N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11.2-chizma. Uy xo’jaliklari yalpi daromadlariga oid chizma 
 
Uy  xo’jaligi – bitta  xonadonda  yashaydigan,  barcha  daromadlari  va  moddiy 
boyliklarini  (yoki  ularning  bir  qismini)  birlashtirgan  va  tovarlar  hamda  xizmatlar 
Birlamchi daromadlar 
Ikkilamchi daromadlar 
Ishlab chiqarish va tadbirkorlik 
faoliyatidan 
Joriy transfertlar 
- yollanib ishlashdan (mehnat 
haqi pul va natura bilan 
to’lanadi), 
- o’zining ishi (biznesi) bilan 
bandlikdan, 
- aralash daromad, 
- shaxsiy tomorqa xo’jalikdan 
(pul va natura bilan) olinadigan 
daromad 
 
Mulkdan 
Moliyaviy 
aktivlardan:  
-qimmatli 
qog’ozlardan,  
-banklardagi 
omonatlardan 
Noishlab 
chiqarish 
aktiv-
laridan: 
er, ko’ch- 
mas mulk 
va hoka-
zolardan 
-pensiyalar, 
-stipendiyalar, 
-nafaqalar, 
-sug’urta tovonlari, 
-moddiy yordam, 
-gumanitar yordam, 
-merosdan olinadigan 
daromad 
Uy xo’jaliklarining yalpi daromadi 


 
217 
iste’moli,  asosan  turar  joy  va  oziq-ovqat  mahsulotlariga  sarf-xarajatlarni  birgalikda 
amalga oshiradigan shaxslar guruhi (yoki bir shaxs)dir. 
Aralash  daromad  daromadlarning  mustaqil  ko’rsatkichi  bo’lib,  unda mehnatga haq 
to’lash  va  foyda  olish  elementlari  mujassamlashadi.  Aralash  daromadlar  xususiy 
tadbirkorlik  faoliyatidan  (yollanma  mehnat  qo’llanilmagan  holda),  shaxsiy  tomorqa 
xo’jaligidan olinadigan daromadlar, erkin kasbdagi shaxslarning daromadlari, mualliflik 
gonorarlari va shu kabilarni o’z ichiga oladi. 
Bozor iqtisodtiyoti sharoitida har qanday mamlakatning aholi daromadlari hamisha 
turli  ijtimoiy  guruhlar  bo’yicha  tabaqalashadi.  Bunda  asosiy  masala  ushbu 
daromadlarning  qay  darajada  tabaqalashganligidangina  iborat.  Adolat  va  fuqarolar 
tengligi  tamoyillari  xukmron  bo’lgan  demokratik  davlatda  ayrimlar  o’ta  badavlatligi, 
boshqalarning  esa  qashshoqligi  ijtimoiy  keskinlikning  oshishiga  olib  kelishi  mumkin. 
Aynan  shu  bois  daromadlardagi  mavjud  notenglikni  o’lchash  uslubiyatini  o’zlashtirish, 
tengsizlikni  vujudga  keltiradigan  sabablarni  bila  olish  va  aholi  daromadlarining  jamiyat 
uchun maqbul yo’sinda tabaqalashishiga erishish zarur. 
Iqtisodiyotda  aholi  daromadlari  tabaqalashuvini  o’lchashning  turli  usullaridan 
foydalaniladi.  Eng  oddiy  usul – aholini  belgilangan  oraliqlar  doirasida  daromadlar 
darajasi  bo’yicha  guruhlashdir.  Masalan,  200  ming  so’mlik  oraliqni  belgilaymizda, 
qancha  kishi  200  ming  so’mgacha  miqdorda  daromadga  ega  ekanligini,  keyin  qancha 
kishi  200  ming  so’mdan  400  ming  so’mgacha,  so’ng  400  ming  so’mdan  600  ming 
so’mgacha daromadga ega ekanligini aniqlaymiz va hokazo. 
Daromad  darajasi  va  dinamikasini  baholash  uchun  o’rtacha  daromad 
ko’rsatkichidan  foydalaniladi.  O’rtacha  daromad  darajasi  shunday  arifmetik  o’lcham 
sifatida  aniqlanadiki,  bunda  daromadlarning  jamlangan  hajmi  aholining  jami  soniga 
bo’linadi. 
Bozor  iqtisodiyotiga  ega  ko’pchilik  mamlakatlarning  statistikasida  daromadning 
o’rtacha darajasi emas, balki median darajasi hisoblab ko’riladi. Median daraja shundayki, 
xodimlar  yoki  aholining  bir  xil  miqdori  undan  yuqoriroq  va  pastroq  darajada  daromad 
oladi.  Masalan,  korxonada  7  ming  kishi  ishlaydi.  Dastlabki  ming  kishi  240  ming  so’m 
miqdorida, ikkinchi ming kishi – 250 ming so’m, uchinchisi – 270 ming so’m, to’rtinchisi –
 300 ming so’m, beshinchisi – 350 ming so’m, oltinchisi – 370 ming so’m, ettinchisi – 400 
ming so’m daromad oladi. Shunda xodimlar ushbu guruhining median daromadi 30 mln 
so’m, o’rtacha daromad esa 320 ming so’m bo’ladi. 
Eng  ko’p  va  eng  kam  daromadga  ega  bo’lgan  aholi  guruhlarining  nisbati 
tabaqalanishning  yaxshi  ma’lum  bo’lgan  ko’rsatkichlaridan  biridir.  Butun  aholi  bunda 
son  jihatidan  teng  bo’lgan  o’n  foizli,  yigirma  foizli  yoki  yigirma  besh  foizli  guruhlarga 
bo’linadi. Shundan so’ng, oxirgi guruh olgan daromad birinchi guruh olgan daromadga 
bo’linadi. 
Shunda  tegishli  ravishda aholi  daromadlarining  detsil,  kvintil  yoki kvartil  nisbatini 
olamiz.  Quyidagi  rasmda  aholining  yigirma  foizlik  guruhlarga  qanday  taqsimlanganligi 
ko’rsatilgan.  U5  ning  U1  ga  nisbati  aholi  daromadlarining  kvintil  nisbatini  ko’rsatib 
beradi.  Aholi  daromadlari  tabaqalanishini  baholashning  boshqa  usulini  ham  qo’llash 
mumkin. Bu usul hisobga olish natijasining oshib borishini e’tiborga olish orqali amalga 
oshirilishiga  asoslangan.  Yoki,  iqtisodchilarning  iborasi  bilan  aytganda,  daromadning 
kumulyativ ulushlari hisobga olinadi. Barcha oilalarning daromadlari bir xil bo’lgan, 


 
218 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11.3-chizma. Kvintil fond indeksining hisoblab chiqilishi 
 
ya’ni  yalpi  daromad  teng  taqsimlangan  va  aholining  har  beshdan  bir  qismi  yalpi 
daromadlarning  beshdan  bir  qismini  olgan  taqdirda  bunday  tenglik  grafikda  bissektrisa 
ko’rinishiga ega bo’ladi. Lekin bunday bissektrisa faqat mavjud imkoniyatni ko’rsatadi: 
amalda daromadlar hech qachon bir tekis taqsimlanmaydi.  
Basharti,  yalpi  daromadlar  notekis  taqsimlansa,  daromadning  tegishli  kumulyativ 
kvintillarga  to’g’ri  keladigan  kumulyativ  ulushlari  egri  chizig’i  bo’rtiq  bo’lib,  grafikda 
pastga  qarab  egilgan  chiziq  ko’rinishiga  ega  bo’ladi.  Bu  chiziq  amerikalik  statist  va 
iqtisodchi nomi bilan Lorents egri chizig’i deb ataladi, aholi daromadlari tabaqalashishini 
baholash  uchun  bunday  yondashishdan  foydalanishni  Lorents  birinchi  taklif  etgan  edi. 
Lorents  egri  chizig’i  jami  daromaddan  aholining  20,0  %,  keyin  40,0  %,  shundan  keyin 
60,0  %,  so’ng  80,0  %  va  100,0  %  qancha  ulush  olishini  ko’rsatadi  (11.4-chizmani 
qarang). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish