Soʻnggi vaqtlarda nazmbozlik kasaliga yoʻliqqanlar joʻn gaplarni ham sheʼrga soladigan, eng



Download 89,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana30.12.2021
Hajmi89,84 Kb.
#192716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheʼrda mantiq kerakmi saviya.uz

Bevafo, bevafo, jonim bevafo.

 

Bu – “Bevafo” nomli sheʼrning yakunlovchi bandi. Lirik qahramon nima vaj bilandir “bevafolik”



qilgan sevgilisini yozgʻiradi, alamlarini toʻkib soladi, unga “Umring yolgʻon xazon boʻladir, Guldek

yuzing erta soʻladir, Baxting soʻnib, qadring sinadir” deya shoirona “qargʻishlar” yuboradi. Uning

holati misoli burgaga achchiq qilib koʻrpaga oʻt qoʻyayotgan kishiga oʻxshaydi. Bevafo yoriga

oʻchakishib odamni odam etguvchi axloq meʼyorlariga tupuradi. Axir, odam degani muhabbatsiz,

nikohsiz “yot quchogʻda yorin quchaversa”, hech bir cheklovsiz “oʻzgalarga mehrini sochaversa” –

hayvondan farqi qoladimi?! Eng yomoni, bu daʼvatning ochiqchasiga, baralla aytilayotgani.

Mana bunday satrlar ham shunga dalolat qiladi:

 

Qizgʻaldoqqa aylansaydim, qizgʻaldoqqa,



Yoqarmidim balki sendek qizaloqqa.

 

Misralar hech bir nuqsonsiz jaranglaydi, biroq mazmun yuqoridagi mulohazalar ostida olinsa,



kishini shoshirib qoʻyadi. Axir, “qizaloq” soʻzi hali voyaga yetmagan qizlarga nisbatan ishlatidi?!

“Mendan oʻzgani sevma” sheʼridagi “Hammasiga ishq kerak, Ahadga oshiq kerak” misralarini oʻqib,

bir muddat hayron qotib qolsangiz, ajab emas. Matnda “oshiq” emas, “maʼshuqa” soʻzi oʻrinliroq



boʻlsa kerak, yana bilmadim. Bu shunchaki eʼtiborsizlikmi yoki “erkinlik”larni qonuniylashtirayotgan

Gʻarb taʼsirimi? Ishqilib, birinchisi boʻlsin, yoʻqsa, bong urayotganlarim bekor…

 

* * *

 

Bozorda “asl mahsulot” ancha qimmat yuradi, inja xaridor uni “ommaviy mahsulot”ga nisbatan



yuksak qadrlashi maʼlum. Menimcha, buning bosh sababi: birinchisi, ijodiy ruhga yoʻgʻrilgan;

ikkinchisi, ruhsiz, unda qolipning jonsiz izlari qolgan, xolos. Shunga qaramay, ommaviy mahsulot

xaridorgir boʻladi, bunda molning sifati emas, xaridorning sotib olish imkonidan kelib chiqadigan

talabning kattaligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu qonuniyat bugungi adabiy jarayonda

ham toʻla amal qilayotgandek. Xususan, Ahad Qayum sheʼrlari bugungi qoʻshiqchilik talablarini ayni

kundagi didiga yarasha. Qoʻshiqchilik “mahsuloti” esa, badiiy didi oʻtmaslashib borayotgan

yoshlarga moʻljallangan. Boshqacha aytsak, shoir “kerak pardani topgan”, shu bois, sheʼr bitib,

bastakor kuy bastalab, xonanda yonib-yondirib kuylab yotibdi… Shou biznes industriya, uning

hududida amal qiluvchi asosiy qonun – “xaridorgir mahsulot”. Bas, uning fuqaroligini qabul qilgan

shoir, bastakoru qoʻshiqchi ham shunga amal qilishi shart, sanʼat qonunlari esa bu hududda faqat

tavsiya kuchiga ega…

Fikrimizni asoslash maqsadida Ahad Qayumning “Qizmi bu, kiyikmi bu?!..” toʻplamini koʻzdan

kechiramiz. Avvalo, shoir kuy va xonish uchun eng qulay sheʼriy shakllarni tanlagani eʼtiborni

tortadi. Ular xalq ogʻzaki ijodi hamda mumtoz sheʼriyatdagi murabbaʼ va mustazodni eslatuvchi

sheʼrlar. Xususan, 39 ta sheʼr xalq dostonlaridagi “faloniy bir soʻz aytib turgan ekan” tarzida

boshlanuvchi toʻrtliklar shaklida keladi. Dastlabki uch misra oʻzaro qofiyalanib, toʻrtinchisi barcha

bandlar oxirida tarjeʼ sifatida takrorlanadi. Dostonlardagi bunday oʻrinlar oʻqilganda beixtiyor

xirgoyiga oʻtib ketilgani kabi, anʼana taʼsiri ushbu shakldagi zamonaviy sheʼrlarda ham saqlanadi.

Toʻplamdagi 25 ta sheʼrning ritmik-intonatsion qurilishi murabbaʼ shaklida, farqi – tarjeʼ misraning

yoʻqligi. Moʻjazgina toʻplamdan joy olgan sheʼrlarning qariyb 60 foizi shu shaklda. Umuman

olganda, u yoki bu shaklni suyish va undan keng foydalanishning hech aybli joyi yoʻq. Biroq, shakl

ijodkor uchun shunchaki toʻldirib, paydar-pay tashlanaveradigan qolipga aylanib qolsa-chi? Unda

ijod ruhi oʻladi, bir-biridan farqsiz narsalarning tussiz qatori vujudga keladi…

Qoʻshiqbop shaklning qolipga aylanishidan eng avval sheʼrning mazmuniy-mantiqiy tomoni jabr

koʻradi. Mazkur shakl mazmun butunligi va ifoda izchilligini taʼminlashda muayyan qiyinchiliklar

tugʻdiradi. Zero, tarjeʼ misra oʻzidan avvalgi uch misraning oʻzi bilan mazmuniy bogʻlanishini taqozo

etadi, ayni paytda, bitta misra bilan tugallanayotgani holda bandlar bir-biriga mazmunni izchil

rivojlantiradigan tarzda bogʻlanishi zarur. Agar shu talablarni eʼtiborga olsak, aslida bu shaklda




mukammal sheʼr bitish ancha mushkul ekanligi ayon boʻladi. Aytilganlar nuqtai nazaridan “Sizni

menga Xudo uchratdi” sheʼrini koʻrib chiqaylik. Birinchi band:

 


Download 89,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish