Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

evrifot,  yorug‗likka  moslanish  diapazoni  tor  bo‗lgan  hayvonlarga  –  stenofotlar 
deyiladi. 
Yorug‗lik  hayvonlar  ko‗rishi  hamda  mo‗ljal  olishi  uchun  zarur  omil 
hisoblanadi.  Hayvonlarda  ko‗rishning  rivojlanishi  nerv  tizimining  rivojlanishi 
bilan parallel holda borgan. 
Ko‗rish  organlarining  taraqqiy  etishi  –  har  bir  tur  yashagan  muayyan 
ekologik  sharoit  va  yashash  muhitiga  bog‗liq.  Doimo  g‗orda  yashaydigan 
hayvonlarda, u yerga yorug‗lik tushmaganligi sababli, ularning ko‗rish organlari 
– ko‗zlari qisman yoki to‗lig‗icha reduksiyalashgan bo‗ladi. Masalan, ba‘zi bir 
ko‗zi ojiz qo‗ngizlarda. 
Yaxshi  ko‗rish  faqat  ko‗zlar  yetarli  darajada  murakkab  tuzilishga  ega 
bo‗lgandagina  mumkin  bo‗ladi.  Masalan,  o‗rgimchaklar  1–2  sm  oraliqdagi 
harakat  qiladigan  narsalarni  ajratadi.  Keng  hajmda  ko‗rish  odamga,  ba‘zi  bir 
qushlar – sa‘va, burgut kabilarga xosdir. Ba‘zi  bir chirqildoq ilonlar spektrning 
infraqizil  nurlarini  ko‗ra  olganligi  sababli,  o‗ljasini  qorong‗ida  ham  ovlaydi. 
Asalarilar  esa  ultrabinafsha  nurlarni  ajrata  oladi,  lekin  infraqizil  nurlarni  ajrata 
olmaydi. 
Odamlar  uchun  ko‗rish  nurining  chegarasi  –  binafshadan  tortib  toki  to‗q-
qizilgacha hisoblanadi. 


51 
 
Yuqorida  qayd  etilgani  kabi  yorug‗lik  ko‗pchilik  hayvonlar  uchun  fazoda 
mo‗ljal  olishda  yordam  beradi.  Qushlar  esa  uzoq  joylarga  uchib ketayotganida 
quyoshga qarab, yulduzlarga qarab mo‗ljal oladi. 
Yorug‗lik  hayvonlarning  geografik  tarqalishiga  ham  ta‘sir  qiladi.  Qushlar 
olami  vakillari  va  ayrim  sut  emizuvchilarning  kuz  kelishi  bilan  janub 
tomonlarga migratsiyasi boshlanadi, chunki qisqa shimol kunlari ko‗pgina turlar 
uchun  o‗zlarining  oziq-ovqatini  yetarli  darajada  topishi  uchun  yetarli  emas. 
Mayda  qushlar  o‗ziga  kerakli  ozuqa  moddani  olish  uchun  kun  davomida  5–6 
marta  ovqatlanishi  kerak,  bu  esa  ularning  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko‗chib 
o‗tishiga  sabab  bo‗ladi.  Ular  qisqa  kunda  ovqat  topishga  ulgura  olmaydi. 
Shimoldan ketib qolishlariga past harorat, ovqat yetishmasligi emas, balki qisqa 
kun ichida o‗ziga kerakli ovqatni topa olmasligi sababchidir. 
Hayvonlar  orasida  kunduzgi,  kechki  va  tungilarini,  ya‘ni  quyoshning 
yorug‗  nuriga  chiday  olmaydigan,  doimo  qorong‗ida  yashovchilarni  ajratish 
mumkin. Ularga tuproq hayvonlarini, chuqur g‗or va 1500 m chuqurda dengizda 
yashovchilarni, o‗simlik va hayvonlarning ichki parazitlarini misol qilib keltirish 
mumkin. 
Hayvonlarda  ham  ko‗rish  har  xil  bo‗ladi.  Ko‗pchilik  umurtqalilar 
insonlarga  o‗xshab  rang  va  shaklni  ajrata  oladi,  boshqalari  esa  faqat  oq-qora 
rangni  ajratadi,  narsa  rangini  ajrata  olmaydi.  Yorug‗likni  ular  signal  –  xabar 
berish omili sifatida qabul qiladi, bu esa ularning xulqi va tarqalishini aniqlaydi. 
Masalan,  yirik  chivin  va  ularning  lichinkalari  kuchsiz  yorug‗likni  yaxshi 
ko‗radi,  kuchli  qorong‗i  va  kuchli  yorug‗likdan  qochadi.  Tuproq 
umurtqasizlarining  hammasi  deyarli  –  fotofoblardir.  Ular  uchun  yorug‗lik  – 
signal,  ya‘ni  noqulay  sharoitdan  ogohlantiradi  (qurg‗oqchilik,  yuqori  harorat 
kabi). 
Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  yorug‗lik  o‗simliklar  uchun  birinchi 
navbatda,  fotosintezning  amalga  oshishi  uchun  muhim  hisoblansa,  hayvonlar 
uchun asosan axborot berish sifatida ahamiyatga egadir. 


52 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish