N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

12.1-jadval 
O’zbekiston Respublikasi axolisining mehnat yoshiga ko’ra guruhlarga 
taqsimlanishi
1
 
(yil boshiga nisbatan, ming kishi) 
Ko’rsatkichlar  1991 y.  2001 y.  2002 y.  2003 y.  2004 y.  2008 y.  2009 y. 
1991-
2009 
yy.% 
Mehnatga 
yaroqli 
yoshgacha 
bo’lgan aholi 
8896,2  9864,5  9734,5  9328,1  9217,1  9445,2  9631,7 
 
103,6 
Sh.j., qishloq 
joylarda 
5841,7  6705,5  6633,6  6414,2  6346,5  6421,8  6760,5 
 
108,6 
Mehnatga 
yaroqli yoshdagi 
aholi 
10135,3 13142,9 13563,8  14859,3  15241,3  16854,1  17010,6  150,4 
Sh.j., qishloq 
joylarda 
5681,1  7907,1  8309,3  9164,5  9456,9  7769,7  10716,3  166,5 
Mehnatga 
yaroqli yoshdagi 
aholi 
1610,0  1805,7  1817,5  1834,0  1854,3  16321,9  16901,1  115,2 
Sh.j., qishloq 
joylarda 
825,2 
975,1 
984,3  1000,7  1167,6  7834,0  8009,2  141,5 
 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatda mehnatga yaroqli yoshgacha 
bo’lgan aholi sonining kamayishi tendentsiyasi kuzatilmokda. Bu ko’rsatkich 2001 yilda 
                                                           
1
 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan. 


 
236 
9864,5 (jumladan, qishloq joylarda - 6705,5) ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilga 
kelib  9631,7  ming  nafardan  iborat  bo’lmoqda.  Ushbu  holat  mamlakatdagi  demografik 
vaziyatning nisbatan barqarorlashuvi, natijada tug’ilishning kamayishi bilan bog’liq holda 
ro’y  bergan.  Shu  bilan  birga,  mustaqillikdan  oldingi  va  uning  dastlabki  yillarida 
O’zbekistonda  tug’ilish  ko’rsatkichlari  yuqori  bo’lganligi  sababli  2001-2009  yillar 
mobaynida  mehnatga  yaroqli  yoshdagi  aholi  soni  o’sib  borgan  va  bu  davrda  13142,9 
ming  kishidan  17010,6  ming  kishiga  etgan.  Ishga  layoqatli  yoshdagi  fuqarolar  butun 
aholining salmoqli qismini tashkil etib, ularning soni demografik omil ta’sirida o’zgarib 
turadi. Ularning qancha bo’lishi tegishli yoshlardagi o’lim darajasiga bog’liq. 
Bu,  jumladan,  mehnat  qilish  yoshiga  etgan  o’smirlar  bilan  pensiya  yoshiga  etgan 
fuqarolar soni o’rtasidagi nisbatga ham taalluqli. O’lim qancha kam bo’lsa va mehnat qilish 
yoshiga  etgan  fuqarolar  bilan  bu  yoshdan  chiqqan  kishilar  o’rtasidagi  farq  qancha  yuqori 
bo’lsa, ishlash qobiliyatiga etgan kishilar soni shuncha ko’p bo’ladi yoki aksincha. Mehnatga 
layoqatli  yoshdagi  barcha  aholi  ham  ishga  yaroqli  hisoblanmaydi.  Chunki  ular  tarkibida 
nogironlar  va  yoshga  ko’ra  imtiyozli  nafaqa  oluvchi  shaxslar  bo’ladi.  Demak,  mehnatga 
layoqatli  yoshdagi  aholi  -  ishlamayotgan  I  va  II  guruh  nogironlari  hamda  yoshiga  qo’ra 
imtiyozli nafaqa oluvchi shaxslardan tashqari ishga qobiliyatli yoshdagi kishilar (16-60 yosh 
bo’lgan erkaklar va 16-55 yosh bo’lgan ayollar)dir. 
Resurslarning  aksariyat  qismini  mehnatga  layoqatli  yoshdagi  mehnatga  qobiliyatli 
aholi  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  mehnat  resurslarining  dinamikasiga  xos 
xususiyatlar  ko’proq  darajada  shu  yoshdagi  aholi  bilan  bog’likdir.  Xizmat  qilishga 
layoqatli  yoshdan  katta  kishilar,  ishlovchi  pensionerlar  va  mehnatga  layoqatli  yoshdan 
kichik  kishilar,  ishlovchi  o’smirlar  resurslar  salmog’ida  u  darajada  sezilarli  rol’ 
o’ynamaydi.  Iqtisodiyotda  hamisha  pensiya  yoshdagi  kishilar  mehnatidan  foydalanish 
«nuqta»lari bo’ladi. Ular orasida yuqori aqliy malaka ishlatishni talab qiladigan faoliyat 
turlari ham bo’lib, insondan yuqori tayyorgarlik va muayyan amaliy tajribani talab qiladi.  
Ko’pgina maktab o’qituvchilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’qituvchi-
professorlari, shifokorlar, ilmiy xodimlar va yuqori aqliy faoliyat turlari vakillari borki, ular 
pensiya  marrasidan  o’tgandan  keyin  ham  samarali  mehnat  qiladilar.  Pensiya  yoshining 
dastlabki besh yilida (erkaklar uchun 60-64 yosh, ayollarda 55-59 yoshda) alohida faollik 
seziladi. O’zbekistonda mustaqillikning boshidagi siyosiy, tarkibiy va iqtisodiy o’zgarishlar 
o’smirlar hamda pensionerlarning mehnat faoliyatiga sezilarli ta’sir qildi (12.2-jadval). 
Ushbu  jadval  ma’lumotlaridan  ko’rinib  turganidek,  respublikamiz  mehnat  resurslari 
yildan-yilga oshib bormoqda. Agar 1991 yil mamlakatda ular 10213,2 ming kishidan iborat 
bo’lgan  bo’lsa,  bugungi  kunga  kelib  ushbu  ko’rsatkich  14791,9  ming  kishini  tashkil 
etmoqda. O’tgan 18 yil davomida 4578,7 ming kishiga yoki 1,5 barobarga oshgan va mazkur 
davr oralig’ida ularning yillik o’rtacha o’sish sur’ati 3,0-3,5 %ga to’g’ri kelgan. Shuningdek, 
mehnat resurslarining 98,5-99,0 % mehnat yoshidagi ishga qobiliyatli aholidan tashkil topsa, 
qolgan 1,0-1,5 % ishlayotgan o’smirlar va pensionerlardan iboratdir. 
Shunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita 
bog’liqligini  e’tirof  etgan  holda,  shu  dinamikaning  ma’lum  darajada  nisbiy 
«mustaqilligi»ga e’tibor qaratamiz. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan 
bog’liq demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Mehnat resurslari soni 
(dinamikasi)ning  o’zgarishi  bilan  butun  aholining  o’zgarishi  o’rtasida  bog’liqlik  bor. 
Biroq, u birinchi qarashda unchalik ko’zga tashlanmaydi. Mehnat resurslarining miqdori 


 
237 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish