31
Ayrim hollarda ekologiyaning bu ikki mustaqil bo‗limini (Yu.Odum,
L.G.Ramenskiy, B.G.Ioganze, G.A.Novinkov, S.S.Shvars) birlashtirmoqchi ham
bo‗lganlar V.N.Sukachev tomonidan ishlab chiqilgan biogeosenoz, keyinchalik
biogeosenologiya ta‘limoti – o‗simliklar va hayvonlar birikmalarini to‗plam
holida o‗rganish nazariyasi katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Yu.Odum ekologiyani
turlar
populatsiya ekologiyasi, senozlar ekologiyasi, ekosistema ekologiyasi kabi
qismlarga bo‗ladi.
Hozirda ekologiyaning bo‗limlari, ularning ma‘nosi, vazifalari va o‗rganish
obyektlari quyidagicha:
1.
Autekologiya (yunoncha autos – o‗zim, logiya – ta‘lim) – tur
vakillarining yashash sharoiti, bir-birlari hamda ularni o‗rab turgan atrof-muhit
bilan munosabatlarini o‗rganadi, shuningdek turning turg‗unligini, uning turli
ekologik omillar ta‘sirida moslashishini, muhitning organizmning morfologik,
fiziologik va xulqiy o‗zgarishlariga sabab bo‗lishini aniqlaydi.
Autekologiya o‗zining rivojlanishida ekologik taqqoslash, ekologo-
morfologik, fiziologik usullardan keng foydalaniladi. Organizmning atrof-muhit
ta‘siriga reaksiyasi va o‗zgarishiga oid ilmiy materiallarni taqqoslash. Natijada
organizmlarning fasllar, yil va ko‗p yillar davomida bo‗lib o‗tadigan o‗zgarish
qonuniyatlarini aniqlaydi, organizmga ta‘sir qiladigan tabiiy va sun‘iy
(antropogen) omillarning salbiy hamda ijobiy mohiyatini o‗rgatadigan ilmiy ma-
teriallarni tasnif qilish natijasida qator ekologik qonunlarni ochadi (Libixning
minimum qonuni, Shelfordning ekologik tolerantlik qonuni, Lundogard-
Poletayev qonunlari).
2.
Demekologiya (yunoncha demos – xalq) – tur vakillari hosil qiladigan
tabiiy populatsiyalarning hosil bo‗lish shartlarini, ularning guruhlari ichki
tuzilishini, son va sifatini, bir-birlari va muhit o‗rtasidagi munosabatlarni
o‗rganadi. Fransuz ekologi R. Dajo demekologiyani populatsiya dinamikasi
nomi bilan qo‗llaydi.
33
kichik biologik guruhlarni o‗zgarib, almashib turishini, ular ichidagi farqni,
ekosistemalar ichidagi ozuqaviy bog‗liqliklarni, sonlar piramidasini,
organizmlar hosil qiladigan biomassa, mahsuldorlik va energiya oqimlarini
o‗rganadi.
Ayrim hollarda xususiy ekologiya yo‗nalishi ham yuzaga chiqib qoladi.
Xususiy ekologiya – umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar
darajasida, ekosistema ichidagi kenja sistemalarning yashash joylarini, doimiy
harakati va o‗zgarishini, yashash sharoitlarining xillarini (suv, havo, yer) –
biotoplarni, ekosistemadagi ularning komponentlari mohiyatini o‗rganadi.
Shunday qilib, ekologiya tabiatda hosil bo‗lgan bir butun biologik
birliklarni o‗rganadi, shu birliklarning guruhlariga, a‘zolariga o‗ziga xos maxsus
usullar bilan yondoshadi. Chunki tabiatdagi har xil tabiiy voqelik, holat maxsus
yondoshishlarni, yangi ekologik usullarni talab qiladi. Tabiatning ekologik
holati ustida tajriba o‗tkazib bo‗lmaydi, chunki bunday hol juda ham
kuzatilmagan va boshqarib bo‗lmaydigan sanoqsiz ofatlarga
olib kelishi mumkin
(masalan, atom bombalarining Semiralatinskdagi sinovlari, atom bombasini
Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlanishi, Chernobil AES
ining portlashi).
Ekologiya va uning yaqin bo‗limlaridan turli biologik va boshqa fanlarning
yutuqlaridan, materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak, aks holda
haqiqiy ekologik voqeliklar, holatlar buzilib, ekologiyada «begona» fikrlar
chalkashib yurishi mumkin.
Ekologiyaning maqsadi – ma‘lum vaqtda va ma‘lum joyda qancha
organizm yashaydi, ularni qachon va qaysi yerda va nima uchun uchratish,
topish mumkin degan savolga javob berishdan iborat. Bu esa insonning biologik
tayanchi bo‗lib, u yashab turgan muhitni saqlash chora-tadbirlarini ishlab
chiqishga asos bo‗ladi. Shuning uchun ham ekologik ta‘limsiz va mustahkam
ekologik bilimga ega bo‗lmasdan turib, atrof-muhit muhofazasi muammolarini
hal qilib bo‗lmaydi.