bemalol o‗sa oladi va
quyosh energiyasidan foydalanib, yangi organik moddalarni sintezlaydi.
Tuproqning tog‗ jinslaridan farq qiladigan ba‘zi xususiyatlarini aytib o‗tish
mumkin. Bular: tuproq qatlamining vertikal bo‗yicha bir xil emasligi, ya‘ni
gorizontlarga ajralishi; tuproqning muhim botanik – geografik ahamiyatga ega
bo‗lgan bo‗shliqlarida sodir bo‗ladigan fizik xususiyatlar, suv, havo
o‗tkazuvchanlik xossalarga ega ekanligi, tuproqning o‗ziga xos kimyoviy
xossalarga ega bo‗lishi, ayniqsa haydalma qatlamning organik moddalarga boy
bo‗lishi va o‗simliklar uchun muhim bo‗lgan oziqa elementlarini to‗plash
xususiyati; tuproqda juda ko‗p sondagi organizmlar yashashi va o‗simliklarning
ildiz sistemasi bilan o‗zaro bog‗liqligi; tuproqning mavsumiy dinamikasi va yil
fasllarining o‗zgarishi, chunonchi, o‗simliklarning rivojlanish fazalari,
mikroorganizmlarning hayot faoliyati dinamikasi ob-havo sharoiti bilan
bog‗liqligi, tuproqning boshqa barcha xususiyatlariga bog‗liq holda uning
unumdorligi katta ahamiyatga ega.
XIX asrdayoq fitogeografik o‗simliklar xarakteri bilan tuproq orasidagi
bog‗liqlikni o‗rganishga harakat qilganlar. O.Dekandol (1832) tuproqning
organik moddalariga katta ahamiyat bergan: Unger (1836) tuproqning kimyoviy
xossalarini; Turman (1849) fizik xossalarini birinchi o‗ringa qo‗ygan; Gola
157
(1919) tuproq eritmasining osmotik bosimiga ko‗proq e‘tibor bergan. Lekin
o‗simliklar uchun ham tuproqning barcha asosiy xossalari, chunonchi, uning
ximizmi (mineral oziqlanishidagi elementlar, kislotaliligi va hokazolar),
mexanik tarkibi, strukturasi, tuproq hosil qilish xarakteri, tuproqning kelib
chiqish tarixi va tuproq tirlari katta ahamiyatga ega.
Tuproqning yoshini bilish shuning uchun muhimki, vaqt o‗tishi bilan
tuproq hosil qilish omillari ta‘sirida tuproq sezilarli darajada o‗zgarib boradi.
Tuproq faqat yuksak o‗simliklar ta‘sirida rivojlanib boradi. Fitosenozsiz (yoki
umuman biosenozsiz) tuproq bo‗lmaydi va faqat fitosenozgina tuproqning fizik
va kimyoviy xossalarini o‗zgartiradi, uning unumdorligini shakllantiradi. Tup-
roqning yoshi oshib borgan sari tarkibidagi karbonatlar kamayib boradi, ishqoriy
reaksiyasi ko‗pincha kislotali reaksiyaga o‗tadi, organik moddalar miqdori
ortadi va hokazo. Bu o‗zgarishlarning hammasi o‗simliklar qoplamiga va uning
turlariga ta‘sir etadi.
Tuproqning suv rejimi odatda, suv rejimi juda o‗zgaruvchanligi bilan
xarakterlanadi. O‗simliklarni o‗suv davrlarida ularning suvga bo‗lgan talabi
tuproq va iqlim sharoitiga bog‗liq bo‗ladi. Suv rejimining o‗zgaruvchanligi
ayniqsa janubiy hududlarda yaqqol sezilarli bo‗ladi, chunki bu yerlarda yil
davomida tushadigan yog‗in bir xilda taqsimlanmaydi va suv bug‗lanishi juda
yuqori darajada bo‗ladi. Yog‗ingarchilik ko‗p bo‗ladigan mintaqalarda ham
namlikning o‗zgaruvchanligi kuzatiladi, lekin bu o‗zgarish uncha keskin
namoyon bo‗lmaydi, bu hol ko‗p jihatdan tuproqda to‗planadigan organik
moddalarga bog‗liq bo‗ladi. Bu moddalar tuproq namini, ayniqsa quruq kelgan
yillarda yaxshi saqlab qolish xususiyatiga ega bo‗ladi. Bularning hammasi
o‗simliklar turlari uchun katta ahamiyatga ega.
Tuproqning issiqlik rejimi uning unumdorligiga, joyning relefiga, birinchi
navbatda iqlim sharoitiga bog‗liq bo‗ladi. Harorat qancha yuqori bo‗lsa, tuproq
shuncha tez va chuqur isiydi, u kontinental bo‗lsa, haroratning mavsumiy
o‗zgarishi shuncha keskin bo‗ladi. Tuproqning issiqlik rejimi, ayniqsa, issiqlik
158
yetishmasligi o‗simliklarda bir qator morfologik va ekologik holatlarni yuzaga
keltirishi mumkin, bu hol o‗simlikning to‗liq rivojlanishiga imkon bermaydi.
Tuproqning havo rejimi suv rejimi bilan uzviy bog‗langan bo‗lib, tuproq
qancha nam bo‗lsa, unga havo shuncha kam, ya‘ni uning aeratsiyasi ham
shuncha yomon bo‗ladi. Yoki aksincha, tuproq aeratsiyasi qancha kuchli bo‗lsa,
u haddan tashqari qurib ketadi. Yog‗in ko‗p tushadigan gumid iqlimli
oblastlarda (tundrada, ninabargli o‗rmonlarda) tuproq aeratsiyasi juda past
bo‗ladi. Tuproq nami turg‗un bo‗lganda, tarkibidagi loyqa zarrachalari miqdori
ortganda va strukturasi yo‗qolgan hollarda aeratsiya pasayib ketadi. Aksincha,
tuproq serg‗ovak bo‗lganda gravitatsion suv oqimi kuchayadi, bu esa aeratsiyani
va shunga muvofiq ravishda tuproqning qurishini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |