RIFO’IYLAR - so’fiylik tariqati a’zolari. O’rta asrlarda vujudga kelgan. Bu tariqatga
basralik Sayyid Ahmad Rifo’iy (1182 y. v.e.) asos solgan. R. Yaqin Sharkda, xususan,
Eronda keng tarqalgan darvishlardan iborat bo‘lgan. Ular hozir ham mavjud.
ROBIA al-ADAVIYA (713/714-801) - Basra zohidlarining taniqli vakilasi. Bolaligida
cho‘ri qilib sotilgan. Keyinchalik xudojo‘yligi va zohidlarga xos turmush tarziga ixlos bilan
rioya etgani sababli ozodlikka chiqarilgan. Bir necha yil sahroda yolg‘iz yashagan. R.A.
Allohni sevishdan boshqa jamiki narsalarni rad etish tarafdori bo‘lgan. Allohdan hech bir
tama’ - manfaat ko‘zlamay, uni mutlaq sevish - inson ma’naviy hayotining mohiyati
ekanligini zohidlardan birinchi bo‘lib ta’kidlagan. R.A. g‘oyalari keyingi avlod so’fiylari
orasida keng tarqalib, Bistomiy, Halloj, Ibn Farid, Ibn Arabiy va b. so’fiylar ta’limotining
asosini tashkil etgan. R.A. taqvodorlik, Allohni sevish namunasi deb bilinib, "avliyo"
sifatida ulug‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |