Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
247
- R -
RABOT - 1) 7-10-a.larda Kichik va O’rta Osiyo hamda Shimoliy Afrikaning musulmonlar
va xristianlar (yoki butparastlar) yonma-yon yashagan hududlarida vujudga kelgan
harbiy istehkomlar yoki qal’alar. R.larda istiqomat qilgan musulmonlar odatda ko‘ngillilar
sifatida g‘ayridinlarga qarshi urushlarda qatnashganlar. 11-12-a.larda Marokashda
paydo bo‘lgan al-Murobitun harakati va davlati o‘z nomini R. atamasidan olgan. Ayni
vaqtda Eronda R. o‘zining harbiy ahamiyatini yo‘qotdi va darvish-qalandarlarning
qarorgohi -xonaqohlarga aylandi. Keyinchalik R.ning aynan shu ma’nosi butun
musulmon dunyosiga yoyildi. 2) O’rta asrda musulmon shaharlari ichkarisidaga
omborxona, karvonsaroylar yoki shahar tashqarisidagi bozorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: