Zaxiriddin Muhammad Bobur (1483–1530)ning nomi atalganda
ko‗pchilik uni shoir sifatida tanishadi. Uning g‗azallari juda jozibador, hammaga
manzur. Ammo Bobur faqat shoirgina bo‗lmay, balki podshoh, sarkarda,
tarixchi va mashshoq, ovchi va bog‗bon, sayyoh va tabiatshunos ham bo‗lgan.
22
Bobur asarlari bamisoli tengi yo‗q bir xazinadir. «Boburnoma» Boburning
eng yirik asaridir. Asarda Boburning ko‗rgan-kechirganlari, yurgan joylarining
tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o‗simliklar va boshqalar
tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobdan o‗ziga keragicha ma‘lumot topadi.
Asar muhim atamalar va toponomik manbalarga boy. Unda yer, suv, havo va
turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‗zlari ko‗plab keltirilgan.
Bobur o‗z asarlarida har bir hududni ma‘lum bir tartibda tasvirlaydi.
Asarda avvalo joyning geografik o‗rni, so‗ngra qaysi iqlimga mansubligi, har xil
shifobaxsh joylari, o‗simliklari, qazilmalari, hayvonot olami va aholisi berilgan.
Bobur tabiatdagi ba‘zi hodisalarni tasvirlaganda ularni mutlaqo mo‗jizalarga
bog‗lamaydi. U ko‗zi bilan ko‗rgan har bir mamlakatning qaysi iqlimga
mansubligini yozadi. Bobur mamlakatlarning iqlim va meteorologiya hodisalari
bilan qiziqqan.
Bundan tashqari Bobur ajoyib geobotanik bo‗lgan, u o‗simliklarni sevgan
va yaxshi bilgan. Asarlarida O‗zbekistondagi juda ko‗p giyoh va dorilarni,
ularning xosiyatlari hamda ahamiyati juda yaxshi ta‘riflangan.
«Boburnoma»da muallif O‗rta Osiyo, Afg‗oniston va Hindiston davlatlari
qishloq xo‗jaligining rivojlanganligi haqida ma‘lumotlar keltirgan. Asarda O‗rta
Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug‗doy, o‗rik, olma, behi, anor,
shaftoli, olcha, yong‗oq, nok va tutlarning bir necha navlari borligi ta‘kidlangan.
Shuningdek, Bobur O‗rta Osiyo va Hindistonda chorvachilik va xunarmand-
chilikning rivojlanishiga katta e‘tibor bergan. «Boburnoma»da Afg‗oniston
xalqining asalari bilan qadimdan shug‗ullangani va savdo qilishiga to‗xtalgan.
Bobur qayerda bo‗lmasin, o‗sha joylar tabiati va o‗ziga xos xususiyatlarini
jonajon vatani Andijon bilan taqqoslaydi. U ayniqsa gullar, manzarali hamda
mevali daraxtlarni ko‗paytirishga va ularning tarqalishiga e‘tibor bergan. Bobur
ovga juda ham qiziqar edi, shuning uchun O‗rta Osiyo, Afg‗oniston, Xuroson va
Hindistondagi hayvonlarni batafsil bayon etgan. Allomaning fikricha, o‗sha
davrlarda Farg‗ona vodiysida antilopalar, tog‗ echkilari va yirik yirtqich qushlar,
23
Samarqandda esa jayronlar, Buxoro antilopasi, kakliklar va boshqa hayvonlar
ko‗p bo‗lgan. U Hindiston hayvonlaridan fil, karkidon, antilopalarning bir necha
turlari, maymunlar, daraxtlarda yashovchi kalaxara kemiruvchilarini batafsil
yoritgan. Qushlardan esa tustovuqlar, to‗tiqushlar, bulbullar, suvda yashovchi
laylak, g‗oz va o‗rdaklar, yirik sut emizuvchi hayvonlardan begemot, suv
to‗ng‗izi kabilar keltiriladi.
Bobur bir necha bor yer qimirlash, oy va quyosh tutilishi kabi tabiiy
hodisalar guvohi bo‗lgan. Ushbu hodisalarning tabiat qonunlaridan boshqa narsa
emasligiga ishonch hosil qilgan.
O‗rta Osiyoni o‗rgangan rus olimlaridan I.A.Seversov, A.N. Kras-
novlarning asarlari va Qashqarov-Korovin maktabining shakllanishi O‗rta
Osiyoda tabiiy geografik g‗oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega
bo‗ldi. 1930-yillarda ekologiya-geografiya yo‗nalishiga asoslangan O‗rta Osiyo
ekologiya maktabi hozirgi O‗zbekiston Milliy Universiteti qoshida shakllandi.
Ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, ekologiyaga
oid adabiyotlarning namunalarini yaratishda bu maktabning xizmatlari kattadir.
Maktab ekologlari bergan g‗oyalar o‗lkaning tabiati va tabiiy resurslarni
aniqlash, o‗rganishda hamda O‗rta Osiyoda ekologik va geografik g‗oyalarning
rivojlanishiga katta hissa qo‗shdi.
P.A.Baranov, I.A.Raykovalar Pomir tog‗lari cho‗l biosenozining kelib
chiqishi, dinamikasi va evolutsiyasida organizmlarning hayotida noqulay
haroratning roli, madaniy biosenozlarni yuqori tog‗ sharoitida uchratish
masalalarini ishlab chiqishdi. R.I.Abolin, E.P.Korovin, M.V.Kultiasov va
I.I.Granitovlarning ekologik va fitosenologik qarashlari ularning chop etgan bir
qator ishlarida o‗z aksini topgan.
O‗rta Osiyoda zooekologik yo‗nalishdagi kompleks ishlarining rivojlanishi
T.Z.Zohidov nomi bilan chambarchas bog‗liq. U Qizilqum cho‗llarining o‗ziga
xos hayot makoni ekanligini, qumli, sho‗rxok, loyli va toshloq cho‗llarni
24
mustaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o‗z navbatida mayda, hududiy
birikmalarga ajratib beradi.
Yuqorida aytib o‗tganimiz kabi, bizning buyuk allomalarimiz tabiat, tirik
organizmlar va ularning tashqi muhit bilan o‗zaro aloqasiga doir masalalarga
to‗xtalgan.
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi «Botanika» IICHM va
Zoologiya instituti olimlari o‗simlik va hayvonlar ekologiyasiga bag‗ishlangan
ishlar olib borishgan, hozirda ham bu ishlar davom ettirilmoqda.
O‗rta Osiyo o‗simliklar olamini o‗rganish – M.G.Popov, E.P.Korovin,
Q.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, I.I.Granitov, S.S.Saxobiddinov, A.I.Vvedenskiy
kabi olimlarning nomi bilan bog‗liq. O‗zbekistonda ekologik yo‗nalishdagi
ishlarning
asoschilari
D.N.Qashqarov
va
E.P.Korovin
hisoblanadi.
D.N.Qashqarovning ekologiya masalalarini keng yoritgan «Muhit..... va jamoa»,
«Turkiston hayvonlari», «Hayvonlar ekologiyasi asoslari» kabi yirik ilmiy
asarlari chop etilgan. Ular ekologik ilmiy tadqiqot ishlarni rivojlantirish, ekolog
mutaxassislar tayyorlash masalasini ilgari surishgan.
D.N.Qashqarovning dastlabki ishlari O‗rta Osiyo kemiruvchilarini
o‗rganishga bag‗ishlangan edi. Ularning biologiyasi, sistematikasi va
zararkunandalariga e‘tibor berish bilan birga hayvonlar ekologiyasi bo‗yicha
ham ish olib borgan. 1928-yilda u AQShga boradi va 7 oy davomida yirik
ekologlarning ishlari bilan tanishadi. O‗zR FA akademiklari T.Z.Zohidov,
A.M.Muhammadiyev, muxbir a‘zolardan M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov,
V.V.Yaxontovlar O‗zbekistonda zoologik tadqiqotlarning rivojlanishida o‗z
hissalarini qo‗shgan olimlardandir. Zoologik tadqiqotlar O‗zR FAning
Zoologiya instituti faoliyati bilan bog‗liqdir.
M.A.Sultonovning «O‗zbekiston qushlarining gelmintlari» (1963),
V.V.Yaxontovning «Hasharotlar ekologiyasi» (1963), T.Z.Zohidovning
«Qizilqum cho‗llari biosenozlari» (1971) kabi asarlari nashr qilindi. 1981–1985-
yillarda O‗zbekistonda ovlanadigan kamyob hayvonlar ekotizimini o‗rganishga
25
kirishildi. Sut emizuvchi noyob hayvonlar sonining kamayib ketish sabablari,
ularni tiklash, kamyoblarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish yo‗llari
ishlab chiqildi (To‗xtayev, 1998).
1930-yillarda Ye.P.Korovin o‗simliklar jamoasi va muhitni birgalikda
o‗rganish muhimligini ta‘kidlagan. Bunday ilmiy ishlar o‗sha vaqtda O‗rta
Osiyo Davlat Universiteti biologiya fakulteti qoshida olib borilgan. Cho‗l
zonasining o‗simliklarini o‗rganish maqsadida kompleks ekspedisiyalar tashkil
qilinadi. Ye.P.Korvin, Q.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, I.I.Granitov kabi olimlar
rahbarligida cho‗l mintaqasidagi yaylovlarni yaxshilash borasida u yerdagi
o‗simliklar va hayvonlarni ekologiyasini o‗rganishga kirishiladi.
1950-yilda ekologiya ishlarining dolzarbligi hisobga olinib, O‗zR FA
Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida «O‗simliklar ekologiyasi»
laboratoriyasi tashkil qilinadi va shu laboratoriya xodimlari tomonidan cho‗l va
chalacho‗l sharoitida o‗simliklarning qurg‗oqchilikka moslanish yo‗llari
o‗rganiladi. Keyinchalik 1967–87-yillarda Farg‗ona vodiysi sharoitida kompleks
ekologik ishlar O‗.X.Hasanov, R.S.Vernik, T.U.Raximova, T.T.Raximova va
boshqalar tomonidan davom ettirildi. Natijada adr o‗simliklarining ekologik
klassifikatsiyasi berildi. Hozirda bunday ishlar Qizilqum, Jizzax cho‗llari, Orol
sharoitida ham davom ettirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |