QUTAYBA ibn MUSLIM, al-Bohiliy, Ab Hafs (taxm. 660 - 715) - umaviylarning Xuroson
va Seyistondagi noibi (705-715) sarkarda. U 705-715 y.lar orasida Movarounnahrning
katta qismini (Romiton, 707; Varaxsha, Poykend va Buxoroni, 709 Shuman, Kesh va
Nasaf, 710; Koshg‘ar, 713 715) Arab xalifaligiga tobe ettirgan. 715 y Qilichmozor degan
joyda (hoz. Andijon viloyati, Jalolkuduq tumanida, Andijondan 20-22 km sharqi-jan.
tarafda) isyon ko‘targan arab askarlari tomonidan o‘ldirilgan Narshaxiyning yozishicha,
"Qutaybani qabri Fargonada mashhur bo‘lib u "Raboti Sarhang degan joyda, "Koh" deb
ataladigan bir qishloqda joylashgan.
QUTB - tasavvufdagi eng yuqori daraja Tasavvuf falsafasiga binoan, Q. komil inson
Allohning yer yuzidagi "xalifasi", uning insoniyat bilan aloqasida vositachi. So’fiylikda Q.
va b. yuqori martabalarga erishgan shu kabi zotlar haqidagi qaydlar Tustariy va Hakim
Termiziy (9-a.) asarlarida uchraydi. 10-11 a.larga kelib, barcha so’fiylar Q.ni tan
olishgan, deyish mumkin. Ular dunyoda bir vaqtning o‘zida faqat bir Q. yashashi mumkin
deb hisoblashgan. Shu bois Q.ni "zamon qutbi' "zamon sohibi" va "zamon mardi" deb
tavsiflashgan. So’fiylar fikricha, Q. dunyoda Allohga ma’qul keladigan tartibotni saqlab
turishga da’vat etilgan. Q. oddiy insonlar kabi oila quradi, molu dunyo to‘playdi
payg‘ambarlarning xalifalari sifatida xalqni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llab turadi. Lekin odamlar
ularning Q. ekanligani sezmaydi. Q haqidagi ta’limot Ibn Arabiy va uning izdoshlari
tomonidan bayon qilingan.
QUSHAYRIY, Abulqosim Abdulkarim ibn Havozin (986-1072) - xurosonlik ilohiyotchi va
so’fiy, tasavvufdagi mumtoz risola "ar- Risola fi ilm at-tasavvuf" ("Tasavvuf ilmi haqida
risola") muallifi. Nishopur atrofidagi Ustuvo mavzesida dehqon-arab oilasida tug‘ilgan.
Bolalikdan harbiy san’atdan (furusiya, isti’mol as-siloh), arab tili, adabdan ta’lim olgan.
O’smirlik chog‘ida Nishopurga borib mashhur so’fiy-ash’ariy Abu Ali ad-Daqqoq bilan
uchrashgan va tez orada uning sevimli shogirdiga, so‘ngra esa, kuyoviga aylangan.
Ustozining maslahatiga ko‘ra, Q. Abu Bakr at-Tusiydan shofi’iya fiqhini, so‘ngra ash’ariya
kalomini o‘sha davrning yirik allomalari Ibn Furoqa va Abu Ishoq al-Isfaroiniylardan
o‘rgangan. Ad-Daqqoq vafotidan so‘ng Q. uning madrasasida so’fiylar majlisiga (majlis
at-tazkir) rahbarlik qilgan. 1046 y. hajdan qaytgach, Q. madrasada hadisdan saboq bera
boshlagan (majlis al-imlo) va tez orada Nishopurning eng ko‘zga ko‘ringan diniy
arbobiga aylangan. Taxm. 1048 y.dan e’tiboran rahbarlaridan biri Q. bo‘lgan ash’ariy-
shofi’iy guruhi nishopurlik hanafiylar tomonidan qattiq quvg‘in ostiga olingan.
Hanafiylarni saljuqiylar vaziri al-Kunduriy qo‘llab-quvvatlagan. Q. qamoqqa olingan,
so‘nfa tarafdorlari tomonidan ozod qilinib, Bag‘dodga ketgan, u yerda xalifa al-Qoim
saroyida hadis ilmidan dars bergan. 1063 y. vazir xalifa g‘azabiga uchrab, so‘ngra qatl
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
246
etilgan (1064). Q. Nishopurga qaytgan. Q. islomiy ilmga doir 20 dan 30 tagacha,
jumladan 2 ta tafsir, hadislar, so’fiylik nazariyasi va amaliyotiga doir asarlar yozgan.
Uning "ar-Risola fi ilm at-tasavvuf" asari so’fiylar uchun qo‘llanma bo‘lgan va shunday
bo‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |