N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi


 Aholi daromadlari, ularning shakllanish manbalari



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

11.3. Aholi daromadlari, ularning shakllanish manbalari  
va foydalanish yo’nalishlari 
 
Har  bir  insonning  moddiy  va  ma’naviy  turmush  imkoniyatlari  uning  daromadlari 
darajasiga bog’liq. Insonning daromadi darajasi qancha yuqori bo’lsa, uning o’z zaruriy 
ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishni tashkil etish, ma’lumot olish va 
bo’sh vaqtini madaniy tarzda o’tkazish imkoniyatlari shuncha ko’p bo’ladi. 
Daromadlar ehtiyojlarni bevosita qondirish manbai sifatida aholi hayotida katta rol’ 
o’ynaydi.  Davlat  byudjetining  daromad  qismi  asosan  jismoniy  va  yuridik  shaxslardan 
olinadigan  soliq  va  to’lovlardan  tashkil  topadi  hamda  ular  ijtimoiy  ehtiyojlar  uchun 
sarflanadi va shu tariqa aholi ehtiyojlari bilvosita qondiriladi. 
Iqtisodiy  adabiyotlarda  «daromad»  tushunchasi  ishlab  chiqarilgan  mahsulot 
narxining uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlaridan oshishi, shuningdek har bir sinf, ijtimoiy 
guruh  yoki  alohida  shaxsning  yangi  yaratilgan  qiymatda  mavjud  bo’lgan  va  uning  u 
tomonidan o’zlashtirilgan ulushi sifatida ta’riflanadi. 
Daromadlar  harakati  iqtisodiyotning  ishlab  turishini  ta’minlaydi.  Aylanish 
jarayonida daromadlar izchil ravishda yuzaga kelish, taqsimlanish va qayta taqsimlanish, 
pirovard,  iste’molga  ishlatilish,  jamg’arilish  kabi  bosqichlaridan  o’tadi.  Daromadlarning 
yuzaga  kelishi  ularning  tovarlar  ishlab  chiqarish  va  xizmatlar  ko’rsatish  jarayonidagi 


 
215 
harakatining  boshlang’ich  bosqichi  bo’ladi.  Bu  bosqichda  daromadlar  birlamchi 
ko’rinishga ega bo’ladi. 
Taqsimlanish  jarayonida  tadbirkorlar  birlamchi  daromadlardan  mahsulot  ishlab 
chiqarish  va  sotish  yuzasidan  soliqlar  to’laydilar,  mehnat  haqi  va  ishlab  chiqarishning 
boshqa omillari yuzasidan haq to’laydilar. Natijada dastlabki daromadlar ish haqi, foizlar, 
renta va korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasiga aylanadi. 
Daromadlarning  qayta  taqsimlanishi  jarayoni  keyingi  bosqich  bo’ladi.  U  soliqlar 
to’lash,  ijtimoiy  fondlarga  mablag’lar  o’tkazish,  korxonalar  va  aholiga  turli  transfertlar 
tarzida daromadlar bir qismini yo’llashni o’z ichiga oladi. 
Yaratilgan  daromadlarni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  natijalari  bo’yicha 
tasarrufdagi  daromadlar  (pirovard  daromadlar)  shakllanadi.  Daromadlarning  pirovard 
iste’moli  va  yalpi  jamg’arilishi  ular  aylanishining  tugallovchi  bosqichi  bo’ladi. 
Daromadlar  darajasini  tahlil  etish,  o’lchash  va  taxmin  qilish  uchun  ularning  turlari  va 
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Daromadlar pul va natural shaklida bo’lishi mumkin. 
Aholining  pul  daromadlari  mehnatkashlar  uchun  ish  haqi  hisobidagi  barcha  pul 
mablag’lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividendlar, 
renta  ko’rinishidagi  daromadlar;  aktsiyalar,  qimmatbaho  qog’ozlar,  ko’chmas  mulk, 
chorva  hayvonlari,  tomorqa  xo’jaligi  mahsulotlari,  turli  buyumlar  va  boshqa  tovarlarni 
sotishdan  tushadigan  pul  tushumlari,  turli  xizmatlar  ko’rsatish  uchun  haqlar  va 
boshqalardan tashkil topadi. 
Aholining  natural  daromadlari – qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarining  barcha 
tushumlari:  dehqonchilik,  chorvachilik,  parrandachilik  mahsulotlari,  bog’-qo’rg’on, 
sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomorqa, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy 
ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat. 
Pul  va  natural  daromadlarning  nisbati  tez-tez  o’zgarib  turadi,  ammo  pul  shakli 
ko’proq tarqalgan. Odatda, aholining kam ta’minlangan qatlamlarida natural daromadlar 
hissasi  yuqori  bo’ladi.  Iqtisodiy  vaziyat  yomonlashgan  davrda  natural  daromadlar 
salmog’i oshib ketadi. 
Mulkdan  olinadigan  daromadlar  xo’jalik  yurituvchi  sub’yektlarga  moliyaviy  va 
nomoliyaviy  resurslarni  foydalanishga  berib  qo’yishdan  olinadigan  daromadlardir. 
Foizlar quyilma va qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar olish shaklidir. Dividendlar 
mulkdan  olinadigan  daromadning  shunday  shakliki,  aktsiyadorlar  mablag’larni 
hissadorlik  jamiyatlari  tasarrufiga  topshirganliklari  natijasida  (aktsiyalar  sotib  olish 
orqali) uni olishga haqli bo’ladilar. 
Aholi  daromadlari  nominal  va  real  ko’rinishda  bo’ladi.  Nominal  daromadlar pul 
ko’rinishida  olingan  daromadlardir.  Real  daromadlar  iste’mol  narxlarining  indeksiga 
qarab tuzatilgan joriy davrdagi nominal pulli daromadlardir. 
Nominal  va  real  daromadlar  ko’rsatkichi  bilan  bir  qatorda  aholi  pulli 
daromadlarining  xarid  qobiliyati  ko’rsatkichi  ham  alohida  olib  qaraladi.  Bu  ko’rsatkich 
aholining  tovarlar  va  xizmatlar  sotib  olish  bo’yicha  imkoniyatlarini  aks  ettiradi  hamda 
aholining  o’rta  hisobda  jon  boshiga  to’g’ri  keladigan  pulli  daromadlarining  tovar 
ekvivalenti  orqali  ifodalanadi.  Jon  boshiga  to’g’ri  keladigan  pulli  daromadlar  jami  pulli 
daromadlar miqdorini mavjud aholi soniga bo’lish orqali hisoblab chiqiladi. 
Hisoblab  chiqilgan  yoki  olingan  daromadlardan  fuqarolar  turli  soliq  to’lovlari  va 
badallar  to’lashlariga  to’g’ri  keladi.  Shu  sababli,  fuqaroning  haqiqiy  tasarrufida  bo’lgan 


 
216 
daromadlarni tavsiflaydigan ko’rsatkichga ta’rif berish muhim. O’zbekiston Respublikasi 
Iqtisodiyot  vazirligi  majburiy  to’lovlar  va  badallar  chegirilganidan  qoladigan  joriy  davr 
pul daromadlarini tasarrufdagi pul daromadlari deb ta’riflaydi. 
Daromadni  shakllantirishda  shaxsiy  tomorqa  xo’jaliklaridan  (pulli  va  tabiiy 
shakllarda)  olinadigan  daromadlar  muhim  rol’  o’ynaydi.  Ularning  hajmi  Milliy  Hisob 
tizimida  umumqabul  qilingan  quyidagi  printsip  bo’yicha  hisoblab  chiqiladi:  mahsulot 
chiqarish  qiymatidan  uni  ishlab  chiqarishga  ishlatilgan  mahsulot  va  xizmatlar  qiymati 
ayiriladi. 
Uy-joy va kommunal xo’jalik, yo’lovchi transporti, yo’l xo’jaligi, sog’liqni saqlash 
va  madaniyat  muassasalari  tarmoqlarining  katta  qismi,  respublika  va  mahalliy 
byudjetlariga  bog’liq  bo’ladi.  Shu  sababli,  mazkur  qismning  kattagina  hajmi  ijtimoiy 
transfert  to’lovlari  hisoblanadi  va  uni  aholining  yalpi  daromadlari  jumlasiga  kiritish 
to’g’ri bo’ladi. 
Daromad olish uchun mehnat va kapital bozorida qancha hajmda xizmatlar taklif etish 
to’g’risida  qaror,  odatda,  oila  darajasida  qabul  qilinadi.  Shu  bois,  bozor  iqtisodiyotida 
daromadning  shakllanishi  nafaqat  umumiy  aholi  darajasida,  shu  bilan  birga  uy  xo’jaligi 
darajasida  ham  olib  qaraladi.  Uy  xo’jaliklarining  yalpi  daromadi  birlamchi  va  ikkilamchi 
daromadlardan shakllanadi (11.2-chizmaga qarang). 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish