Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/117
Sana30.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#193968
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117
Bog'liq
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.

Korxona faoliyati reklamasi.  Raqobat darajasi juda yuqori bo‘lgan g‘arb 
mamlakatlarida iqtisodiyotning deyarli hamma sohalaridagi bironta firma bo‘lsin u 


yoki bu shakldagi reklamasiz tirikchilik qila olmaydi. Reklama degan tushunchaga 
korxona faoliyatining har xil turlari kiradi:  
- tayyorlanadigan mahsulot va uni ishlatishga mo‘ljallangan reklama; 
- korxonaning o‘zini ko‘zda tutadigan reklama; 
- ochiq (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) reklama; 
- yashirin (bilvosita) reklama  (masalan, biror filmda buyumning ma'lum bir 
markasi  ko‘rsatiladi  yoki  matbuotda  korxonaning  faoliyati  va  mahsulotlarining 
sifati to‘g‘risida ijodiy maqola bosib chiqariladi); 
-  tovarlarni  o‘tkazish,  sotishni  kengaytirishga  yo‘naltirilgan  reklama  va 
hokazo. 
Demak,  korxonaning  o‘z  maqsadiga  erishishiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bilvosita 
yordam beradigan hamma choralarni reklama jumlasiga kiritish mumkin. 
Reklamani uch jihatdan olib ko‘rsak bo‘ladi: 
1.  Firma ichki reklamasi. 
2.  Jamiyatda korxona obro‘-e'tiborini oshirishni ko‘zda tutadigan reklama. 
3. Tovarlarni o‘tkazish, sotishni ko‘zda tutadigan reklama. 
Firma ichki reklamasi. Bu reklamaning asosiy vazifalaridan biri xodimlarda 
o‘z  korxonasiga  ishonch  paydo  qilish,    ularda  o‘zlarining  taqdiri  shu  korxona 
taqdiriga mahkam bog‘liq, degan tuyg‘u uyg‘otishdir. 
Firma  ichki  reklamasining  vositalari  quyidagilardir:    korxona  tashkiliy 
strukturasining  tegishli  darajasi  va  rahbariyat  bilan  xodimlar  o‘rtasidagi  yaxshi 
o‘zaro  munosabatlar;    xodimlar  uchun  ijtimoiy  imtiyozlar;  firma  gazetasi;  
rahbarlarning jamiyatda o‘zini namunali tutishi. 
Reklamani  shu  jamiyatda  olib  qaraganda  korxonaning  har  bir  xodimi  ham 
jamiyat a'zosi, ham potensial mijoz ekanligini hamisha esda tutish kerak. 
Jamiyatda  korxona  obro‘-e'tiborini  oshirishni  ko‘zda  tutadigan  reklama. 
Yirik korxonalarda ana shunday reklama faoliyatini amalga oshirishga doir maxsus 
bo‘limlar bo‘ladi. Ular odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga bo‘ysunadi. 
Bu reklama quyidagi vositalardan foydalanadi: 
- matbuot vakillari bilan muloqot; 
-  matbuotda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tovarni  reklama  qilmasdan,  korxonaning 
yutuqlarini (masalan, homiyliklarini) reklama qiladigan e'lonlar; 
-  korxona  rahbarlarinining  mamlakat  ijtimoiy  hayotida  ishtirok  etishi 
(masalan, AQSh da menejerlar vaqtincha hukumat organlarida ishlashadi). 
Tovarlarni  o‘tkazish,  sotishni  ko‘zda  tutadigan  reklama.  Bu  reklama 
faoliyatining  asosiy  sohasidir,  u  marketing  miks  tushunchasi  bilan  mahkam 
bog‘langan  bo‘lib,  tovarlarni  sotishga  ta'sir  o‘tkazadigan  bir-biriga  bog‘liq 
omillarning hammasini uyg‘unlashtirib boradi. 
Reklama axborotlarining tipologiyasi quyidagilardan iborat: 
-xaridorga ta'sir etish usuli orqali; 
- ifoda etish usuli orqali; 
- asosiy maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan; 
-  reklamaning  iste'molchilar  bilan  mumkin  bo‘lgan  teskari  aloqalar  nuqtai 
nazaridan. 
Reklama axborotlarining ta'sir etish usullari quyidagilar: 


- ratsional (aql-idrok) 
- emotsional (his-tuyg‘u). 
Ratsional  reklama  potensial  xaridorga  aqlan  murojaat  etishdan  axborot 
beradi.  U  xaridorni  ishontirishga  dalillar  keltiradi,  o‘zining  dalillari  orqali  so‘z 
tfodasining shaklini tanlaydi, aytilgan so‘zlarining taassurotini kuchaytirish uchun 
chizma va rasmlardan foydalanadi. 
Emotsional  reklama  xotiralarni  uyg‘otadi.  U  fikrlashga  olib  boradi,  his-
tuyg‘ularga,  emotsiyalarga  murojaat  etadi.  G‘oya  va  farazlarga  emotsiya  orqali 
ta'sir etadi. Uning foyda beradigan usuli rasm, rang va kam darajadagi ovoz.  
Reklamalar  sof  ratsional  yoki  sof  emotsionallardan  iborat.  Biroq  reklama 
xabarlarining  soni  ko‘p,  juda  ko‘p  desa  ham  bo‘ladi.  Shu  ikki  ko‘rinishni  o‘zida 
namoyon etadi. 
Ifoda  etish  usuli  bo‘yicha  reklama  «qattiq»  va  «yumshoq»  qa  bo‘linadi. 
«Qattiq»  reklama  qisqa,  tez  usulda  maqsadni  bayon  etish,  ob'ektga  obraz  orqali 
ta'sir qilish, qichqirish  orqali xaridga e'tiborni tortish, e'lonning  foydasini hisobga 
olgan holda targ‘ib etish kabilarni o‘z ichiga oladi.  «Yumshoq» reklama faqatgina 
tovar  va  uning  markasi  haqidagi  xabarni  ifodalab  qolmay,  tovar  atrofida  foydali 
atmosfera yaratadi. 
Ko‘pincha  emotsional  reklama  bu  belgilarda  o‘yinlar  orqali,  chuqur 
motivlarda o‘ynaydigan simvolikalar yordamida amalga oshiriladi. U asta-sekinlik 
bilan  potensial  xaridorni  qandaydir  tovarga  qaratib,  ichki  bir  kuch  uyg‘otib 
xaridorni xarid qilishga tayyorligini shakllantiradi. Asosiy maqsad va vazifa nuqtai 
nazaridan reklamaning quyidagi ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin: 
-  Imidj  reklama  -  bu  reklamaning  jamiyatda  yaratish  maqsadida  bo‘lgan 
prestij korxonasi. 
- Rag‘batlantiruvchi reklama 
- Reklamaning mustahkamligi 
-Firma ichidagi reklama 
- Mahsulot sotilishini kengaytirish maqsadidagi reklama 
- nasihatgo‘y reklama 
- solishtirma reklama 
- eslatuvchi reklama 
- mustahkamlovchi reklama 
- axborot beruvchi reklama 
- ogohlantiruvchi reklama 
- chorlovchi reklama. 
Imidjli  reklama  asosan  xaridorning  ,  sherikdagi  tovarning  va  firmaning 
qulay  obrazini  (imidj)  yaratishga  qaratiladi.  Unda  noziklik  ishning  foydasi, 
mijozlarga mehribonlik va mustahkamlik fazilatlarini ko‘rsatish joiz. 
Rag‘batlantiruvchi  (qiziqtiruvchi)  reklama  asosan  xaridor  ehtiyojini  aynan 
shu  firmaning  mahsulotini  xarid  etishga  qiziqtirishga  qaratiladi.  Bunda  asosiy 
urg‘u  beriladigan  jihatlari  aynan  shu  firma  mahsulotlarining  asosiy  afzalliklarini, 
ularning  boshqa  aynan  shunday  o‘xshash  tovar  va  xizmatlar  bilan  solishtirganda 
ijobiy natija ko‘rsatadi. 


Mustahkamlovchi  reklama  asosan  xaridor  va  sheriklarni  firma  ishining 
natijasida  mustahkamlik  haqida,  uning  bozor  sharoitidagi  turg‘unligi  to‘g‘risida 
ham axborot berishga qaratilgan. 
Firma ichidagi reklama ishchilarda o‘zining korxonasiga ishonch tuyg‘usini 
uyg‘otishga  qaratilgan,  ularda  uning  tag‘diri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  o‘zaro  tor 
aloqalar  hissini  tug‘diradi.  Agar  har  bir  korxona  a'zosi    o‘z    faoliyatiga  kerakli 
choralar ko‘ra olsa, ular uchun javobgarlikni bo‘yniga ola olsa, bu holda ishchilar 
firmadagi  ishlaridan  qoniqish  hosil  qiladilar  va  jamiyatga  shu  firmaning 
reklamasini yetkazadigan bo‘ladilar.  
Ichki firma reklamasining vositalari: 
- firma gazetasi; 
- ishchilar va rahbarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning yaxshiligi; 
-  ishchilar  uchun  ko‘psonli  ijtimoiy  imtiyozlar  svhsulot  sotilishini 
kengaytirish maqsadidagi reklama – reklama faoliyatidagi bosh sferadir. 
Unaydigan  (ko‘ndiradigan)  reklama  –  ko‘proq  reklamaning  agressiv  turi, 
asosiy  vazifasi  qiyishish  –  xaridorni  aynan  shu  tovar  yoki  xizmatni  sotib  olishga 
undashdan iborat bo‘ladi. 
Solishtirma reklama – bu ko‘ndiriladigan reklamaning har xil ko‘rinishi.  U 
reklama  qilinayotgan  tovar  yoki  xizmatlarning  raqib  tovar  yoki  xizmatlari  bilan 
solishtirishga asoslangan. Ko‘p rivojlangan mamlakatlardagi qonun chiqaruvchilar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tovar  raqiblarini  yoki  uni  ishlab  chiqaruvchisini  tanqid  qilishni 
man qilganlar, u holda bunday solishtirma reklama bo‘lishi mumkin. 
Eslatuvchi  reklama  –  potensial  xaridorlarga  bozordagi  firmaning  yoki 
tovarning  aniq  mavjudligi  haqida  va  uni  xarakteristikasi  haqida  eslatishga 
qaratiladi. Mustahkamlovchi reklama eslatuvchi reklamaning har xil ko‘rinishidir. 
U  iste'molchini  xarid  qilgan  tovarini  qo‘llab-quvvatlashi,  xaridorni  qilgan  qarori 
to‘g‘riligiga  ishontirishi  kerak.  U  xaridorni  doimiy  mijozga  aylantirishga 
qaratilishi kerak.  
Axborot beruvchi reklama – bu reklama firma haqida va uning mahsulotlari, 
tovarlari,  xarakteristikasi,  obro‘si,  yangilik  yaratishlari  haqida  axborot  berishga 
qaratilgan. 
Ogohlantiruvchi  (oldini  olish)  reklamasi  –  ko‘zlangandan  ham  ko‘proq 
vositalarga ketgan harajat. Bunday reklama kompaniyalarining maqsadi – reklama 
faoliyatiga  katta  summa  sarflashga  qurbi  yetmaydigan  raqibining  pozitsiyasini 
tushirmoq.  
Reklama vositalari quyidagilardan iborat: 
1.  Ko‘rgazmalar    (jahon,  xalqaro,  milliy,  firma  miqyosidagi  ko‘rgazmalar, 
transport,  ishbilarmonlarning  faoliyatini  yorituvchi,  doimiy  ta'sirchan  –  ya'ni 
institut,  o‘quv  yurtlari,  tashkilotlardagi  ko‘rgazmalar,  Sotuv  va  buyum  bozorlari 
ko‘rgazmalari). 
2.  Bosma  reklama  nashrlari:  katalog,  buklet,  varaqa,  Plakat,    Afisha, 
Otkritka,  informatsion  xatlar,  shoir  va  adiblarning  portretlari.  kalendarlar  (devor 
uchun, yon daftar uchun), firma o‘rov qog‘ozlari, etiketka, taklifnoma. 
3. Nashriyotda reklamalar murojaati – reklamali e'lonlar, maqola, aylana stol 
materiallari. 


4.  Televizion  reklama  –  reklamali  roliklar  yoki  filmlar,  kliplar,  ishlab 
chiqarishning  ko‘rgazmalari,  badiiy  kecha  reportajlari,  maxsus  ko‘rsatuv,  kino, 
teleshoular dasturi orasida tovar va xizmatlar reklamasining qatnashishi. 
5. Radio reklama – maxsus eshittirishlar, reklama e'lonlari. 
6.  Transport  reklamasi  –  reklamali  plakatlarning  transport  ichida 
joylashtirilishi. Shuningdek, transport vositalari tashqi ko‘rinishidagi reklamalar.  
7. Elektron reklamalar – Internet tarmog‘i va shahar markaziy ko‘chalaridagi 
elektron shitlar.  
8.  O‘zgaruvchan  va  aylanali  reklamalar  –  markaz  ko‘chalaridagi 
maydonlarda o‘rnatiladi. 
9. Pochta orqali yoki tezkor elektron pochta orqali reklama. 
10. Telefon tramog‘i orqali reklama. 
11. Yodgorlik shaklidagi reklamalar – avtoruchka, brelok, suvenirlar.  

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish