N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi


 Ayoli turmush darajasi tushunchasi va uni belgilovchi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

 
11.2. Ayoli turmush darajasi tushunchasi va uni belgilovchi  
ko’rsatkichlar tizimi 
 
Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligini baholashning 
eng  muhim  mezonidir.  Uni  oshirib  borish  ijtimoiy  rivojlanishning  asosiy  maqsadidir. 
«Turmush  darajasi»  tushunchasi  zamonaviy  talqinda  inson  faoliyatining  barcha 
tomonlariga taalluqli keng qamrovli tushunchadir. 
Turmush  darajasi  deganda,  aholining  zaruriy  moddiy  va  nomoddiy  ne’matlar  va 
xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularni iste’mol qilish darajasi tushuniladi. 
Aholining  farovonlik  darajasini  ifodalash  uchun  «turmush  darajasi»,  «xalq 
farovonligi»,  «turmush  faoliyati  xavfsizligi»,  «turmush  tarzi»,  «mehnat  faoliyati  sifati», 
«turmush sifati» kabi turli tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni 
anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan ahamiyat kasb etadi va mazmun 
jihatdan  sezilarli  darajada  farq  qiladi.  Shu  bilan  birga,  mazkur  tushunchalarning  o’zaro 
bog’liqligini qayd etish lozim. 
O’zbekistonda  aholi  moddiy,  ma’naviy,  ijtimoiy  ehtiyojlarining  qondirilish 
darajasini ifodalaydigan «turmush darajasi» atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday tavsif 
ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi (11.1-chizmaga qarang).  
Shu  bilan  birga,  turmush  darajasi ko’plab  omillar  yig’indisi  ta’sirida  bo’lgan 
o’zgaruvchan  jarayondir.  Bir  tomondan,  turmush  darajasi  muntazam  o’zgarib  turadigan 
turli  ne’matlarga  bo’lgan  ehtiyojlarning  tarkibi  va  darajasi  bilan,  boshqa  tomondan,  u 
ehtiyojni  qondirish  imkoniyatlari,  tovarlar  va  xizmatlar  bozoridagi  holat,  aholi 
daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, 
turmush darajasi ham iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari 
samaradorligining  ko’lami,  ijtimoiy  infratuzilmalarining  holati  ilmiy-texnik  taraqqiyot 
(ITT) darajasi va aholining madaniy-ma’rifiy saviyasiga bog’liq. 
O’tgan  asrning  70-80  yillarida  «turmush  tarzi»  tushunchasi  ilmiy-iqtisodiy  va 
hayotiy  muammolari  keng  qo’llanilgan.  Bunda  hayot  faoliyatining  sifat  ko’rsatkichlari 
«turmush  tarzi»,  miqdor  ko’rsatkichlari  esa  «turmush  darajasi»  bilan  ifodalangan. 
Shuningdek,  aholining  turmush  darajasini  xarakterlovchi  boshqa  atamalar  va 
tushunchalar  mavjud.  Turmush  darajasining  eng  mufassal  talqini  quyidagicha:  turmush 


 
207 
darajasi – jismoniy,  ma’naviy  va  ijtimoiy  ehtiyojlarning  rivojlanish  darajasi, 
qondirilganlik  miqyosi  va  ularni  qoniqtirish  uchun  yaratilgan  imkoniyatlarni  aks 
ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining 
sifat va miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish