EKOLOGIK OMILLAR TASNIFI (Dajo, 1975)
Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta‘siri
(minimum) va kuchli (maksimum) ta‘sir etishi mumkin. Shunday qilib, har
qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta‘siri bo‗lar ekan.
Ekologik omillar
M onchadskiy bo‘yicha
ekologik omillar
A. I qlim omillari:
harorat, yorug‘lik
Birlamchi davriy
Abiotik
omillar
Organizmlar
qalinligiga
bog‘liq
bo‘lmagan
omillar
N isbiy namlik:
yog‘inlar
I kkilamchi davriy
Boshqa omillar
V. Fizikaviy
omillar: Suv
muhiti omillari
I kkilamchi davriy yoki
davriy bo‘lmagan
Edafik omillar
D avriy bo‘lmagan
Biotik omillar
Organizmlar
qalinligiga
bog‘liq
omillar
S. Oziqaviy omillar
D . Biotik omillar:
turlar ichidagi
munosabatlar
Asosan ikkilamchi
davriy
H ar xil turlar
ichidagi o‘zaro
ta’sir
D avriy bo‘lmagan
42
Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb ataladi. Kritik nuqtalardan
ortiq kuch ta‘sirida organizm nobud bo‗ladi (2-rasm).
Omilning kuchli ta‘sir etishi, ya‘ni optimum qonunning organizmlarga
ta‘sirini tushunib olish uchun g‗o‗za o‗simligini havo haroratiga bo‗lgan
munosabati va uning optimum, minimum va maksimum nuqtalari haqida to‗xtab
o‗tamiz. Ma‘lumki, chigitning unib chiqishi uchun harorat 14–16°C bo‗lishi
zarur. Bahorda harorat past kelsa, chigitning unib chiqishi kechikadi. Bizning
sharoitda g‗o‗za nihollari paydo bo‗lgan vaqtda havo bilan tuproq harorati sekin-
asta ko‗tariladi va odatda, normal darajada bo‗ladi. Harorat 38°C dan yuqori
bo‗lganda, ayniqsa, nam kam bo‗lsa, o‗simlik qizib ketadi. Harorat 1–2°C
bo‗lsa, g‗o‗za nihollarini sovuq uradi. Kuzdagi 3–4°C sovuq ham g‗o‗zani
nobud qiladi. Shunday qilib, g‗o‗za o‗simligining vegetatsiya davomida
minimum nuqtadan haroratni 1–4°C pasayishi uni nobud bo‗lishiga olib keladi.
14–16°C dan 38°C gacha oraliqdagi harorat o‗simlik o‗sishi uchun qulay, undan
yuqorisi esa, noqulay hisoblanadi. G‗o‗za o‗simligi uchun maksimum nuqta 46–
47°C deb qarash mumkin.
2-rasm. Ekologik omillar ta‘sir qilishining natijalari (Radkevich, 1983).
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri-
old qo‗shimchasini qo‗shib, tor doirada moslashganlarga steno-old
qo‗shimchasini qo‗shib nomlanadi. Haroratga nisbatan evriterm, stenoterm,
namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‗rlanishga nisbatan evrigal,
43
stenogal deb nomlanadi. Ekologik omillarning ta‘sir etish kuchi bilan
organizmda bo‗ladigan o‗zgarishlarning o‗zaro ta‘siri bosimga nisbatan evribat,
stenobat ekologik guruhlar ajratiladi.
Tashqi muhitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‗indisi
turning – ekologiya spektrini tashkil etadi. Masalan, cho‗lda o‗suvchi sho‗raklar
tuproqning sho‗rligiga, qurg‗oqchilik va yuqori haroratga yaxshi moslashgan.
Ushbu omillarga moslanish sho‗raklarning ekologik spektrini tashkil etadi.
Boshqa turlar tuproq sho‗rlanishiga chidamsiz ekanligini ko‗rish mumkin.
Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga to‗g‗ri kelmaydi. Hatto bir xil
sharoitda yashayotgan va moslashish xususiyati ham o‗xshash bo‗lgan turlar
ozmi-ko‗pmi miqdorda o‗zining ekologik imkoniyatiga ega bo‗ladi. Izen va
teresken o‗simliklari qurg‗oqchil va issiq sharoitga moslashgan turlar
hisoblanib, ulardan birinchisi nisbatan qurg‗oqchilikka ham, yuqori haroratga
ham biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi.
Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga ham har xil ta‘sir etadi.
Sovuq qonli hayvonlar uchun havo haroratining 40–45°C bo‗lishi modda
almashinuvi
jarayonini
tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya‘ni
harakatlanishi susayadi. Bunda hayvonlar tinim holatiga o‗tadi.
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik darajasi, kritik
nuqtalari, optimal zonasi ham to‗g‗ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy,
yosh yoki fiziologik xususiyatlari bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. Don
mahsulotlari va unda yashovchi mita kapalagining g‗umbagi uchun kritik
harorat – 7°C ni tashkil etsa, katta yoshdagilari uchun 22°C, tuxumlari uchun
esa – 27°C. – 10°C, harorat g‗umbakni nobud qiladi, ammo ularning davri va
tuxumlariga ta‘sir etmaydi.
Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta‘sir etadi.
Ushbu omillarning ta‘siri boshqa omillarning miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Buni
omillarning o‗zaro ta‘sir etish qonuniyati deyiladi.
44
Organizmning normal hayoti uchun ma‘lum darajada sharoit talab yetiladi.
Agar barcha shart-sharoitlar qulay bo‗lib, ulardan biri yetarli miqdorda
bo‗lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu
sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi.
Turlarning shimolga tomon siljishiga harorat omilining yetishmasligi ta‘sir
etsa, qurg‗oqchil hududlarda esa namlik yoki yuqori haroratning ta‘siri
cheklovchi hisoblanadi. Cheklovchi omillar faqatgina abiotik omillar bo‗lib
qolmay, balki biotik omillar ham bo‗lishi mumkin. Gulli o‗simliklar turlarini
biror joyga iqlimlashtirishda ularni changlatuvchi hasharotlar cheklovchi omil
buladi. Cheklovchi omillarnn aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
3-rasm. Ekologik omillar ta‘sir qilishining natijalari (Radkevich, 1983).
Organizmning yaxshi o‗sishi, rivojlanishi abiotik omillarning optimal
(zona) sharoiti ta‘sirida bo‗lsa, ularning yomon holati (nobud bo‗lishi) minimal
sharoitda, ya‘ni abiotik omillarning salbiy ta‘siri natijasida yuzaga keladi (3-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |