www.ziyouz.com kutubxonasi
249
shuningdek, Muhammad (sav)ning zamondoshlari va raqiblari - "soxta payg‘ambar"
Abxala al-Asvad va Musaylima o‘z xudolarini shunday ataganlar. Qur’onda ar-R. - Alloh
va Rabb (Parvardigor)dan so‘ng Xudoni anglatuvchi eng ko‘p ishlatilgan atama. Qur’on
nozil qilinishining Makka davrida Muhammad (sav) xudoni asosan ar.-R. deb ataganlar.
Ar-R. ko‘plab shaxs nomlari tarkibiga kirgan (mas., Abd ar-Rahmon, "Rahmonning kuli",
ya’ni "xudoning kuli").
RIBO (arab - sudxo‘rlik) - pulga foyda (foiz) olish - sudxo‘rlik. Islomdan ilgari arablar
orasida R. keng tarqalgan edi. Ilk islomda savdo qilish va u orqali foyda ko‘rish keng
rag‘batlantirilgani holda, pulga foyda olish qat’iyan taqiklangan va bu taqiq Qur’onda
ham o‘z ifodasini topgan (2 : 276). Hozir ham musulmon mamlakatlaridagi bank va
moliya ishlarida ushbu taqiqqa amal qilinadi (q. Islom taraqqiyot banki).
REVGARIY Xoja Orif, Mohitobon (12-a. o‘rtasi - Shofirkonning Revgar qishlog‘i - 1259)
- xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning
ikkinchisi.
Abdulholiq G’ijduvoniy (Xojai jahon)dan tasavvuf ta’limotini o‘rgangan. Ular G’ijduvon
bilan Shofirkon o‘rtasidagi Ro‘yibinon qishlog‘ida uchrashib, suhbatlashib turganlar.
G’ijduvoniyning 4-xalifasi sifatida ustozi vafotidan so‘ng xojagon silsilasini boshqargan.
"Silsilai sharif"da "11-halqaning piri" sifatida zikr etiladi. "Qutbul avliyo" "Valiylar
yo‘lboshchisi" unvoniga sazovor bo‘lgan. Xoja Mahmud Anjirfag‘naviyga ustozlik qilgan.
Shofirkon sh.da dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara va atrofdagi masjid mustaqillik
yillarida ta’mirlangan. R. mozori obod ziyoratgoh sifatida mashhurdir.
Tasavvufning o‘zak masalalari xususida so‘z yuritilgan "Orifnoma" risolasi o‘zbek tilida
ham nashr qilingan (T., 1994). Tasavvufshunos olim Ibrohim Haqqul R. haqida "Xoja
Orif Mohitobon" essesini yozgan (T., 1996). As.: Orifnoma, T., 1994.
RIDDA (arab. - orqaga qaytish, chekinish) -musulmon bo‘lib yurgan odamning o‘z
ixtiyori bilan islomdan qaytishi. Islom tarixida birinchi R. - ba’zi arab qabilalari orasida
yuz bergan. Ular Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng islomdan chiqqanlar. R. 632 y.
bevosita Abu Bakr Siddiq xalifa sifatida davlat boshqaruviga o‘tirgach boshlandi va 1,5
yilcha davom etdi. Bu harakatga rahbarlik qilgan ba’zi shaxslar o‘zlarini payg‘ambar deb
e’lon qilganlari bois, islomda ular "mutanabbiylar", ya’ni "soxta payg‘ambarlar' nomini
oldi. Markaziy Arabistonda Asd G’atfon, Tayy qabilalariga Tulayha, Sharqiy Arabistonda
Hanifa qabilasiga – Musaylima, Tamim qabilasiga - Sajjoh ismli ayol va nihoyat,
Yamanda Mazhij qabilasiga Abhala yetakchilik qildi. Ular Abu Bakr davrida zakot
berishdan bosh tortdi. Xalifa Abu Bakr bu harakatni R. hisobladi. R. urushlarida ayniqsa,
sarkarda Xolid ibn Valid katta shuhrat qozondi. R.ni bartaraf etishda erishilgan g‘alabalar
ilk musulmon davlatiga butun Arabiston bo‘ylab to‘liq hukmronlikni o‘rnatishga,
keyinchalik yarim oroldan tashqariga yurishlarni boshlashga imkon yaratib berdi.
RIYOZAT (arab. - "qiynalish" "mashaqqatlanish") - tasavvufda tariqatning asosiy
shartlaridan biri. Darvish, murid so’fiyning o‘z istagidan o‘zini tiyib, bu yo‘lda qiynalishi,
mashaqqat chekishi, azob uqubatlarga chidashi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |