QURBON HAYITI - q. Hayit
QURBONLIK (arab. manosik - yaqinlik. xudoga yaqinlashuv) - xudoga yaqinlashish VA
uning rahm-shafqatiga sazovor bo‘lish uchun xudo yo‘liga jonlik so‘yish. Dastlabki
davrlarda ko‘p xalqlarda, jumladan, islomdan ilgarigi arablarda qullarni, o‘z farzandlarini
qurbon qilish odati bo‘lgan Qur’onning 108-Kavsar surasida xudo jannatdagi kavsar
hovuzini ato etgani uchun jonliq so‘yib Q. qilish haqida so‘z boradi Muhammad (sav)ning
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
242
tarjimai hollari hisoblangan Siyrada Zamzam bulog‘i suvi kamayib turganda Muhammad
(sav)ning bobolari Abdulmuttalib suvni ko‘paytirishni xudodan tilab o‘z o‘g‘illaridan birini
Q.ka atagani haqida rivoyat saqlanib qolgan Davrlar o‘tishi bilan insonni qurbon qilish
odatini hayvonni qurbon qilish odati egallagan. Qur’on bo‘yicha Ibrohim (as) Allohning
buyrug‘iga ko‘ra, o‘z o‘g‘li Ismoil (as)ni qurbon qilishga qaror qilganda, Alloh uni
to‘xtatib, bolaning o‘rniga qo‘chqor so‘yishni buyurgan (37:99-107). Islomda Q. haj
marosimining qat’iy va majburiy qismlaridan biriga aylangan: hajda ishtirok etganlarning
har biri bittadan jonliqni Q qilishi shart. Bu talab islomda farz deb belgilangan. Hajda
ishtirok etmagan musulmonlar esa, haj kunlari qurbon xayitini bayram qiladi. O’sha kuni
har bir o‘ziga to‘q-g‘aniy musulmon Q. qilishi lozim hisoblanadi Islom ta’limotiga ko‘ra,
Q. qilishi vojib bo‘lgan musulmon nisobga (zakot berishga) qodir bo‘lishi lozim. Ammo,
nisobga ega bo‘lmagan kishi Q. qilsa savob olib, qilmasa gunohkor bo‘lmaydi.
Q. uchun so‘yiladigan hayvon - qo‘y, mol, tuya Bir qo‘yni bir kishi Q. qilishi mumkin. Mol
tuyani esa, bir kishidan to yetti kishigacha bir bo‘lib Q. qilishlari mumki
QUR’ON (arab. - o‘qimoq, qiroat qilmoq jamlash) - musulmonlarning asosiy muqaddas
kitobi. Q. o‘zidan oldin nozil bo‘lgan barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va
ahkomlarini o‘zida jamlaganiga ishorat bordir. "Ulumul Qur’on" ilmi ulamolari Q.NI
quyidagacha ta’riflaydilar: "Q. - Alloh taoloning Muhammad (sav)ga vahiy orqali nozil
qilgan, tavotur ila naql qilingan, ibodatda o‘qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir". Tavotur
ila naql qilingan, degani esa, kalomni yolg‘onga chiqarib bo‘lmaydigan darajada ko‘p
sondaga kishilar tomonidan naql qilinishiga aytiladi. Ularning hammalari ishonchli
odamlar bo‘lib, biror og‘iz yolg‘onga yaqinlashmagan, ko‘pliklari jihatidan yolg‘onga
kelishib olish imkonlari ham yo‘q bo‘ladi. Q.ning birinchi kalimasidan oxirgi
kalimasigacha, aynan xuddi shu tariqada nakd qilingan.
Q.ni Allohdan vahiyning amiyni - ishonchli sohibi bo‘lmish, Jabroil (as) Muhammad
(sav)ga naql qilgan. Muhammad (sav)ga Q. oyatlari Jabroil (as) tomonidan qandoq
yetkazilishini ko‘pchilik sahobalar o‘z ko‘zlari ila ko‘rib, kuloklari ila eshitib turganlar.
Buning ustiga har safar vahiy nozil bo‘lgandan so‘ng, Muhammad (sav), menga
mirzalarni chaqiringlar, deganlar va vahiyni yozuvchi sahobalar kelganlaridan so‘ng,
Jabroil (as)dan oyati karimalarni qandoq qabul qilib olgan bo‘lsalar, shundoq qilib o‘qib
berganlar. Mirzalik qiluvchi sahobalar oyatlarning har bir harfini ulkan ehtimom ila
yozganlar, boshqa sahobalar esa, ana shundoq ehtimom ila yod olganlar.
Muhammad (sav) 40 yoshga yetganlarida Makka atrofidagi tog‘lardan biridaga Hiro
nomli g‘orda Q.ning birinchi oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Bu jarayon Makkada o‘n uch
yil, Madinada o‘n yil, hammasi bo‘lib yigirma uch yil davom etgan.
Q. suralardan iborat, sura Q.ning bir bo‘laga bo‘lib, uch yoki undan ko‘p oyatni o‘z ichiga
oladi. Q.da 114 ta sura bo‘lib, har birining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning ismi suraning
avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan
narsalarning nomiga qo‘yilgan.
"Sura" so‘zi lug‘atda, qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nolarini anglatadi. Ulamolar
istilohida esa, sura - Qur’on oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil
toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Q. oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek, bir toifasiga
sura, deyiladi. Q. karimdagi eng qisqa sura Kavsar surasi bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun
sura Baqara surasi bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir. Q. suralari ikki qismga bo‘linadi: 1.
Hijratdan avval tushgan suralar - "Makka suralari" (Makkada tushgan) deyiladi. 2.
Hijratdan keyin tushgan suralar - "Madina suralari" (Madinada tushgan) deyiladi.
Muhammad (sav) Q. oyatlarini farishtadan eshitib, yodlab olar edilar. Keyin boshqa
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |