8-mavzu. Buyumlarni ekspluatatsiyasi jarayonida axborot yig‘ish va ishlov berish


Axborot yig‘ish usullariga qo‘yiladigan asosiy talablar



Download 147,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.06.2022
Hajmi147,2 Kb.
#712008
1   2
Bog'liq
8-maruza matni

8.2.Axborot yig‘ish usullariga qo‘yiladigan asosiy talablar 
a) Ishonchlilik to‘g‘risida axborot yig‘ish ekspluatatsion va ta’mirlash korxonalarida axborot 
yig‘ishni o‘tkazadigan tashkilot tomonidan olib borilishi kerak; 
b) Axborot yig‘ish uni markazlashgan holda yig‘uvchi tashkilotga topshirish, tekshirish va 
anketalash orqali bajarilishi kerak
v) Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish tayanch punkti yoki ekspluatatsion va ta’mirlash 
korxonalari tomonidan olib borilishi kerak; 
g) Tekshiruvni axborot yig‘adigan tashkilot olib boradi. Bunda buyumning texnik holati 
ekspluatatsiya sharoitlarida o‘rganiladi, axborotni dastlabki hisobga olish shakllari (ekspluatatsiya va 
ta’mirlash xujjatlari, avariyalarni tekshirish, norozilik dalolatnomalari va boshqalar) tahlil qilinib
uning natijalari axborot-to‘plagichlarda aks ettiriladi; 
d) Anketalashni axborot yig‘uvchi tashkilot o‘zining maxsus so‘rov varaqalarini ekspluatatsion 
va ta’mirlash korxonalariga yuborish orqali amalga oshiradi; 
e) Tayanch korxonalarni tanlash risoladagi ekspluatatsion sharoitlar uchun axborot olishni 
ta’minlashi kerak. 
 
8.3 Axborotga ishlov berish va taxlil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar 
Axborotga ishlov berish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- birlamchi ma’lumotlarni kodlash va tasniflash
- buyum ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotning aniqlik, to‘lalik va bir turlilik talablariga mos 
kelishini ta’minlash; 
- barcha axborotning sifat va miqdoriy tahlildan o‘tishini ta’minlash; 
Sifat va miqdoriy tahlil o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
- noaniq axborotni chiqarib tashlash; 
- axborotning bir turli ekanini tekshirish; 
- axborotga statistik ishlov berish va ishonchlilik ko‘rsatkichlarini baholash; 
- ishonchlilik tahlili natijalari asosida ishonchlilikni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish. 
Buzilish va oxirgi holat sabablarini tahlil etish jarayonida quyidagilar o‘tkaziladi: 
- birlamchi ma’lumotlarni qabul qilingan alomatlari (ekspluatatsiya sharoiti, ishlash muddati, 
buzilish turlari va boshqalar) bo‘yicha tizimlash; 
-
buyumning ishonchliligini cheklovchi detallarni aniqlash
-
buzilish sabablarini aniqlash; 
-
konstruksion-texnologik va tashkiliy tadbirlarning samaradorligini baholash; 
-
statistik axborot bo‘yicha taqsimlanish qonunlarini aniqlash va ishonchlilik xususiyatlari 
ko‘rsatkichlarini baholash; 
-
ehtiyot qismlar sarfi bo‘yicha axborotga ishlov berish; 
-
buyumlarning turib qolishi davomiyligi va uning sabablarini aniqlash hamda tizimlash; 
-
olingan ma’lumotlarni me’yoriy va boshqa sharoitlarda olingan ma’lumotlar bilan 
solishtirish va h.k.
 


Axborotni yig‘ish va ishlov berish uchun quyidagi qayd shakllari ishlatiladi: 
1. Ishonchlilik to‘g‘risidagi ekspluatatsion axborotni qayd etish dastlabki shakllari; 
2. Ekspluatatsion axborotni to‘plagich shakllari; 
3. Ishonchlilik tahlili natijalarini qayd etish shakllari. 
Qayd etish dastlabki shakllari bir tizimga tushirilmagan axborotni qayd etishga mo‘ljallangan 
bo‘lib, ular ekspluatatsiya sharoitida to‘ldiriladi. Bunday shakllarning asosiylari: 
- yurilgan yo‘l va buzilishlarni qayd etish jurnali. Jurnalda buyumning pasport ma’lumotlari, 
korxona nomi, ish tartiboti va ekspluatatsiya sharoitlari, buyumning kuzatuvga qo‘yilgan va undan 
chiqarilgan sanasi, ekspluatatsiya boshlanishidan boshlab yurgan yo‘li, buzilgan detalning nomi
buzilish sababi, uni bartaraf etish vaqti, uslubi va h.k. bo‘lishi kerak (1-ilova); 
- buyumga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirni qayd etish jurnali. Jurnalda buyumning 
pasport ma’lumotlari, korxona nomi, buzilgan detalning nomi, texnik xizmat ko‘rsatish turi va 
davriyligi, buzilishni bartaraf etish usuli, almashtirilgan detallar qiymatini hisobga olgan holda texnik 
xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash sarflari o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak; 
- buyumlar ekspluatatsiyasining bir martali xujjatlari (yo‘l varaqasi, agregatni ta’mirlash 
varag‘i, buyumning buzilishi to‘g‘risidagi axborot, ehtiyot qism talabnomasi va h.k.). 
To‘plagich-shakllar bir tizimga tushirilgan axborotni qayd etishga mo‘ljallanib, maxsus 
tayyorlangan xodimlar yordamida va dastlabki xujjatlar asosida yoki ekspluatatsiya kuzatuvlari 
jarayonida to‘ldiriladi. Asosiy shakllari: 
- buzilishlarning xarita-to‘plagichi; 
- buyumga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash to‘g‘risidagi axborotlar xarita-
to‘plagichi. 
Buyum ishonchlilik tahlili natijalarini qayd etish shakllari miqdor va sifat natijalari, ish 
tartibotlari, ehtiyot qismlar sarfi, buzilishlar sababi, buyum ishonchliligini cheklaydigan detallar 
ro‘yxatini qayd etishga mo‘ljallangan. Asosiy shakllari: 
- buyum ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash umumiy ro‘yxati; 
- buyum bo‘laklari ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash umumiy ro‘yxati; 
- buyum buzilishlari turlarining umumiy ro‘yxati; 
- ehtiyot qismlar sarfining umumiy ro‘yxati; 
- texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash mehnat hajmi va qiymatining umumiy ro‘yxati; 
Qaytarish uchun savollar
1. Buyumning ishonchliligi bo‘yicha qaysi hollarda axborot yig‘iladi? 
2. Buyumning ishonchliligi bo‘yicha to‘plangan axborotga qanday ishlov beriladi? 
3. Buyumning ishonchliligi bo‘yicha axborot yig‘ishda qanday qayd shakllari qo‘llaniladi? 
4. Buyumning ishonchliligi bo‘yicha axborot xaritasi qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi? 
5. Buyumning ishonchliligi bo‘yicha axborot yig‘ish va ishlov berish tizimi qanday maqsad va
vazifalarni o‘z ichiga oladi? 

Download 147,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish