147
Iflos havoning odamlar, hayvonlar va
o‗simliklarga zararli ta‘siri
Havoning ifloslanishi odamlar, hayvonlar va o‗simliklar uchun hamma vaqt
ko‗ngilsiz hodisalardan biri bo‗lib kelgan. Havoda tutun va boshqa gazlar
ko‗payib ketsa, bu vaqtda meteorologik sharoit qulay bo‗lsa, sog‗liq uchun
zararli qalin tumanlar paydo bo‗ladi. Ana shunday zararli tuman smog deb
ataladi. Smog paydo bo‗lganda qandaydir yoqimsiz hid tarqaladi. Havo
xiralashadi. Meteorologik sharoit qulay bo‗lganda, xususan shamolsiz paytlarda
sanoat korxonalaridan chiqqan ko‗mir va boshqa yoqilg‗ilar yoqilganda
ko‗tarilgan zararli moddalar havoda to‗plana boradi. Ana shunday paytlarda
kishilar o‗zlarini yomon xis qiladilar; shamollab kasal bo‗lgan kishilar soni
keskin ortadi. Smogning paydo bo‗lganiga 100 yilcha bo‗lib qoldi. Smogdan
kishilar halok bo‗lgan paytlari ham bo‗lgan.
Masalan, 1952-yil dekabr oyida London shahrida ikki haftaga yaqin vaqt
davomida smogdan 4 000 dan ortiq kishi halok bo‗lgan. 1956 yil yanvar oyida
ana shu shaharda 96 soat davom etgan smogdan 1000 ga yaqin kishi o‗lgan.
Zaxarli qalin tuman shaklida kuz, qish oylarida, ya‘ni oktabrdan fevral oyigacha
bo‗ladigan smog London tiridagi smog deb ataladigan bo‗ldi. Bunday smogning
eng zararli komponenti oltingugurt gazidir.
Hozirgi vaqtda ikkinchi bir smog - Los-Anjelos tiridagi smog keng tarqaldi.
Bunday smog yanada xavfli bo‗lib, faqat yilning issiq faslida hosil bo‗ladi. Bu
tirdagi smogning zaharli komponenti avtomobil dvigatellaridan chiqqan
gazlardir. Quruq smog fotokimyoviy smog deb ham ataladi. Chunki bunday
smog ifloslangan havoda quyosh nuri ta‘sirida paydo bo‗ladi. Fotokimyoviy
smog tirik organizmlarni zaharlaydi, materiallar va imoratlarning qismlarini
korroziyaga uchratadi, bunda bo‗yoqlar, rezina va sintetik buyumlar yorilib-
yorilib ketadi, kiyim-kechak ishdan chiqadi, transport ishi izdan chiqadi.
148
AQShdagi rasmiy bir hujjatda Nyu-Yorkda bo‗lgan fotokimyoviy smog
mana shunday ta‘riflanadi: zaharli moddalar bilan to‗lib-toshgan nihoyatda iflos
havo massasi aholisi 10 mln. bo‗lgan Nyu-York shahri ustiga cho‗kdi. To‗rt kun
davomida ko‗chaga chiqqan kishilar ana shu zaharli kimyoviy moddalar bilan
nafas oldi. 80 kishi halok bo‗ldi. Ming -minglab erkak va ayollar shundan buyon
nafas yo‗llari kasalliklariga mubtalo bo‗ldilar. Endi smog desa yuragi orqaga
tortadigan bo‗lib qolishdi. Havoning ifloslanishi har yili o‗nlarcha milliard
dollar iqtisodiy zarar keltirmoqda. Lekin, kishilar boshiga tushgan jabr-jafo va
qo‗rquvlarni pulga chaqib bo‗larmikin?
Taniqli Amerikalik olim L. D. Batton bunday degan edi: «Ikkalasidan biri
bo‗ladi: kishilar Yer sharida havoning ifloslanishiga chek qo‗yadilar yoki havo
shu qadar ifloslanadiki, sayyoramizda odamlar kamayib ketadi».
SNG olimlari bunday pessimistik fikrlarga qo‗shila olmaydilar. SNG
hududida fotokimyoviy smog kamdan-kam uchraydi. Bunday smog serqatnov
transport magistrallarida va yuk mashinalarida ko‗plab ishlatiladigan yirik
karerlardan ochiq usul bilan foydali qazilmalar qazib olinadigan joylardagina,
yoz paytlarda paydo bo‗lishi mumkin.
Sanoat korxonalaridan chiqqan chang-gazlarda 140 ga yaqin zaharli
moddalar uchraydi. Ulardan ko‗plarining hidi ham, rangi ham yo‗q va birdaniga
zararli ta‘sir ham ko‗rsatmaydi, lekin uzoq vaqt davomida to‗plana borib,
bilinmasdan ta‘sir etaboradi.
Tibbiyot-sanitariya xodimlari summasiya, ya‘ni bir qancha zaharli
moddalarning kishi sog‗lig‗iga birgalikda salbiy ta‘sirini oldini olish sohasida
ish olib bormoqdalar. Ana shu moddalardan har biri atmosferada normadan
ancha kam bo‗lishi mumkin. Biroq, bu moddalar birgalikda ta‘sir etganda
kishilarning sog‗lig‗iga ta‘sir etishi turgan gap.
Atmosfera ifloslanganda kishilar lohas bo‗ladi, ish qobilyati susayadi,
yo‗taladi, boshi aylanadi, tovush boylamlari spazmga uchraydi, o‗pka, ko‗zlarda
turli kasalliklar ro‗y beradi. Organizm umumiy zaharlanadi. Organizmning turli
149
kasalliklarga qarshilik ko‗rsatish qobilyati susayadi. Atmosfera havosini
muhofaza qilish va kishilar sog‗lig‗ini himoya qilish O‗zbekiston Respublikasi
qonunlarida ko‗zda tutilgan. Fizik, kimyogar, meteorolog kabi olimlar,
gigiyenistlar, injenerlar, sanoat korxonalarining rahbarlari birgalikda ish olib
borib, smog paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗ymasliklari va atmosferaning boshqa yo‗l
bilan ifloslanishini oldini olishlari mumkin.
Havoning har qanday ifloslanishi kishi sog‗lig‗iga salbiy ta‘sir etadi. Biroq,
ifloslangan havoda kanserogen moddalarning (benzapiren) bo‗lishi ayniqsa
xavflidir. Bu esa kishilarning o‗pkalarida rak kasalining paydo bo‗lishiga sabab
bo‗ladigan moddalardandir. Havoning tozaligi uchun kurashish ana shu
kasallikning oldini oladigan muhim shartlardan biridir.
Havodagi zararli qo‗shilmalar uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni
zararlashi va o‗ldirishi mumkin. Masalan, aluminiy zavodlaridan chiqqan
iflosliklar tarkibidagi ftorli birikmalar qo‗ylarni va qoramollarni zaharlaydi.
Bunday moddalar havodan o‗t ustini qoplaydi, bu o‗tni yegan chorva mollari
ftorli kaxeksiya kasalligiga uchraydi. Atmosfera doimiy chang bo‗lib turgan
joylarda tut barglarida ftor miqdori ruhsat etilgan normadan 20 marta ko‗p
bo‗lishi mumkin. Tarkibida ftor moddasi ko‗p bo‗lgan tut barglarini yegan
qurtlar irakka aylanadigan shilimshiq modda ishlab chiqaradigan bezlarini
ishdan chiqaradi.
Tarkibida ftor va mishyak bo‗lgan kimyoviy birikmalar asalarining asal
yig‗ishini kamaytiradi. Qora mollar mishyak bilan zaharlansa, tanasida turli
yaralar paydo bo‗ladi.
Dunyodagi turli mamlakatlarda yovvoyi hayvonlar, jumladan yilqilar,
bug‗ular, quyonlar, tustovuqlar va boshqa hayvonlarning atmosfera tarkibidagi
oltingugurt gazi, mishyak, surmadan halok bo‗layotganligi bir necha bor qayd
qilingan. Havoda oltingugurt, ftor birikmalari, uglerod oksidi, xlor va
uglevodorod birikmalarining ko‗payib ketishi o‗simliklar uchun juda zararlidir.
Bunday moddalar fotosintez prosessini buzadi, o‗simliklarning o‗sishi va
150
rivojlanishini sekinlashtiradi; oqibatda o‗simliklar nimjon bo‗lib bora-bora qurib
qoladi. Shunday qilib bu moddalar dalalarga, o‗rmonlarga, bog‗larga va istirohat
bog‗lariga katta zarar yetkazadi. Shu narsa aniqlanganki, sulfat angidrid dozasi
juda kam bo‗lganda ham o‗simliklarga yomon ta‘sir etadi. Donli ekinlardan arpa
va sholi, sabzavot ekinlaridan ismaloq, karam, salat, rediska, daraxtlardan
qarag‗ay ana shu gazdan ayniqsa katta zarar ko‗radi.
O‗rmonlar, xususan ignabargli o‗rmonlar sanoat korxonalaridan chiqqan
iflosliklar ancha uzoqda bo‗lganda ham sezilarli darajada zarar ko‗radi va
daraxtlarning bir qismi qurib qoladi, chunki bunday chiqindilar tarkibida
oltingugurt,ftor, mishyak birikmalari bo‗ladi. Sement zavodlari yaqin bo‗lgan
yerlardagi o‗simliklar qurib qoladi, chunki sement changi o‗simliklarning
gulbarglariga va barglarning ichiga kirib, ularning funksiyalarini qiyinlashtiradi.
Xlorofillni parchalaydi va o‗simlik to‗qimalarini «yondiradi».
Hisoblarga ko‗ra, havoga ko‗tariladigan gazlar sulfat angidriddan to‗la
tozalansa, hozirgi vaqtda oltingugurtga bo‗lgan barcha ehtiyojlarni qoplay
oladigan darajada qo‗shimcha oltingugurt olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |