Avval toʻrtinchi misrani yozib, soʻng oldingilari unga qofiyadosh qilinganmi? Javobni sheʼrning ilk
misrasidan topasiz, u esa “Ishqingda devonaman” shaklida.
Ishqingda devonaman,
Husningga parvonaman,
Yoʻlingda mastonaman,
Muhabbatdan qonaman.
Hamma balo sheʼrdagi oʻn uchta toʻrtlikni, yaʼni ellik ikki misrani “devonaman”ga qofiyadosh
qilishga behuda urinishda. Tilimizni ne koʻyga solinayotganini-ku qoʻya turaylik. Ilk banddayoq
mazmunning bunchalar nochor, sayozligini koʻrib beixtiyor hafsalang pir boʻladi. Axir bosh band
shu boʻlsa, davomida nimaniyam rivojlantirish mumkin. Yaʼni “echki nima-yu, dumi nima boʻlardi”.
Davomida yanayam ajabtovur misralar tizilgan:
Choy bersang, choyxonaman, (?)
Gul tutsang, Fargʻonaman, (?)
Aytdim-ku, bir donaman,
Sevgiga chulgʻonaman.
Ehtimol, muxlislar shoir ijodiy eksperimentga moyil, bu yerda u barcha misralari oʻzaro qofiyadosh
sheʼr yozishga harakat qilgan, deya eʼtiroz qilishar. Ijodiy eksperimentdan koʻpi bormi: bittagina
arzirli badiiylikni olguncha qancha-qanchasi besamar ketadi – hammasini oʻquvchiga taqdim etish
shart emas, axir! Keyingi bandlarga ham mazmuni mos kelsa-kelmasa “… naman”ga qofiyadosh
qilib “Vafoga oqlanaman (?), Qalbingda poklanaman…” (?), “Taqdirman, peshonaman…” (?)
qabilidagi misralar tizilavergan.
Yuqorida “mustazodni eslatadigan” deganimiz sababi unda teng oʻlchamli uchta misra oʻzaro
qofiyalanadi, band toʻrtinchi qisqa misra bilan yopiladi, qisqa misra tarjeʼ sifatida takrorlanadi.
Qisqa misra borligi uchungina “mustazod”ga mengzashimizda balki, zoʻrakilik bordir. Biroq, biz bu
yerda koʻproq boshqa bir narsani – hazrat Navoiy mustazod haqida “xalq orasida bir surud bor”
deganlarini nazarda tutdik. Zero, “surud” qoʻshiq degani, hazratning aytishicha, qisqa misra
orttirish bilan sheʼr qoʻshiq ohangiga moslanadi . Haqiqatdan ham bunday sheʼrlarning kuyi
soʻzlarga qoʻshilib oqib kelayotgandek tuyuladi, musiqani his qilishga qobil odam beixtiyor
xirgoyiga oʻtib ketadi. Mana, shunday sheʼrlardan birining bosh bandi:
Qomatining naqshlari,
Zimdan turib boqishlari,
Yurakka oʻt yoqishlari,
Goʻzal!
“Tavsif” deb nomlangan ushbu sheʼr yor taʼrifiga bagʻishlangan, barcha bandlari “Goʻzal!” xitobi
bilan yakunlanadi. Umuman, bu badiiy niyat ijro uchun gʻoyat maqbul shakl, biroq mazmun tomoni
shunga munosib emas. Sheʼrxonda “Qomatining naqshlari” nima degani boʻlsa ekan?” degan savol
tugʻiladi. Balki kimdir javob topar men oʻylab oxiriga yetolmadim. Soʻng “zimdan turib boqishlari”ni
fahmlashimiz, nigohimiz bilan “tutib olishimiz” mumkin.
Ahad Qayum sheʼrlarini oʻqiganda “bu yigit oʻzbek tilini biladimi yo endi oʻrganyaptimi?” degan
savol tugʻiladi. Bunga amin boʻlish uchun, masalan, “Avvalo inson boʻl” nomli sheʼrdan mana bu
bandni olaylik:
Omad ostonangda turganda gullab,
Lazzatning tamidan hidlagin oʻylab,
Oʻzingdan pastlarni atayin qiynab,
Jonini ogʻritma, darmon malham boʻl,
[2]
Avvalo inson boʻl, avval odam boʻl!
Shunga oʻxshash, oʻquvchi sal quyiroqda “Balki oʻchirarsan dildan darzingni” misrasini oʻqib,
“darzni ham oʻchirib boʻlarkanmi?!” deya hayron boʻlishi tabiiy. Agar bu holning yuzaga kelish
sababini mushohada qilgudek boʻlsa, uchinchi misradagi “darzingni” soʻzi “lafzingni” va “qarzingni”
soʻzlariga qofiyadosh boʻlgani uchungina kirib qolganini osongina fahmlab oladi. Hali hayronligi
yozilmay turiboq bir bechora yoningga kelib muruvvat soʻrasa, “Beparvo boʻlmagin ahvolin koʻrib,
Holidan kulmagin mulzam, motam boʻl” qabilidagi nasihatga duch keladi-da, “mulzam boʻlmoq”
feʼlining holatga aloqasini ham, “motam boʻlmoq”ning maʼnosini ham anglayolmay garang boʻladi.
Endi xolis ayting: bir sheʼrning yarmiga yetguncha toʻrt oʻrinda soʻz maʼnosini anglamaslikdan
gʻalizlikka yoʻl qoʻysa, “shoir oʻzbek tilini biladimi?” savoli oʻrinli boʻladimi?! Yuqoridagi holning
istisno emasligiga amin boʻlmoqni istasangiz, turli sheʼrlardan olingan mana bu gʻaroyib misrlarni
mushohada qilib koʻring:
Do'stlaringiz bilan baham: