Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


Reklama  faoliyatida  psixotexnologiya



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/117
Sana30.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#193968
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   117
Bog'liq
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.

Reklama  faoliyatida  psixotexnologiya.  Reklamaning  iste'molchilarga  qay 
tarzda  ta'sir  etganligini  reklama  psixologiyasi  belgilab  beradi.  Reklama 
psixologiyasi  amaliy  psixologiyaning  bir  bo‘limi  bo‘lib,  insonning  iste'molchilik 
xatti-harakatining  motivini  tadqiq  etadi.  U  insonning  ruhiyatiga  reklama  ta'siri 
jarayonlarini  o‘rganadi.  Inson  ruhiyati  shunday  tuzilganki,  u  birdaniga  to‘la 
ravishda  o‘zgarmaydi.  Lekin  umumiy  ravishda  inson  qarashlari  tezroq  o‘zgarishi 
mumkin. Bu to‘g‘rida keng ommaga mo‘ljallangan reklama mahsulotlarini ishlab 
chiqarish  jarayonida  unutmaslik  kerak.  Ayniqsa  iqtisodiy  va  ijtimoiy  jarayonlar 
ketayotgan jamiyatda buning ahamiyati juda katta. 
Reklama bugungi kunda asosan ikkita vazifani bajaradi:  
A) Axborot berish 
B) Targ‘ibot qilish. 
Barcha  ko‘rinishdagi  reklama,  xoh  u  og‘zaki,  xoh  yozma  shaklda  bo‘lsin, 
yoxud bir ko‘rinishdan iborat bo‘lishidan qat'iy nazar u kishilarga axborot beradi. 
Ularning  ehtiyojlarini  qondirishga  harakat  qiladi.  Bunga  radio  va  televideniedagi 
reklamalarni  ham  misol  qilishimiz  mumkin.  Plakatlar,    yarmarkalar  va  boshqa 
shakldagi  reklamalar  sizu  bizga  ta'sir  ko‘rsatadi.  Barcha  ko‘rinishda  ham  inson 
undan  yangi  ma'lumot oladi, yangilik bilan  tanishadi. U  yoki bu  muassasa, idora, 
korxonaning  xizmat  usullaridan  xabardor  qiladi.  Bu  vazifalarning  barchasini 
reklama  axborot  berish  bilan  bajaradi.  Shu  sababli  ham  biz  reklamani  axborot 
beruvchi faoliyat deb qabul qilamiz.  
Reklamaning  targ‘ibot  qilish  vazifasi  shundaki,  u  inson  ruhiyatiga  ta'sir 
etgan  holda  reklama  qilayotgan  narsani  xarid  qilishga,  yaxshi  narsalardan 
foydalanishga,  insonga  hayoti  uchun  zarur  bo‘lgan  fikrlarni,  usullarni  o‘zida 
qo‘llashga  undaydi.  Yaxshi  narsalarga,  yaxshi  xislat  va  fikrlarga  ishontirishga 
harakat qiladi.  
Reklama insonga yetib kelayotgan barcha axborot xabarlarni qabul qilishda 
bozorlarda  kundan-kun  ko‘plab  tavsiya  etilayotgan  mahsulotlarni  tanlab  olishda, 
o‘zi  qidirib  yurgan,  xabari  bo‘lmagan  yangi  mollarni  xarid  qilishda  yaqindan 
yordam  beradi.  Kishilar  hozirgi  davrda  o‘zi  bilgan,  bilmagan  davrda  g‘ayri 
ixtiyoriy tarzda har kuni ertadan kechgacha juda ko‘p reklamalar bilan tanishadi. 


Radio  va  televidenie,  transport,  ko‘cha,  xiyobonda,  idora  va  muassasalarda  va 
hokazo joylarda reklama insonning hayot tarziga aylanib qolgan. 
G‘arbda marketing sohasida bozorni ruhiy tahlil yo‘li bilan o‘rganish usuli 
so‘nggi vaqtlarda keng rusum bo‘lib qoldi. 
Reklama  korxonaning  butun  faoliyatini,  ya'ni  uning  tashqi  ko‘rinishi, 
xodimlarning  yurish-turishi,  kotiblarning  telefondagi  ovozidan  tortib  tovarning 
nomi,  o‘rovi,  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatishigacha  bo‘lgan  butun  faoliyatini  har 
tomonlama o‘z ichiga oladi 
Tovarlar sifati jihatidan nechog‘liq kam farq qiladigan bo‘lsa, ularni shuncha 
ko‘proq reklama qilish kerak. 
Keng  iste'mol  tovarlari  reklamasiga  bo‘ladigan  sarf  harajatlar  o‘rta  hisobda 
hajmining 5 foizidan 15 foizigacha boradi. 
Reklama  ishini  rejalashtirishda hisobga olish  kerak  bo‘lgan  asosiy  narsalar 
quyidagilardir: 
tovarning holati: iste'molchi rag‘batlariga nisbatan; raqobatga nisbatan; 
reklama  maqsadi:  tovarning  ma'lumlik  darajasi;  unga  beriladigan  ma'lum 
imidj (obraz); 
reklama  ob'ekti:  kim  (iqtisodiyot  sohasi,  reklamani  kim  tavsiya  etadi,  kim 
hal qiladi);  uning strukturasi (firmaning katta-kichikligi, tuzilishi, ruhiy omillar); 
reklama mazmuni: konsepsiyasi (nima reklama qilinadi); 
reklama  vositalari:    qanday  qilinadi  (reklamani  matn,  grafika  orqali  yoki 
badiiy vositalar bilan eng yaxshi samara beradigan darajaga yetkazish usullari); 
reklama byudjeti:  umumiy  byudjeti (mavsum omilini hisobga olgan holda);  
raqobatchilarning reklama imkoniyatlariga qiyosan olganda; 
reklama  chora-tadbirlarining  rejasi:    reklamaning  nechog‘lik  tez-tez 
takrorlanib  turishi;  sifati;  rentabelligi;  konkret  reklama  vositalari  bo‘yicha 
taqsimlanishi; 
vaqt  e'tibori  bilan  olganda  reklama  chora-tadbirlarining  rejasi:  reklama 
komponentlarining muddatlari; 
batafsil kalkulyasiyasi:  odatda reklama  mahsulotining sotiladigan bahosiga 
qarab ming donasi yoki boshqa birliklari hisobidan olinadi
 reklamaning  samaradorligi  ustidan  nazorat:    sotuvlar  hajmidan  sarflangan 
mablag‘larni qiyoslab ko‘rish.  
Tovar  o‘rovining  roli.  Tovarlarning  o‘rovi  birinchi  qarashda  xalq 
xo‘jaligining  uncha  ahamiyat  tutmaydigan  va  juda  ham  zarur  bo‘lmagan 
sohalaridan  biri  bo‘lib  ko‘rinadi,  lekin  so‘nggi  o‘n  yilliklar  mobaynida  bu  soha 
katta sur'atlar bilan rivojlanib kelmoqda. 
G‘arbda hamma tovar va mahsulotlar o‘rog‘liq holda sotiladi. 
Tovar yoki mahsulotning o‘rovi: 
-  tovarlarni  buzilish  va  shikastlanishdan  saqlaydigan;  transportda  tashish, 
unga ortish va tushirish uchun oson va qulay bo‘lishini ta'sinlaydigan; 
-  hajmi  va  og‘irligi  jihatidan  tovarni  sotish  uchun  eng  qulay  birliklarni 
yaratishni ta'minlaydigan; 
- muhim reklama rolini o‘ynaydigan bo‘lishi kerak. 
Tovar yoki mahsulot o‘rovining ko‘rinishiga ta'sir qiladigan omillar: 


-  tovarning  transport  vositalari,  ombor  vositalaridan  unumli  foydalanishga 
imkon  beriladigan  og‘irligi  va  hajmi,  bunda  transport  tariflarining  tinmay  ortib 
borayotgani hisobga olinadi; 
- avtomatlashtirish, transportda tashish va mijozlar omborida saqlash uchun 
o‘rov vositalarining nechog‘lik moslanganligi va hokazo. 
Reklama jarayonida 4 ta qiziqarli tomonlar mavjud: 
- reklama beruvchi 
- reklama tarqatuvchisi 
- reklama agentligi 
- reklama iste'molchilari. 
 Aniq  reklama  agentliklaridan  biri  ovoza  qiladi:  «...  mustaqil  ishbilarmon 
korxona,  ishbilarmon  insonlar  va  ijodiy  mehnat  shaxslaridan  iborat    ishlab 
topadigan,  reklamani  tayyorlab  axborot  tarqatish  vositalariga  joylashtiradigan, 
mijoz topshirig‘i asosida ish yuritadigan, o‘z tovari xizmatining xaridorini topishni 
xohlaydiganlar uchun xizmat qilamiz». 
Barcha reklama agentliklarini uch asosiy qismga ajratish mumkin bo‘ladi:  
- ixtisoslashgan va taklif etilgan reklama xizmatlari 
- naqdli yoki xususiy korxonaviy bazaning yo‘qligi 
- mavjudlik yoki reklama kanali yo‘qligi. 
Reklama agentligi faoliyati to‘rtta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: 
1. Buyurtmachilarning e'tiborini qaratish va hamkorlik: menejment 
2.  Reklamani  omadli  ishlab  chiqarish  va  yo‘lga  qo‘yish  san'ati:  rassomlar, 
ssenaristlar, fotograf, rejisserlar yordamida
3.    Reklamani  tayyor  mahsulot  holiga  keltirish:  poligrafiya  va  tiraj 
yordamida; 
4. Reklamani gazeta, jurnal va televideniega taqdim etish. 
Kuzatishlarga  qaraganda  reklama  odamni  ruhan  quvvatlantiradi.  Chunki 
inson o‘zi haqida qayg‘urishni, e'tiborni, yaxshiroq hayot kechirishni istaydi.  
 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish