N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

11.1-chizma. Aholi ehtiyojlari va turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar 
 
Xalqaro Mehnat Tashkiloti konventsiyalariga muvofiq har bir inson o’zi va oilasining 
salomatligi, farovonligini ta’minlovchi turmush darajasiga (oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy, 
tibbiy  parvarish,  ijtimoiy  xizmatlar),  shuningdek,  ishsizlik,  nogironlik,  bevalik  holatlarida 
ta’minot  olish  huquqiga  ega.  Barcha  huquqlar  ko’pchilik  mamlakatlarda  milliy 
kontseptsiyalar asosida amalga oshiriladi. 
Turmush  darajasi  kontseptsiyasi  tamoyillar  va  ko’rsatkichlar  tizimiga  asoslanuvchi 
hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan g’oyani ifodalaydi. Turmush 
darajasining  kontseptsiyasi  ko’zda  tutilgan  maqsadlarni  amalga  oshirish  strategiyasi, 
yo’nalishlari va bosqichlarini belgilab beradi. 
Sobiq  Ittifoq  davrida  kommunizm  qurish  va  «har  kimda  qobiliyatiga  yarasha,  har 
kimning  ehtiyojiga  yarasha»  tamoyilini  amalga  oshirish  asosiy  maqsad  sanalar  edi.  Bu 
aslida  sho’ro  jamiyatining  turmush  darajasi  kontseptsiyasi  vazifasini  o’tagan.  Mazkur 
kontseptsiya  mehnatkashlarning  muntazam  o’sib  borayotgan  ehtiyojlarini  imkon  qadar 
qondirishni ko’zda tutgan. 
Umuman olganda, sho’rolar davrida mehnatkashlar ehtiyojlarini qondirish bo’yicha 
ko’plab ishlar amalga oshirildi. Ularning daromadlari, ish haqlari o’sib bordi, ammo bu 
daromadlar  salmog’i,  ehtiyojlar  tarkibi  va  hajmi  xalqaro  o’lchovlar  bilan  taqqoslaganda 
juda  past  edi.  Shu  bilan  birga  amal  qilgan  turmush  darajasi  kontseptsiyasi  real 
bo’lmasdan, ko’proq ideal turmush modelini eslatardi. 
Ishlab chiqarish va 
xizmat ko’rsatish 
sohasining 
rivojlanishi 
Ilmiy-texnik 
taraqqiyot 
Aholining madaniy-
ma’rifiy saviyasi 
Boshqa omillar 
Turmush 
darajasi 
Aholi 
ehtiyojlari 
Ijtimoiy infratuzilma 
ob’yektlari holati 
Aholi daromadlari 
va ish haqi 


 
208 
Bozor  munosabatlariga  o’tish  davrida  O’zbekistonda  yangi  ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlarga  javob  beradigan  turmush  darajasi  kontseptsiyasi  yaratishga  zarurat  tug’ildi. 
Shu  asosda  O’zbekistonda  ijtimoiy  yo’naltirilgan  izchil  siyosat  olib  borila  boshladi. 
Mazkur  siyosat  respublikada  inson  manfaati  ustuvorligini  ta’minlashi  qaratilgan  bo’lib, 
uning doirasida qisqa va o’rta muddatli maqsadli ijtimoiy dasturlar ishlab chiqildi va faol 
amalga oshirila boshladi. 
Tarixiy  jihatdan  «turmush  sifati»  kontseptsiyasi  inson  hayot  faoliyatining  iqtisodiy 
parametrlarini  aks  ettiruvchi  «global  ish  bilan  bandlik»,  «turmush  darajasi»,  «mehnat 
faoliyati  sifati»  kabi  kontseptsiyalarning  rivojlanishi  va  o’zaro  uyg’unlashuv  asosida 
yuzaga kelgan. 
Turmush  sifati  kontseptsiyasi  inson  jamoalarining  jismoniy,  aqliy  va  ijtimoiy 
barkamolligini  belgilovchi  shartlarni  shakllantiradi.  Bu  yerda  gap  faqat  turmush  sifatini 
(ovqatlanish,  uy-joy,  ish  bilan  bandlik,  ta’lim  darajasi)  baholovchi  ob’yektiv  omillar 
haqida  emas,  balki  inson  tomonidan  o’z  farovonligi,  baxt,  qoniqish,  rohat  kabi 
tushunchalarni sub’yektiv his etish to’g’risida ham bormoqda. Masalan, sog’liq darajasi, 
oilaviy  munosabatlari,  ishi,  moddiy  ahvoli,  yaratuvchanlik  qobiliyati  va  hokazolardan 
qoniqish  hayotdan  qoniqish  hosil  qilishning  muhim  komponenti  hisoblanadi.  Shunday 
qilib,  turmush  sifati  kontseptsiyasi  insonning  atrof-muhit  bilan  o’zaro  munosabatlarini 
ham  o’z  ichiga  oladi.  Bu  munosabatlar  ehtiyojlarning  qondirilganligi  va  mavjud 
imkoniyatlarning kutilgan imkoniyatlarga mosligi darajasini xarakterlaydi. 
Turmush  darajasi  inson  (aholi)  hayot  faoliyatining  ma’lum  bir  qirrasi  to’g’ri- 
sida tasavvur beradigan ko’rsatkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasi to’g’risida 
batafsil ma’lumot olish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, iste’mol darajasi va tarkibi, 
uy-joy,  mol-mulk,  madaniy-maishiy  buyumlar  va  boshqa  imkoniyatlar  bilan 
ta’minlanganlik darajasini chuqur o’rganish lozim. 
Turmush  darajasini  ifodalovchi  ko’rsatkichlar  turli-tuman  bo’lib,  turmush  darajasi 
kontseptsiyasi  bilan  uzviy  bog’liq.  Ayrim  muhim  ko’rsatkichlar  va  uning  indikatorlari 
11.1-jadvalda keltirilgan. 
Turmush darajasini baholash uchun jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlar:  
- darajaga oid ko’rsatkichlar (mutlaq qiymatlar); 
- tarkibiy ko’rsatkichlar (darajaga oid ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlari); 
- dinamik  (darajaga  oid  ko’rsatkichlarning  o’zgarishini  tavsiflaydigan,  nisbiy) 
ko’rsatkichlar sifatida hisoblab chiqilishi mumkin. 
Nisbiy turmush darajasini quyidagi uch jihat bo’yicha aniqlash mumkin: 
a) uni avvalgi yillardagi turmush darajasi bilan taqqoslash; 
b)  bir  mintaqadagi  turmush  darajasini  boshqa  mintaqalardagi  (mamlakatlardagi) 
turmush darajasi bilan taqqoslash; 
v)  amaldagi  turmush  darajasini  kishilarning  minimal  va  oqilona  talablarini 
ifodalovchi ehtiyojlarning rivojlanganlik darajasi bilan taqqoslash orqali. 
Ta’kidlab  o’tilganidek,  barcha  klassifikatsiyalar  o’rtasida  o’zaro  uzviy  aloqa 
mavjud. Ular bir-birini to’ldiradi, ammo kompleks baholash uchun integral ko’rsatkichlar 
tizimi zarur. Hozirda asosi turlicha bo’lgan turmush darajasi kontseptsiyalarini aholining 
turmush  darajasini  (sifatini)  har  tomonlama  xarakterlab  beradigan  yagona  ko’rsatkichga 
keltirish  bo’yicha  samarali  usul  yo’q,  biroq  shunday  usullarni  ishlab  chiqish  bo’yicha 
olimlar jiddiy ish olib bormoqdalar. 


 
209 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish