Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet460/653
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#191735
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   653
Bog'liq
Islom Ensiklopediyasi

 
QOZI (arab. - tayin qiluvchi, xukm chiqaruvchi) - musulmonlar amaldor-hakamining 
umumiy qabul qilingan nomi, hukmdor tomonidan tayinlab, shariat asosida sudlovni 
bajaradi Dastlabki Qlarni xalifa Umar ibn Xattob Madina, Basra, Kufada tayinlagan. 
Shundan so‘ng Q.lar yirik shaharlar va viloyatlarda. harbiy yurishlar vaqtida esa, 
qo‘shinlarda ham tayinlana boshlagan. Q.ni faqat xalifa tayinlashi mumkin edi, u oliy 
huquqiy nufuzli odam hisoblanadi. Q.ning hukmi ustidan xalifaga shikoyat qilish mumkin 
bo‘lgan, bunday shikoyat natijasida Q. ishdan bo‘shatilishi mumkin edi. 8-a.ning 2-
yarmida oliy Q. - qozi ul-quzot lavozimi joriy qilindi, unga xalifa nomidan xalifalikdagi 
barcha Q.larni tayinlash va ularning hukmi yuzasidan da’volarni qabul qilish xuquqi 
berildi. 
Xalifalikdan mustakdl musulmon davlatlari paydo bo‘lishi bilan bu davlatlarning 
hukmdorlari o‘zlari Q. va qozi ul-quzotlarni tayinlay boshladilar. Biroq, xalq va ko‘p 
faqihlar ko‘z o‘ngida xalifaning tasdiqdashisiz ularning tayinlanishi haqiqiy 
hisoblanmagan va bu xildagi tasdiqlashni talab etish tartibi, hamma joyda bo‘lmasa 
ham, 12-a.gacha saqlanib qolgan. Amalda Q, lavozimini o‘z obro‘siga dog‘ tushirmagan. 
idrokli va shariatni yetarlicha biladigan. yaqqol ko‘rinib turgan jismoniy nuqsoni 
bo‘lmagan sog‘lom har bir musulmon egallashi mumkin bo‘lgan. Q. davlat gaznasidan 
ta’minlab turilgan. O’z shahri yoki viloyatidaga barcha fuqarolik va jinoiy ishlarni olib 
borish. jamoatchilik axloqi saqlanishini nazorat qilish, zarur bo‘lgan takdirda odamlar va 
mulkka vasiylikni tayinlash, vaqf mulklarini nazorat qilish, jamoat binolari va inshootlar, 
yo‘llar, ko‘chalar va maydonlarning holatini kuzatib turish, meros bo‘linishini va 
vasiyatga rioya qilinishini, Q. hukmlari to‘g‘ri bajarilishi va to‘g‘ri jazo belgilanishini 
kuzatish, huquqni muhofaza qilish idoralari va turma nozirlarini nazorat qilish, zakot, 
sadaqa va b. jamoat mablag‘lari to‘g‘ri yig‘ilishi hamda taqsimlanishini kuzatib borish 
kabi ko‘p ishlar Q-ning vazifasiga kiradi. Qo‘shinlar Q.si bulardan tashqari hukmdor 
nomidan muqaddas urush (jihod) e’lon qilishi, qo‘lga kiritilgan harbiy o‘ljani baholashi va 
uning to‘g‘ri taqsimlanishini kuzatishi kerak. Qo‘shinlar Q.si harbiy huquqni yaxshi bilishi 


Islom Ensiklopediyasi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
lozim. 
Ayrim hollarni hisobga olmaganda, Q.lar faqihlar orasidan chiqqan. Garchi, Q.lik nasldan 
naslga o‘tishi mumkin bo‘lmasa-da, ko‘pincha bunday lavozimga ko‘p yillar davomida bir 
oila vakillari tayinlanib kelgan. 8-a.dan boshlab Q. faqihlar va muftilarga o‘xshab alohida 
kiyim kiygan, bu tartib ko‘p mamlakatlarda hozirgacha saqlanib keladi. Hoz. vaqtda Q. 
shariat sudlariga rahbarlik qiladi, bu sudlar urf-odat, oila, xususiy va qisman jinoyat 
huquqiga taallukli ishlarni ko‘rad 
 
 
QORA TOSH (arab. al-Hajar al-asvad) -musulmonlar ziyorat qiladigan tosh. Kumush 
chambar bilan birlashtirilgan bir necha bo‘lakdan iborat. U Ka’ba devorlaridan biriga 
tashqarvdan joylashtirilgan. Makkaga hajga borgan musulmonlar Q.t.ni o‘pib yoki qo‘l 
tekkizib ziyorat qiladi. Q.t. islomda mo’tabar hisoblangan narsalardan biri. Shariatga 
ko‘ra, umra yoki haj ziyoratiga borgan odam Q.t.ni o‘pishi yoki qo‘lining ichki tarafi bilan 
unga ishorot qilib, so‘ng qo‘lini o‘pishi (istilom) sunnat amallardan hisoblanadi.  
 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   653




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish