Qarang, lirik qahramonimiz endi mumtoz sheʼriy qasamlar ichmoqda, lekin “ortidan qolmaslik
shoʻrlikning oʻzi buning koʻziga kuchuk boladay moʻltillab qarab turgan boʻlsa-yu, unga yana “yulduz
uzib berilsa” – ortiqcha hashamat, isrof boʻladi-ku! Demak, ushbu bandning mazmuni ham oʻzidan
oldingi band mazmuni bilan mantiqiy nomuvofiqlik hosil qilyapti. Bundan tashqari, “hatto” soʻzini
notoʻgʻri qoʻllash oqibatida misralararo aloqada ham mantiqiy gʻalizlik yuzaga kelgan. “Koʻkdan
yulduz uzib berish” oʻzi mubolagʻaning haddi aʼlosi edi, soʻng “hatto” soʻzi qoʻllanayotgan ekan,
bajarilajak amalning undan-da mubolagʻaliroq boʻlishi taqozo etiladi. Shu yerga kelganda shoirning
vaʼda qiladi. Mayli, buni mumtoz sheʼriyat anʼanasidagi faxriyaga yoʻyib qoʻya turaylik-chi.
Sheʼrning hikmati, masalning “alqissasi” kabi oxirida ekan, bu bandda shoir goʻyo eʼtirozlarimizni
Qarang-a, oʻqiganlarimiz “sevgi desa juda koʻngli boʻsh”, ehtirosga beriluvchan odamning koʻngil
holi ekan-u, shunga fahmimiz yetmay eʼtiroz ustiga eʼtiroz qilayotgan ekanmiz. Ehtimol,
eʼtirozlarimizni kimdir qabul etmas, kimdir sheʼrdagi holatu kechinma gʻoyat hayotiy deya oʻzimizga
eʼtiroz qilar. Biroq, hayot sheʼriyatga toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchavermaydi-da. Bu oʻrinda bir oddiy
haqiqatni taʼkidlash zarur: har qanday kechinma ham, har kasning ilhomi ham POEZIYaga daxldor
boʻlavermaydi.
* * *
Muhabbat mavzusidagi sheʼrlarning eng mashhurlari ayriliqdan soʻzlaydigani. Nega? Menimcha,
asosiy sabab – sheʼrda aks etgan yoʻqotish iztirobining goʻzalligida. Ha, sheʼriyat anʼanasida
shunday: bir shoir yoʻqotish iztirobini “yorugʻ hasrat” deb aytadi, chunki hasrati ham yor bilan
limmo-lim toʻlgan (A. Pushkin); boshqa birisi yoridan ayro holatini “bu kun hamrohimdir goʻzal
iztirob” deya taʼriflaydi (A. Oripov)… Har ikki holda ham iztirob nurli, endi unda kin, adovat,
alamzadaligu nafrat kabilarga oʻrin yoʻq – goʻzal iztirob qarshisida ular oʻta mayda. Muhimi,
sheʼrxon oʻz dilidagi iztirobni shunga mengzaydi – maʼnan yuksaladi; tagʻin biri oʻzga qalbda
shunday goʻzal iztirob boʻlib yashayotganini his qiladi, oʻzini oʻsha goʻzallikka aloqador sezadi –
nurlanadi. Ayriliqdan boʻzlovchi sheʼrlarning kuchi hislarni koʻngildan kechirtirishida, shu bois, ular
koʻnglimizga chippa yopishadi.
Har narsada meʼyor saklanishi kerak, suiisteʼmol – har nening kushandasi. Toʻgʻri, sheʼriyat haqida
soʻz borganda statistik maʼlumotlarga tayanish gʻalati. Shunday boʻlsa-da, “Yolgʻiz ayol” toʻplamini
varaqlab sanashga tushdim: ayriliqdan boʻzlovchi sheʼrlar adadi 25 dan oʻtdi – u yogʻiga sabrim
chidamadi. Rosti, beixtiyor buncha sheʼrga mavzu bergan ayriliqning ortida turgan muhabbatni
tasavvur qilishga urina boshladim: yo u – misli koʻrilmagan buyuk muhabbat, yo mening
tasavvurim – oʻta ojiz! Yoʻq, xayriyat, uzoq oʻkinishimga toʻgʻri kelmadi, jumboqning yechimi topila
qoldi – “Bugun sevib qoldim uchinchi marta” nomli sheʼrga koʻzim tushdi:
Birinchi sevgimni zoʻrgʻa unutib,
Do'stlaringiz bilan baham: