N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi


 Aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish yo’nalishlari



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

11.4. Aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish yo’nalishlari 
 
Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish vakolatli davlat idoralari tomonidan 
daromadlarni  barqarorlashtirish  va  jamiyat  taraqqiyotida  yuz  berayotgan  ijtimoiy-
iqtisodiy  o’zgarishlarga  muvofiq  tarzda  oshirib  borish  maqsadida  amalga  oshiriladigan 
chora-tadbirlar  hamda  me’yorlarni  o’zida  mujassamlashtiradi.  U  ishchi  kuchini  normal 
takror  ishlab  chiqarish  va  rivojlantirish  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratib  berishga 
qaratilgan. 
Hozirgi  sharoitda  davlat  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarga  butunlay  aralashmasligi 
mumkin  emas,  chunki  bozorning  taqsimoti  o’z  tabiati  bo’yicha  adolatsizdir.  Bozor 
sharoitida  «har  bir  kishiga – iqtisodiy  faoliyati  natijasidan  qat’i  nazar  munosib  hayotni 
ta’minlovchi  daromad»  tamoyiliga  rioya  qilinmaydi.  Shuning  uchun  bu  jarayonga 
davlatning aralashuvi zarurat hisoblanadi. 
Davlat tomonidan tartibga solishning ob’yektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanishning 
ma’lum darajaga etishi, ishlab chiqarish va kapital kontsentratsiyasida yuzaga keladi. Bu 
imkoniyatni haqiqatga aylantirish zarurati muammolar o’sib borgani sayin kuchayadi va 
ularni davlat tomonidan tartibga solish orqali bartaraf etish lozim. 


 
223 
Hozirgi  sharoitda  daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  takror  ishlab 
chiqarishning  tarkibiy  qismidir.  U  ko’p  vazifalarni  echadi,  masalan,  iqtisodiy  o’sishni, 
tarmoq  va  mintaqaviy  tuzilmalardagi  progressiv  siljishlarni  rag’batlantirish,  eksportni 
qo’llab-quvvatlash, ish bilan bandlik, soliqqa tortish, narxlarni tartibga solish va hokazo. 
Daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  aniq  yo’nalishi,  shakllari,  ko’lami 
ayrim  mamlakatlar  va  muayyan  davrda  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar  xarakteri  va 
jiddiyligi bilan belgilanadi. 
Turli sabablarga ko’ra, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Skandinaviya davlatlari, 
Yaponiya  hamda  Osiyo  va  Lotin  Amerikasining  jadal  rivojlanayotgan  bir  qator 
davlatlarida  daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  mexanizmi  kengroq  rivoj 
topgan.  Ikkinchi  jahon  urushi,  sotsializm  lageri  oqibatlarini  boshdan  kyechirmagan 
AQSh,  Kanada,  Avstraliya  kabi  davlatlarda  u  zaifroq  rivojlangan, ammo  bu  davlatlarda 
ham  daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  muhim  o’rin  tutadi,  ayniqsa, 
kon’yunkturaning  buzilishi,  inflyatsiya  va  ishsizlikning  o’sishi  sharoitida  unga  ehtiyoj 
ortadi. 
Daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  mexanizmini  anglash  uchun 
uning  sub’yektlari,  ob’yektlari,  maqsadi,  instrumentlarini  (vositalari)  ko’rib  chiqish 
lozim. Xo’jalik manfaatlarining sohiblari, ifodalovchilari, ijrochilari iqtisodiy siyosatning 
sub’yektlari hisoblanadi. 
Xo’jalik  manfaatlari  sohiblari bir-biridan  mulkiy  mavqei,  daromadi,  kasbi,  tarmoq 
va  mintaqaviy  manfaatlari  kabi  belgilari  bilan  farqlanuvchi  ijtimoiy  guruhlardir.  Bu 
guruhlarga korxonalarning (firma) yollanma ishchilari va egalari, fermerlar va yer egalari, 
dehqonlar,  mayda  va  yirik  tadbirkorlar,  hissadorlar,  davlat  xizmatchilari  va  erkin  kasb 
egalari kiradi. 
Daromadlarni  shakllantirishning  o’z-o’zidan  hal  bo’lmaydigan  muammo  va 
qiyinchiliklari mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan sohalari, holatlari, sharoitlari, 
manbalari  daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  ob’yektlaridir.  Mazkur 
muammolarni  hal  etish  va  oldini  olish  orqali  iqtisodiyotni  bir  maromda  rivojlantirish, 
ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, jamiyatdagi barqarorlikni saqlash mumkin. 
Daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  asosiy  ob’yektlari  quyidagilar: 
daromadlar, ish haqi minimumi; bandlik, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash; soliqlar, 
narxlar; ijtimoiy kafolatlar, ijtimoiy munosabatlar (shu jumladan, ish beruvchi va yollanib 
ishlovchilar  o’rtasidagi  munosabatlar),  ijtimoiy  ta’minot;  huquqiy  ta’minot  (xavfsizlik, 
hayot, mulk va jamg’armalarni himoyalash). 
Daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  bosh  maqsadi  daromadlarni 
davlat  byudjeti  orqali  qayta  taqsimlashdan  iboratdir.  Shu  bilan  birga,  kam 
ta’minlanganlarning  daromadlarini  oshirish,  ularning  ishchi  kuchini  takror  ishlab 
chiqarish,  ishlab  chiqarish  omillarining  turlicha  ekani  tufayli  yuzaga  kelgan  dis-
proportsiyani  bartaraf  etish,  ish  bilan  bandlikni  tartibga  solish  va  ijtimoiy  tanglikning 
oldini olish kabi muammolar ham hal etiladi. 
Ko’rilayotgan doirada davlatning faolligi markaziy va mahalliy byudjetdan qilingan 
ijtimoiy  xarajatlar  hajmi  bilan  o’lchanadi.  Milliy  daromadni  qayta  taqsimlashda 
davlatning  imkoniyatlari  byudjet  tushumlari  bilan  cheklanadi.  Davlat  daromadlari 
o’sishining ma’lum chegaralari mavjud: 
- tadbirkorlik faoliyatining yetarli darajadagi chegaralari; 


 
224 
- yollanib  ishlovchilar,  aholining  o’rta  qatlamini  soliqqa  tortishning  ijtimoiy 
chegaralari; 
- YaIMning o’sish chegaralari (kon’yunktura chegaralari). 
Mazkur  chegaralarning  mavjudligi  shuni  tasdiqlaydiki,  ijtimoiy  to’lovlar  miqdori 
davlatning  moliyaviy  (iqtisodiy)  imkoniyatlariga  monand  bo’lishi  kerak.  Ijtimoiy 
to’lovlar hajmini soliq tushumlaridan oshirib yuborish byudjet kamomadi va inflyatsiyaga 
sabab bo’luvchi omillardan sanaladi. 
Davlat  soliqlar  darajasini  ham  oshirib  yubormasligi  lozim,  aks  holda  bozor 
rag’batiga zarar etkazilishi va jamg’armalarning turg’un defitsiti yuzaga kelishi mumkin. 
Vaholanki,  jamg’armalar  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishning  moliyaviy  asosini 
tashkil etadi va investitsiyalarga yo’l ochadi. 
Davlat daromadlarni qayta taqsimlashni tashkil qilar ekan, murakkab muammoni hal 
etadi: ishsizlar, nogironlar, keksalarni asrash uchun mablag’ ajratishga jamiyatning qaysi 
qatlamlarini jalb qilish kerakligini aniqlab oladi. Bu murakkab vazifalar davlat tomonidan 
iqtisodiy imkoniyatlarni ijtimoiy iste’mol bilan muvofiqlashtirib hamda salbiy oqibatlarni 
mikro va makro darajada tugatib borib hal etiladi. 
Daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  –  turli  darajalar:  davlat,  tarmoq, 
mintaqa va korxonalarning o’zaro aloqasini ko’zda tutuvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayondir (11.6-chizma). 
Bu barcha darajalar o’zaro bog’liq, o’zaro qaram, ammo har biri o’z xususiyatiga va 
ierarxiyada  o’z  o’rniga  ega.  Davlat  yetakchi  tarmoqdir,  u  tartibga  solishning  yo’nalishi, 
taktikasi,  uslublari,  mexanizmi  va  ustuvor  jihatlarini  ishlab  chiqadi.  Iqtisodiyotning 
ijtimoiy  orientatsiyasi  xo’jalikni  shaxsni  kamol  toptirish  vazifasiga  ongli  ravishda 
bo’ysundiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish