11.7-chizma. Rivojlangan kapitalistik davlatlarda ish haqini tartibga solish modeli
Davlat tomonidan
tartibga solish
Shartnomali tartibga solish:
1. Umummilliy va sektorial jamoa
shartnomalari
2. Tarmoq jamoa shartnomalari
3. Firma jamoa shartnomalari
Mehnat bozori va bozorga o’z-o’zini
moslash
1. Davlat va xususiy korxonalarda ish
haqi
2. Uyushmagan mehnatdagi ish haqi
(kichik korxonalar, xizmat ko’rsatish
sohasi)
O’rtacha statistik ish haqi
226
1) Davlat aralashuvi (iqtisodiydan ko’ra ijtimoiyroq rol’, bevositadan ko’ra bilvosita
xarakter);
2) Jamoa-shartnomali (umummilliy, tarmoq, firma) tartibga solish;
3) Qiymat qonuniga bo’ysunuvchi mehnat bozori.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, davlatning boshqaruv idoralari ish
haqini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tartibga soladi:
- kafolatlangan eng kam ish haqini belgilash (AQSh, Fransiya, Ispaniya va
boshqalar), ammo u umummilliy shartnomalar asosiga qurilishi ham mumkin;
- soliq tizimi (daromadlar va ish haqiga nisbatan);
- inflyatsiya kuchaygan davrda ish haqi miqdorining chegarasi (yoki narxlarning
oshishi davrida daromadlar pasayishini kompensatsiyalash);
- iqtisodiyotning davlat sektorida ish haqini bevosita tartibga solish (ammo u
cheklangan xarakterga ega, chunki aksariyat korxonalar to’la erkinlik va o’z-o’zini
ta’minlash tamoyili asosida faoliyat yuritadi);
- jamoaviy shartnomalarni tartibga solishning institutsional asoslari.
Nominal daromadlarni inflyatsiyadan himoyalash daromadlar siyosatining tarkibiy
qismidir. Rivojlangan davlatlarda u daromadlarni davlat darajasida indeksatsiya qilish
(tegishli qonunlar asosida) va jamoaviy shartnomalar orqali ayrim firmalar
(kompaniyalar)
darajasida
ham
amalga
oshiriladi.
Indeksatsiya
tizimi
differentsiatsiyalangan (tabaqalashgan) yondashuvni ko’zda tutadi (eng past daromadlarni
to’la kompensatsiyasidan aholining yuqori daromadli guruhida uning mutlaqo
bo’lmasligigacha).
Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda kambag’al oilalarning daromadlarini qo’llab-
quvvatlash davlat tomonidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy ta’minotning (sug’urta) mustaqil
xodimlarga ko’maklashish va qaratilgan ma’lum tizimi mavjud. U milliy xususiyatlar va
iqtisodiy imkoniyatlar tufayli xilma-xildir. Shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalashning
milliy tizimlari qo’llaniladi. Masalan, AQShda davlat darajasidagi dasturlarning ikki
guruhini ajratish mumkin:
1) Ijtimoiy sug’urta dasturi (pensionerlar, ishsizlar, vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik bo’yicha, boqimandalar) sug’urta qilingan shaxsning yaqinlari yo’qotgan ish
haqini qisman kompensatsiyalaydi.
2) Davlat yordami dasturi (Xayriya dasturlar) – mehnatga layoqatsizlar uchun
nafaqa tayinlash (qariyalar, ko’zi ojizlar, mehnatga layoqatsizlar), kam ta’minlangan
oilalarga yordam va shu kabilar.
Daromadlarni ma’lum darajada tutib turish uchun umumiy xarajatlar AQShda oxirgi
50 yil ichida YaIMning 4 foizidan 18,0 %gacha o’sdi.
So’nggi yillarda O’zbekistonda davlat daromadlar siyosati muhim o’zgarishlarga yuz
tutdi: ma’muriy-buyruqbozlik tizimida amal qilgan qat’iy markazlashgan siyosat iqtisodiy
islohotlarning boshlanishi bilan ancha yumshadi, bozor iqtisodiga o’tilishi, iqtisodiyotdagi
yakkahokimlikka (monopoliyaga) barham berilishi, xususiy mulkchilikka yo’l ochilishi
tufayli mutlaq iqtisodiy erkinlik joriy etildi.
Agar bozor munosabatlariga o’tishning ilk bosqichlarida korxonalarga o’z biznesini
rivojlantirishda erkinlik, mustaqillik berilishi sharoitida daromadlarni davlat tomonidan
tartibga solish ortiqcha degan nisbatan noto’g’ri fikrlar ustunlik qilgan bo’lsa, hozirgi
227
vaqtda daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishni boshqaruvning respublika
hukumati va mahalliy hokimiyatlarning funktsiyasi sifatida qaralmoqda.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida daromadlarni davlat tomonidan tartibga
solishning quyidagi asosiy yunalishlari shakllandi: eng kam ish haqi, byudjet sohasi va
davlat xizmatchilari mehnatiga haq to’lash; inflyatsiyaga qarshi siyosat; ish bilan bandlik
siyosati; jamiyatda ijtimoiy kafolatlar tizimi va ijtimoiy himoyalashning barcha tizimlari;
daromadlarni tartibga solish, mehnat munosabatlarini jamoa-shartnomali tartibga solish,
soliq siyosati sohalarida qonunchilik bazasini yaratish, tegishli tuzilmalar tashkil etish va
shu kabilar.
Kafolatlangan eng kam ish haqini belgilash ish haqini davlat tomonidan tar-
tibga solishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Eng kam ish haqi ij-
timoiy me’yor bo’lib, ishlab chiqarishning normal sharoitlarida eng oddiy mehnatning quyi
chegaralarini ifodalaydi. U bir oy uchun pul shaklida hisoblanadi. Eng kam ish haqi miqdori
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan belgilanadi, davlat tomonidan
kafolatlanadi va butun mamlakat hududida amal qiladi.
Eng kam ish haqi muammolari BMT qoshidagi Xalqaro Mehnat Tashkilotining turli
forumlarida ko’rib chiqilgan. 1928 yildayoq «Eng kam ish haqini belgilash mexanizmi
haqida»gi 26-sonli Konventsiya va uni belgilash to’g’risidagi 30-sonli Tavsiyanoma qabul
qilingan edi. Eng kam ish haqi muammosini hal etish, uni belgilanishini majburiyligi
Xalqaro mehnat tashkilotining 131 sonli (1971 yil) Konventsiyada ham o’z aksini topgan.
Eng kam ish haqini kiritish to’rt asosiy maqsadni ko’zda tutgan edi:
1) oddiy ishlarni bajaruvchi xodimlarning haddan tashqari ekspluatatsiya qilinishiga
barham berish;
2) ish haqini keskin pasaytirish yo’li bilan erishiladigan nohalol raqobatga qarshi
turish;
3) ish haqining eng quyi darajasini oshirish vositasida ish haqi umumiy darajasini
oshirish;
4) ijtimoiy siyosatning milliy daromadni qayta taqsimlash, shuningdek iqtisodiyotni
rivojlantirish bilan bog’liq tashabbuslarni muvofiqlashtirish.
Eng kam ish haqini belgilashda bir qator mezonlarga amal qilinadi. Iste’mol mezoni,
ya’ni mutlaq standart mezondan rivojlanayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi, bu
mamlakatlarda eng kam ish haqi miqdorini belgilash murakkab iqtisodiy vaziyat
kontekstida qo’yilgan dadil qadamdir. Rivojlangan davlatlarda boshqacha yondashuv
mavjud – eng kam ish haqi mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyat bilan bevosita
bog’liq holda belgilanadi.
Eng kam ish haqi tizimlari turlicha bo’lib, ulardan eng ko’p tarqalganlari
quyidagilar:
- past ish haqi oladigan va mehnat bozorida raqobatga bardosh berolmaydigan
aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalash;
- adolatli ish haqini belgilash;
- ish haqining barcha tizimlari bazasini o’rnatish (qashshoqlikka qarshi kurash, ish
haqini pasaytirib yuborishdan himoya qilish);
- yuksak milliy maqsadlarga erishish uchun eng kam ish haqini makroiqtisodiy
siyosat instrumenti sifatida baholash: iqtisodiy o’sishni tartibga solish, daromadlarni
taqsimlashni yaxshilash.
228
Eng kam ish haqini tartibga solish uchun kelajakda yangi mehnat normativi, ya’ni
eng kam soatbay ish haqi taklif etilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu ko’rsatkichni
joriy etish xodimlarning ijtimoiy himoyalanganini oshiradi va ularning ish haqi darajasi
yashash minimumi miqdoriga yaqinlashishini jadallashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |