Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Atmosferani ifloslovchi yonish mahsulotlari (S. Singler, 1972-y)



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Atmosferani ifloslovchi yonish mahsulotlari (S. Singler, 1972-y). 
 
Yiliga atmosferaga chiqqan iflosliklar, mln. tonna hisobida 
AQSh dagi ba‘zi bir shaharlarda mashinalar eng ko‗p qatnaydigan soatlarda 
shu qadar ko‗p gaz chiqadiki, bundan kishilarning asab sistemasi zarar ko‗radi. 
Poytaxtimizning  toza  havosiga  o‗rganib  qolgan  Moskvalik  turistlarning 
gaplariga  qaraganda,  ular  Nyu-  Yorkda  o‗zlarini  juda  yomon  his  qilganlar. 


145 
 
Kunduzlari ko‗chalarda yurishdan ko‗ra mehmonxonalarning yuqori qavatlarida 
bo‗lishni ma‘qul ko‗rganlar. 
Shveysariyada  avtomobillardan  chiqqan  gazlar  bilan  birgalikda  bir  yilda 
havoga  165  tonna  qo‗rg‗oshin  ko‗tariladi  (L.  P.  Astanin,  K.  G.  Blagosklonov, 
1978).  Benzin  tarkibidagi  gaz  to‗la  yonmaganligidan  havoga,tuproqqa  va 
o‗simliklarga zararli moddalar hosil bo‗ladi. 
Maxsus  tajribalar  natijasida  aniqlandiki,  Moskva-Sankt-Peterburg  yo‗l 
yoqasidagi 
dalalarda 
yetishtirilgan 
arpa, 
bug‗doy  donlarida  normal 
o‗simliklardagiga nisbatan 5–8 marta qo‗rg‗oshin ko‗p bo‗lgan. Poxol tarkibida 
qo‗rg‗oshin miqdori 4–5 martta ortgan. 
Avtomobil yo‗li yoqasidan 10 metr narida yetishtirilgan kartoshka tarkibida 
kontrol  o‗simliklar  tarkibidagiga  nisbatan  20  marta  ko‗p  qo‗rg‗oshin  bo‗lgan. 
Karam  tarkibida  qo‗rg‗oshin  4–7  marta  ko‗p  bo‗lgan.  Ko‗k  piyoz  qo‗rg‗oshin 
bor yo‗qligidan qat‘iy nazar yaxshi o‗sgan. 
Shunday  qilib,  avtomobil  yo‗llari  yaqinida  yetishtirilgan  oziq-ovqat 
mahsulotlari (ko‗k piyozni hisobga olmaganda) me‘yordagidan 5–10 marta ko‗p 
qo‗rg‗oshin  yutgan.  Bu  ma‘lumotlardan  shunday  xulosa  chiqadiki,  mashinalar 
ko‗p qatnaydigan yo‗llarning yoqasiga ekinlar ekish va turar joy binolari qurish 
yaramaydi («Oxrana prirodi» referativ jurnali, 1975-yil).  
Kapitalistik  mamlakatlardagi  yirik  shaharlarning  atmosferasi  shu  qadar 
ifloslanganki,  ko‗chada  qatnovni  tartibga  solib  turadigan  xodimlar  maxsus 
kolonkalarga  borib  kislorod  bilan  nafas  olib  turishga  yoki  protivogazlar  bilan 
ishlashga majbur.  
Yaponiyaning  yirik  shaharlarida  yo‗lovchilar  uchun  maxsus  avtomatlar 
o‗rnatilgan.  Bunday  avtomatlarga  tanga  tashlab,  kislorod  bilan  nafas  olish 
mumkin. 
Sayyoramizning  atmosferasiga  qo‗shiladigan  barcha  iflosliklarning 
yarmidan ko‗prog‗i Amerika Qo‗shma Shtatlari hissasiga to‗g‗ri keladi. Bu esa 


146 
 
mazkur  mamlakatning  yuksak  darajada  sanoatlashishi  va  avtomobil 
transportining rivojlanishi oqibatidir. 
Atmosferada  chang  ko‗p  bo‗lsa,  havoning  tiniqligi  kamayadi,  quyosh 
energiyasi  kam  tushadi,  yorug‗lik  ham  kamayadi.  Iflos  atmosferada 
yorug‗likning  yutilishi  oqibatida  yoritish  uchun  elektr  energiyani  ko‗proq  sarf 
qilishga  to‗g‗ri  keladi.  Avtotransportda  avariya  ko‗payadi.  Kishilarning 
sog‗lig‗iga  salbiy  ta‘sir  etadi.  Atmosferaning  biron  joyida  ifloslanishi  havo 
harakati  bilan  katta  hududga  tarqaladi.  GFR  va  Markaziy  Yevropadagi  boshqa 
mamlakatlarning  sanoat  chiqindilari  bilan  ifloslangan  havo  muayyan 
meteorologik  sharoitda  Skandinaviya  mamlakatlariga  yetib  boradi.  Shvetsiyada 
havoning  ifloslanishi  oqibatida  ichki  suvlarda  kislota  miqdori  shu  qadar 
ko‗payib ketdiki, chuchuk suvlardagi baliqlar halok bo‗laboshladi.  
Bundan tashqari, biron joyda havoning ifloslanishi umuman sayyora havosi 
tarkibining  o‗zgarishiga  olib  keladi.  Natijada  atmosfera  tarkibida  karbonat 
angidrid miqdori tobora ortib bormoqda. Bu esa sayyoramizda ko‗plab miqdorda 
mineral xomashyoning yoqilishi oqibatidadir. Biosferada karbonat angidrid ham 
muhim  ahamiyatga  ega.  U  quyosh  spektrining  issiq  nurlarini  yerga  o‗tkazib, 
ularning dunyo bo‗shlig‗iga tarqalib ketishiga yo‗l qo‗ymaydi. 
Yer  shari  o‗ziga  tushgan  quyosh  nurlarining  yarmiga  yaqinini  qaytarib 
yuboradi. Biroq atmosfera tarkibida karbonat angidrid miqdori (CO
2
) ortsa, yer 
yuzasida issiqlik ko‗proq ushlanib qoladi.  
Ba‘zi  bir  hisoblarga  ko‗ra,  atmosfera  tarkibida  karbonat  angidrid  miqdori 
ikki  marta  ortsa,  yer  atmosferasi  harorati  2,9°  ko‗tariladi.  Bu  esa  sayyoramiz 
iqlimining  jiddiy  o‗zgarishiga  sabab  bo‗ladi.  Akademik  A.  E.  Fersman  havo 
tarkibida karbonat angidrid miqdori ikki marta ortsa, yer  yuzasining harorati 4° 
ko‗tarilar  edi,  deb  hisoblagan  edi.  Bu  esa  iqlim  rejimi  va  o‗simlik 
jarayonlarining jiddiy o‗zgarishiga olib kelgan bo‗lur edi. 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish