8-mavzu. Buyumlarni ekspluatatsiyasi jarayonida axborot yig‘ish va
ishlov berish
.
8.1 Axborot yig‘ish va ishlov berishning maqsadi va vazifalari.
8.2 Axborot yig‘ish usullariga qo‘yiladigan asosiy talablar.
8.2 Axborotga ishlov berish va taxlil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar.
8.1 Axborot yig‘ish va ishlov berishning maqsadi va vazifalari
Axborot yig‘ish va unga ishlov berish tizimi - buyumning ishonchliligi to‘g‘risida kerakli va
haqqoniy axborot olish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar majmuidir.
Tizimning maqsadi quyidagilardan iborat:
- buyumning ishonchliligini oshirish uchun uning konstruksiyasini takomillashtirish;
- tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi, nazorat sinovlarini takomillashtirish;
- ta’mirlash sifatini yaxshilash va uning sarf-xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab
chiqish;
-
ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash
samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish;
-
buyumni attestatsiyalash;
-
ishonchlilik ko‘rsatkichlarini nazoratga olish va h.k.
Tizimning vazifalari quyidagicha:
- buyumning ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash;
- buyumning ishonchliligini pasaytiradigan konstruksion va texnologik kamchiliklarni aniqlash;
- buyumning umumiy ishonchliligini chegaralaydigan detallar va yig‘ma birikmalarni
aniqlash;
- buyumning ishonchliligiga ekspluatatsiya sharoitlari va tartibotlari ta’sirini aniqlash;
- buzilishlarning kelib chiqish qonuniyatlarini aniqlash;
- ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritish;Цыцйф\чя\\ФЙ \
- ehtiyot qismlar sarfini optimallash, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tizimini
takomillashtirish;
-
buyumlarning ishonchliligini optimal darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan tadbirlarning
samaradorligini aniqlash.
Axborot yig‘ish va unga ishlov berish tizimi quyidagi tashkilot va korxonalarga taalluqlidir:
- ishonchlilik bo‘yicha axborot yig‘uvchi va unga ishlov beruvchi bosh tashkilotlarga;
- ishlanmalarni bajaruvchi tashkilotlarga;
- tayyorlovchi korxonalarga;
- ekspluatatsion korxonalarga;
- ta’mirlash korxonalariga.
Tizim doimiy, davriy yoki bir karrali kuzatuvlarni, axborotni hisobga olish, yig‘ish, to‘plash,
ishlov berish va tahlil, buyum ishonchliligini oshirishga mo‘ljallangan tadbirlar ishlab chiqishni o‘z
ichiga olishi kerak.
Tizimning ishi quyidagi me’yoriy-texnik xujjat bilan tartibga solinadi:
- tizimning muayyan buyumga taalluqliligi;
- korxona ichida va korxonalar orasida axborot ayirboshlashning shartlari;
- axborotga ishlov berish usullari;
- kuzatuvlarni rejalash usullari;
- kuzatuv jarayonida texnik vositalarni qo‘llash zarurligi va ularga qo‘yiladigan talablar;
- ishonchlilikni oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish tartibi.
Buyumning ishonchliligi to‘g‘risida axborot yig‘ish va unga ishlov berish texnik topshiriq va
ishchi usullarga asosan olib boriladi.
Axborot yig‘ishni o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriq quyidagilarni belgilaydi:
-
kuzatilayotgan buyumlarning ro‘yxati;
-
buyumlar soni;
- ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlari ro‘yxati;
- axborot yig‘ish usullari;
- risoladagi tartibot va ekspluatatsiya sharoitlari;
- axborot uzatish davriyligi.
Axborotni yig‘ish va unga ishlov berish ishchi usullari quyidagilarni belgilaydi;
- kuzatuvlar rejalari;
- ish tartibotlari va ularni o‘lchash uslublarini aniqlaydigan parametrlar;
- buzilishlar va chegaraviy holatlar mezonlari;
- axborotni kodlash usullari;
- axborotni hisobga olish dastlabki shakllarini to‘latish bo‘yicha yo‘riqnomalar;
- ish hajmini va kompyuterlarning mavjudligini hisobga olgan holda buyumlarning
ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotga ishlov berish dasturlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |